USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ebola virusi Özbekiston uçun xavflimi?

262 марта

Ebola virusi Özbekiston uçun xavflimi?

Kongo Demokratik Respublikasida tarqalayotgan Ebola virusining Özbekistonda tarqaliş xavf past. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi xabar berdi.

Ebola virusi infektsiyasi jiddiy kasallik bölib, ayniqsa Afrika qitasida tez-tez uçraydi. Bu virus kasallangan hayvonlarning qon, najas, siydik, ter, sölagi va boşqa tana suyuqliklari orqali yuqişi mumkin. Ebola virusi infektsiyasini davolaşning öziga xos usuli yöq, infeksiyalangan odamlarni davolaş esa simptomatik terapiya bilan amalga oşiriladi. Joriy yilda Afrikada Ebola bilan kasallaniş 263 ta tasdiqlangan holatlar qayd etilgan. Kongo Demokratik Respublikasi epidemiya markazi hisoblanmoqda.

JSST Ebola global pandemiya çaqiriş ehtimoli past deb baholamoqda. Şuningdek, uşbu kasallikning Özbekistonda tarqalişi xavf past hisoblanadi.

“Kasallikni mamlakatimizga kirib kelişini oldini oliş maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi qömitasi mutaxassislari tomonidan davlat çegaralarida kirib kelayotgan fuqarolar tibbiy kuzatuvi olib borilmoqda. Mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqaror”, deyiladi xabarda.
Şu örinda fuqarolardan Ebola virusi faol tarqalgan mamlakatlar va mintaqalarga sayohat qilmaslik söraladi.

Ebola virusi kasallangan odam yoki hayvonning biologik suyuqliklari bilan töğridan töğri muloqot orqali yuqadi. Şu sababli quyidagi tavsiyalarga amal qiliş söraladi:
  • yovvoyi hayvonlar bilan aloqa qilişdan saqlaniş zarur: primatlar (maymunlar, şimpanzelar) va körşapalaklar yaşaydigan joylarga bormaslik kerak;
  • ekzotik taomlardan saqlaniş lozim: yovvoyi hayvonlarning göşti yoki xom ovqatlarni yemaslik kerak;
  • kasal odamlardan – nafas oliş yöllarida şamollaş alomatlari, isitma, toşma yoki qon ketiş belgilari bölgan odamlardan xavfsiz masofani saqlaş lozim;
  • qöllarni iloji boriça tez-tez sovun bilan yuviş yoki dezinfektsiyalovçi vositadan foydalaniş darkor;
  • faqat qadoqlangan yoki qaynatilgan suv içiş kerak;
  • endemik hududdan qaytgandan keyin 21 kun davomida soğliqni diqqat bilan kuzatib boriş lozim (bu standart inkubatsiya davri);
  • agar isitma, holsizlik, qusiş yoki diareya paydo bölsa, darhol tibbiy yordamga murojaat qiliş kerak.
Şuningdek, yaqinda epidemiya xavfi bor hududga sayohat qilganlardan şifokorga xabar beriş söraladi.

Изоҳ қолдириш

    • Jasur 3 Iyun 2026 13:13
      Butun dunyo uchun xavfli boʻlgan virus Oʻzbekiston uchun xavfsiz bo'lami axir.

Мавзуга алоқадор: