USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Özbekistonda qariyb 1 trln sömlik 5 ta sel-suv ombori quriladi

57 марта

Özbekistonda qariyb 1 trln sömlik 5 ta sel-suv ombori quriladi

2027 yildan boşlab Özbekiston hududlarida sel va toşqin suvlarini bekorga oqizib yubormasdan, ularni qişloq xöjaligi va suv taminoti uçun işlatişga qaratilgan 5 ta sel-suv ombori quriladi. Bu haqda joriy yil 25 mayda Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Sel-toşqin suvlaridan samarali foydalanişni taminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 201-sonli qarori qabul qilindi.

Yaqindagina Özbekistonning turli nuqtalarida, ayniqsa voha hududlarida yuz bergan qişloq xöjaligiga yaxşigina talofatli bölgan sel kelişi holatlaridan söng Prezident sel suvlaridan unumli foydalaniş maqsadidagi yangi qarorni imzoladi. Xujjatda qayd etilişiça, yangi omborlar qurilişi orqali Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toşkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yer maydonlarining suv taminoti yaxşilanadi.
Şuningdek, Samarqand viloyatida 3,3 ming gektar va Toşkent viloyatida 300 gektar yangi yerlarni özlaştiriş rejalaştirilgan. 


Qaysi hududlarda quriladi?
Qaror bilan 2027–2030 yillarda quriladigan sel-suv omborlarining manzilli dasturi ham tasdiqlandi. Unga köra, 5 ta sel-suv omboridan ikkitasi davlat-xususiy şeriklik (DXŞ) asosida, uçtasi esa töliq davlat mablağlari hisobidan quriladi.
Davlat-xususiy şeriklik asosida qurilişi rejalangan:
  • Jizzax viloyati Baxmal tumanida Tangatopdisoy sel-suv ombori;
  • Toşkent viloyati Böstonliq tumanida Oqsoqotasoy sel-suv ombori.
Respublika byudjeti hisobidan qurilişi rejalangan:
  • Samarqand viloyati Urgut tumanida Ğijduvonsoy sel-suv ombori;
  • Samarqand viloyati Urgut tumanida Çoştepasoy sel-suv ombori;
  • Samarqand viloyati Qöşrabot tumanida Oqtepasoy sel-suv ombori.
Loyihalarning umumiy qiymati 997 milliard sömni taşkil etadi. Omborlarning umumiy hajmi esa 38,1 million kub metr böladi.

Şuningdek, sel-suv omborlari, ularning inşootlari, karerlar va quriliş maydonlari uçun zarur yer uçastkalari qonunçilikda belgilangan tartibda jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiladigan böldi. Bunda jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan mulkiy zarar qonunçilik asosida qoplab berilişi belgilandi.

Sel-suv ombori nima uçun kerak?
Sel-suv ombori — bu sel, yomğir yoki toğlardan keladigan toşqin suvlarini yiğib qoliş uçun quriladigan maxsus suv inşooti hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi sel va toşqin xavfini kamaytiriş, ortiqça suvni töplaş hamda keyinçalik uni qişloq xöjaligida suğoriş maqsadlarida foydalanişdan iborat.

Bunday omborlar, ayniqsa, toğ oldi hududlarida muhim ahamiyatga ega. Çunki bahor faslida kuçli yomğirlar va qor erişi natijasida katta hajmda suv oqib keladi. Agar bu suvlar nazorat qilinmasa, qişloqlar, yöllar va ekin maydonlarini sel bosişi mumkin, huddi yaqinda bölganidek. Sel-suv omborlari esa uşbu suvlarni uşlab qolib, xavfni kamaytiradi.
Töplangan suv keyinçalik asta-sekin çiqarilib, suğoriş tizimlariga yönaltiriladi. Bu suv tanqisligi kuzatiladigan hududlarda qişloq xöjaligi yerlarini suv bilan taminlaş, yangi yerlarni özlaştiriş va hosildorlikni oşiriş imkonini beradi.

Mutaxassislar takidlaşiça, sel suvlaridan samarali foydalaniş nafaqat tabiiy ofatlar oqibatini yumşatiş, balki suv resurslarini tejaş va qöşimça suv manbaini yaratişda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur loyihalar orqali ham Samarqand, Toşkent va Jizzax viloyatlarida minglab gektar yerlarning suv taminotini yaxşilaş hamda yangi yer maydonlarini özlaştiriş rejalaştirilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: