Özbekistonda Harbiy-havo kuçlari jangovar qömondonligi taşkil etiladi
9-06-2026, 18:03
97 марта

Özbekistonda Harbiy-havo kuçlari jangovar qömondonligi taşkil etiladi
Özbekistonda Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari qömondonligi negizida Harbiy-havo kuçlari jangovar qömondonligi taşkil etilmoqda. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhammedov “Axborot 24” dasturida malum qildi.Uning bildirişiça, keça, 8 iyun kuni Prezident havo hujumidan mudofaa tizimlari, yuqori aniqlikdagi qurollar va harbiy aviatsiyani samarali qöllaş böyiça farmonni imzolagan. Mazkur hujjatga köra, Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlari qömondonligi negizida Harbiy-havo kuçlari jangovar qömondonligi taşkil etilmoqda.
Şu bilan birga, yuqori aniqlikdagi qurollarga ega aviatsiya texnikalari, uçuvçisiz aviatsiya komplekslari bilan qurollangan yangi bölinmalarni taşkil etiş orqali harbiy havo kuçlarining jangovar qobiliyati va imkoniyatlarini oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilanmoqda.
Mudofaa vaziriga köra, uşbu farmon harbiy aviatsiya va havo hujumidan mudofaa bölinmalarining jangovar imkoniyatlarining ikki barobar oşişiga, şuningdek, muhim va strategik obektlarni havo zarbalaridan himoyalaş qobiliyatini yanada kuçaytirişga xizmat qiladi.