USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Katta “ov”: Italiyada mafiya guruhuning 30 azosi qölga olindi

114 марта
​​​​

Katta “ov”: Italiyada mafiya guruhuning 30 azosi qölga olindi

Italiya karabinerlari (harbiylaştirilgan politsiya) mamlakat janubidagi Apuliya viloyatida mafiya guruhuga qarşi keng kölamli operatsiya ötkazdi. Mafiya faoliyati, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanişi va bir qator oğir jinoyatlar böyiça qözğatilgan jinoyat işi doirasida 30 kişi hibsga olindi. Bu haqda huquq-tartibot idoralarining bayonotida söz boradi.

“Leççe qömondonligi karabinerlari jami 52 nafar gumonlanuvçi figurant bölgan jinoyat işi doirasida 30 ta ehtiyot çorasini qölladi. Çora körilgan 30 kişidan 27 nafari qamoqqa olindi, uç nafari esa uy qamoğiga joylaştirildi”, deyiladi xabarda.
Gap “Sacra Corona Unita” (“Birlaşgan muqaddas toj”) mafiya taşkiloti bilan aloqador bölgan guruh haqida bormoqda. Tergov talqiniga köra, qölga olinganlar mafiya hamjamiyatida iştirok etiş, qotillikka suiqasd qiliş, narkotrafikni taşkil etiş, qurol-yaroğ va portlovçi moddalarni saqlaş hamda olib yuriş, öğirlangan buyumlarni sotib oliş, öt qöyiş, tahdid qiliş va mafiya tarkibi tufayli oğirlaştiruvçi holatlar mavjud bölgan boşqa jinoyatlarga aloqador.

Tergov davomida jinoiy guruhning uçta taxminiy “sammiti” (yiğilişi) aniqlangan. Uşbu yiğilişlarda yangi azolarni qabul qiliş marosimlari ötkazilgan, şuningdek, narkotrafik, hibsga olingan şeriklarni moddiy qöllab-quvvatlaş va içki nizolarni hal qiliş masalalari muhokama qilingan.
“Azolikka qabul qiliş rituali yangi qabul qilinayotgan şaxsning öng yelkasi, kökragi yoki qorniga xoç şaklini çizişni va şundan söng marosim iştirokçilarining lablaridan öpişni öz içiga olgan. Bunday belgilar tergov harakatlari davomida keyinçalik hibsga olingan bazi gumonlanuvçilarda ham aniqlangan”, deyiladi xabarda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: