USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda ilmiy daraja olişdagi ayrim tartiblar bekor qilinadi

292 марта

Özbekistonda ilmiy daraja olişdagi ayrim tartiblar bekor qilinadi

Prezident Şavkat Mirziyoyev «Yangi avlod ilmiy kadrlarini tayyorlaş va ularni attestatsiya qiliş tizimini takomillaştiriş töğrisida»gi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, ilmiy darajalar berişda 2027 yil 1 yanvardan boşlab quyidagi tartiblar bekor qilinadi:
  • çet tili fanidan malakaviy imtihon topşiriş, mustaqil izlanuvçilar bundan mustasno;
  • Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya mavzularini röyxatdan ötkaziş va dissertatsiya himoyasi töğrisida elon beriş;
  • dissertatsiyani yetakçi taşkilotda muhokamadan ötkaziş;
  • ijtimoiy-gumanitar fanlar sohalari böyiça fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uçun tayyorlangan dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya elon qiliş;
  • dissertatsiya avtoreferatini çop etiş;
  • dissertatsiya ilmiy natijasi amaliyotga joriy etilganligi töğrisida xulosa oliş;
  • Oliy attestatsiya komissiyasining fan tarmoqlari böyiça ekspert kengaşi tomonidan dissertatsiyani ilmiy ekspertizadan ötkaziş;
  • himoya qilingan dissertatsiya böyiça ilmiy kengaş qarorini Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlaş;
  • talim va ilmiy-tadqiqot faoliyati uçun jalb qilingan çet ellik fuqaroning xorijda olgan ilmiy darajasi töğrisidagi hujjatlarini nostrifikatsiya qiliş.
Bunda ilmiy daraja töğrisidagi hujjat uning Özbekistondagi faoliyati davomida töğridan-töğri tan olinadi.


2027 yil 1 yanvarga qadar Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan dissertatsiya himoyasi töğrisida elon berilgan va dissertatsiya himoyasini ötkazgan izlanuvçilarga ilmiy darajalar mazkur Farmon kuçga kirgunga qadar amalda bölgan tartibga muvofiq beriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: