Endi köp kvartirali uylarga xizmat körsatiş uçun majburiy badal naqd pulda olinmaydi
26-05-2026, 08:48
141 марта

Endi köp kvartirali uylarga xizmat körsatiş uçun majburiy badal naqd pulda olinmaydi
Özbekistonda köp kvartirali uylarga xizmat körsatganlik uçun majburiy badal tölovlarini «Mening uyim» billing tizimiga qölda kiritiş amaliyoti bekor qilinmoqda. Endilikda barça tölovlar faqat billing tizimida yaratilgan şaxsiy hisob-raqamlar orqali onlayn tölov xizmatlari, bank kassalari hamda POS-terminallar orqali qabul qilinadi. Bu haqda Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi malum qildi.Yangi amaliyot Prezidentning 48-sonli qarorida közda tutilgan.
Endi köp qavatli uylarga xizmat körsatuvçi boşqaruv taşkilotlari tomonidan naqd pulni qölda oliş va keyinçalik tizimga kiritiş amaliyotiga yöl qöyilmaydi. Uşbu tartib tölovlar şaffofligini taminlaş, inson omilini qisqartiriş, hisob-kitoblarda aniqlikni oşiriş hamda elektron nazorat tizimini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.