Olov tez, yordam sekin — sistemada yonğin bor!
15-05-2025, 15:15
441 марта
Olov tez, yordam sekin — sistemada yonğin bor!Xorazm viloyati, may 2025 — Urganç tumani, Anjirçi mahallasida sodir bölgan navbatdagi yonğin yana bir bor hududimizda favqulodda holatlarga javob beriş tizimidagi yetişmovçiliklarni foş qildi. Uy yonayotgan bir paytda yonğin öçiruvçi maşina işlamay qoldi — bu biror kimning şaxsiy aybi emas, balki butun tizimdagi muammoning yaqqol ifodasi.
Guvohlarning sözlariga köra, favqulodda holatlar xizmati öz vaqtida yetib kelgan. Biroq avtotsisternadan suv çiqmagan. Odamlar öz uyini taşlab, qöşnilar kömagida yonğinni öçirişga harakat qilgan, ammo orqadagi turar joylar sezilarli zarar körgan.
Bu birinçi marta emas. Şundan ikki kun avval Boğot tumanida yuz bergan YTH (yöl-transport hodisasi)da ham fuqarolar tezkor yordamga keç yetib kelinganini takidlaşgan. Uşbu holatlarda ham aniq bir nuqtada – yozilmagan, ammo yaşab turgan haqiqatda – tizim samarasizligi namoyon böldi.
Muammo – texnikadimi, tizimdami?
Bu kabi voqealarga qaraganda, muammo faqat avtotsisternada yoki bir haydovçining masuliyatida emas. Masala yanada kengroq va çuqurroq:
• Avtomaşinalar eski, vaqtinça “yamalib” yurgan,
• Nazorat mexanizmi sust,
• Haqiqatni yoritgan OAV esa “hassos taşkilotlar” uçun noqulay.
Biz, mahalliy OAV sifatida, uşbu kamçiliklarni körsatsak, aksar holda unga javob yöq. Jimlik — samarali faoliyat emas. OAV fikri inkor qilinsa, faqatgina jamoatçilik işonçi yemiriladi.
Tanqid duşmanlik emas
Ayrim taşkilotlar jurnalistik tanqidni “şaxsiy hujum” deb qabul qilişadi. Lekin, haqiqat şundaki — har bir konstruktiv tanqid öz vaqtida qabul qilinsa, u tizimni qutqaradi. Jamoatçilik işonçini tiklaydi. Yangi avtomobillar kerakmi? Ha. Yangi yondaşuv ham zarur. Odam hayotini saqlab qoliş uçun eski öyin qoidalari bilan öynab bölmaydi.
Nima qiliş kerak?• Avvalo, favqulodda vaziyatlar xizmati avtoparki töliq tekşirilişi, nosoz texnika işdan çiqarilişi lozim.
• Har bir tuman böyiça operativ javob beriş rejasi qayta körib çiqilişi kerak.
• Va, eng muhimi — OAV fikriga quloq tutiş madaniyati şakllanişi şart.
Bu satrlar şaniy emas, jamoat xavfsizligi uçun yozildi. Agar tanqid sizga oğriqli tuyulsa, öylaning — fuqaro uçun yonğinda kuygan uy yoki vaqtinça olib taşlangan tadbirlar qaysi oğirroq?