USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

AQŞda özbekistonlik “gangsterlar” $4,5 millionlik tovar öğirladi

204 марта

AQŞda özbekistonlik “gangsterlar” $4,5 millionlik tovar öğirladi

Özini mafiya azolaridek tutişga urinib, AQŞning şimoli-şarqiy qismidagi omborxonalardan 4,5 million dollarlik qimmatbaho pişloqlar, sigaretalar va boşqa tovarlarni öğirlagan bir guruh özbekistonliklar qölga olindi. Bu haqda “New York Post” naşri xabar berdi.

Malum bölişiça, guruhning ehtimoliy rahbari Murodullo Hasanov va uning yana yetti nafar şerigi keng kölamli jinoiy til biriktiriş va yirik miqdordagi öğirlik qilişda ayblanmoqda. Tergov davomida kamida oltita yuk öğirlaş holati aniqlangan.
 
Prokurorlarning aytişiça, bu guruh ananaviy mafiya usullari – qurol bilan bosqin qiliş örniga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan. Ular kompyuter tizimlariga kirib, soxta hujjatlar tayyorlaş orqali tovarlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.

 

Tergov malumotlariga köra, öğirlangan mahsulotlardan olingan daromad Hasanov va uning şeriklariga Bruklinning Brayton-Biç va Koni-Aylend hududlaridagi dengiz manzarasiga ega qimmat uylarda yaşaş, lyuks avtomobillar haydaş va tungi klublarda katta miqdordagi naqd pullarni işlatiş imkonini bergan.Qayd etilişiça, öğrilangan tovarlar orasida qariyb 11,3 tonna parmezan, pekorino va mançego pişloqlari ham bölgan. Bular dunyodagi eng maşhur, uzoq muddat davomida yetiştiriladigan qattiq pişloq turlari (elita pişloqlari) hisoblanadi. Naşr bu sxemani maşhur “Gudfellas” filmidagi voqealarga öxşatgan.
“Bu yigitlar göyo barça mafiya filmlarini körib çiqqan va Gollivuddagi amerikalik gangsterlarga taqlid qilgan. Bu – “Koza Nostra” uslubidagi amerikalik orzu”, degan huquq-tartibot organlaridan bölgan bir manba.
Keça, 3 iyun kuni ertalab politsiya Hasanovning Syorf-avenyudagi nufuzli köp qavatli uyida reyd ötkazgan. Manbalarga köra, tergovçilar kvartiradan hujjatlar solingan qutilar, kompyuter va telefonlarni musodara qilgan. Keyinroq Hasanov, şuningdek, uning ehtimoliy şeriklari Nodir Qobilov va Aleksey Vorobyov sudga olib borilgan. Tergov materiallariga köra, guruh azolari Bayden mamuriyati davrida AQŞga noqonuniy kirib borgan va ingliz tilini bilmaydi.
“Bu yigitlar inglizça gapira olmaydi, ammo kino uçun tayyor qahramonlarga öxşaydi”, degan manbalardan biri.
Sud hujjatlariga köra, 2025 yil oktyabridan 2026 yil apreligaça amalga oşirilgan oltita öğirlik ortidan quyidagi tovarlar qölga kiritilgan:
  • 165 ming dollarlik qöy göşti;
  • 266 ming dollarlik mis;
  • 295 ming dollarlik mol göşti;
  • 432 ming dollarlik pişloq;
  • 3,3 million dollarlik sigareta.
Ayblovlarga köra, guruh nomalum jinoiy sindikat bilan hamkorlik qilgan. Ular özini qonuniy yuk taşuvçi kompaniyalar nomidan taniştirib, yuk taşiş tenderlarida ğolib çiqqan. Sindikat muayyan yuklar haqidagi malumotlarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan, Hasanov esa soxta hujjatlarni haydovçilarga yetkazgan. Haydovçilar Nyu-Jersi, Pensilvaniya va Virjiniya ştatlarida yukni qabul qiliş nuqtalariga borib, özlarini rasmiy taşuvçi sifatida körsatgan va tovarlarni olib ketgan.
“Eng taşvişli jihati şundaki, tovar egalari va qonuniy taşuvçi kompaniyalar bu voqealardan zarar yetkazilgandan keyingina xabar topgan”, deydi Manhetten prokurori Elvin Bregg.
Uning sözlariga köra, öğirlangan oziq-ovqat mahsulotlarining bir qismi “Costco” kabi yirik savdo tarmoqlariga yetkazib berilişi kerak bölgan.

Bildirilişiça, öğirlangan tovarlar Nyu-York şahriga olib borilib, qora bozorda sotilgan yoki sotişga urinilgan. Ayniqsa, Tennessi ştatiga yuborilişi kerak bölgan katta partiya sigaretalar Bronksdagi omborxonaga borib qolgan. Politsiya va Bronks prokuraturasi xodimlari aprel oyida tintuv ötkazib, ularni musodara qilgan.

Tergovçilar WhatsApp xabarlari, yuk taşiş hujjatlari va fotosuratlar orqali dalillar zanjirini tiklab, uni Hasanov va uning guruhigaça olib borganini malum qilgan.

Hujjatlarga köra, bir neçta ayblovçi suratlarda Hasanovning öğirlangan qöy göştini özining 2025 yilgi Range Rover maşinasiga yuklayotgani, Bruklindagi rangli metall parçalarini qabul qiliş joyida öğirlangan misni sotiş böyiça savdolaşayotgani va Bronksdagi öğirlangan sigaretlar bilan töldirilgan omborxona taşqarisida turgani aks etgan.

Qobilov va Vorobyov suddagi ayblovni elon qiliş jarayonida özlarini aybdor deb tan olmagan va ularga nisbatan nazorat ostidagi ozodlik (tilxat bilan oçiqda qoldiriş) ehtiyot çorasi qöllanilgan. Biroq prokurorlar, öz navbatida aybini tan olmagan Hasanovni 1,5 million dollar naqd pul garovi evaziga hibsda uşlab turiş kerakligini talab qilgan.
Hasanovning advokati Maykl Stenli Mandel mijozining jinoiy muammolarini, jumladan, u firibgarlik uçun qidirilayotgan Özbekistondan berilgan Interpolning “qizil bildirişnomasi” borligini xaspöşlaşga uringan.

Mandelning çiqişi u Hasanovni “oziq-ovqat savdosi sohasida işlaydi” deb aytganida barbod bölgan – bu gapdan söng butun sud zali kulib yuborgan. Yakunda Hasanovni garov evaziga qöyib yuboriş haqidagi ariza körib çiqiladigan 11 iyundagi sud majlisiga qadar panjara ortida saqlaş töğrisida qaror çiqarilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: