USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Urganç–Toşkent yönalişidagi avtobus çöl örtasida buzilib qoldi: Yölovçilar, yoş bolalar 4 soatdan beri yordam kutmoqda!

560 марта
Urganç–Toşkent yönalişidagi avtobus çöl örtasida buzilib qoldi: Yölovçilar, yoş bolalar 4 soatdan beri yordam kutmoqda!

Urganç avtovokzalidan Toşkentga yölga çiqqan eski avtobus Miskin yaqinidagi beton yölda buzilib qoldi. Tört soatdan beri qum va issiq bağrida qolgan yölovçilar, jumladan, yoş bolalar najot kutmoqda. 

Masullar esa qönğiroqlarga javob bermayapti.
Bugun Urganç avtovokzalidan Toşkent şahri tomon yölga çiqqan yölovçilarning safari haqiqiy azobga aylandi. Yölovçilarning tahririyatimizga malum qilişiça, soat 13:30 ga belgilangan avtobus rejadan ança keç — soat 15:00 da yölga çiqqan. Biroq bu hali hammasi emas ekan.

Törtköldan ötib, Miskin bekati yaqinidagi beton yölga yetganda, avtobus butunlay buzilib qolgan. Ayni damda bir neça önlab yölovçilar, yoş bolali oilalar çöl örtasida, jazirama issiqda yölda qolişgan.

Pullar ham qaytarilmadi, yangi avtobusdan esa darak yöq

Ahvol şu darajaga yetdiki, yölovçilar öz pullarini qaytarib olib, yölakay taksilarda ketişga ham rozi bölişgan. Biroq haydovçi va taşkilotçilar «hozir hal qilamiz, boşqa avtobus kelyapti» degan vadalar bilan odamlarni 4 soatdan beri aldab kelişmoqda. Na pullar qaytarilgan va na yölovçilarni olib ketuvçi yordamçi transport yetib kelgan.

Şunça odamning taqdiriga, soğliğiga va vaqtiga bunçalik masuliyatsizlik bilan yondaşiş qaysi meyorga töğri keladi? Yölovçilardan pul undirişni biladigan Urganç avtovokzali mutasaddilari nega yönalişga bunday yaroqsiz va eski avtobuslarni çiqarmoqda? Eng açinarlisi, favqulodda vaziyatda nega yölovçilar taqdir hukmiga taşlab qöyildi?
Biz uşbu holat yuzasidan Transport vazirligi va tegişli nazorat organlaridan tezkor amaliy yordam hamda rasmiy munosabat kutib qolamiz. Vaziyat nazoratimizda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: