Özbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi: pullar qayerga sarflanyapti?
30-05-2026, 18:57
290 марта

Özbekistonning davlat qarzi 47 mlrd dollarga yetdi: pullar qayerga sarflanyapti?
Taşqi qarz taqsimoti
Davlat taşqi qarzining 19,7 mlrd dollari byudjet taqçilligini qoplaşga sarflangan. Vazirlik tahliliga köra, qolgan mablağlar quyidagi sohalarga yönaltirilgan:
- Yoqilği-energetika sanoatiga — 5,6 mlrd dollar;
- Transport — 3 mlrd dollar;
- Qişloq va suv xöjaligi — 3,3 mlrd dollar;
- Uy-joy kommunal xöjaligi — 3,2 mlrd dollar;
- Soğliqni saqlaş, talim, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari hamda boşqa sektorlar — 3,6 mlrd dollar.
Davlat taşqi qarzining 22,3 mlrd dollari (56 foizi) xalqaro moliya institutlaridan olingan. Jumladan, eng yirik kreditor Jahon banki bölib turibdi — 9,04 mlrd dollar. Keyingi navbatda mamlakatning Osiyo taraqqiyot bankidan qarz qoldiği 8,3 mlrd dollarni taşkil etgan.
Şu bilan birga Özbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankidan 2,3 mlrd dollar, Islom taraqqiyot bankidan 1,1 mlrd dollar qarzdor.
Davlat taşqi qarzining 11,6 mlrd dollari (29 foizi) xorijiy hukumatlarning moliya taşkilotlaridan jalb qilingan. Xususan, respublikaga Xitoy banklari 3,9 mlrd dollar, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi va boşqa taşkilotlari 3,1 mlrd dollar ajratgan.
Qarzlarning 5,8 mlrd dollar obligatsiyalar çiqariş orqali investorlardan olingan.