Ayrim oilalarga gaz va “svet” tölovining bir qismi kompensatsiya qilinadi
11-06-2026, 09:44
557 марта

Ayrim oilalarga gaz va “svet” tölovining bir qismi kompensatsiya qilinadi
Kam taminlangan va ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi hamda tabiiy gaz uçun kompensatsiya tölab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 2025 yilning 1 yanvarida qabul qilingan “Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişda ehtiyojmand aholining davlat tomonidan qöllab-quvvatlanişi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining “Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida” 2024 yil 16 apreldagi 204-son qaroriga özgartirişlar kiritiş haqida”gi qarorida belgilangan.Qarorga muvofiq, davlat tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazning belgilangan bazaviy meyordan oşgan qismi uçun kam taminlangan va ehtiyojmand oilalarga kompensatsiya ajratiladi.
Kompensatsiya “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalarga, şuningdek, reyestrga kiritilmagan bölsa-da, moddiy ahvoliga köra “davlat taminotidagi oila” yoki “kambağal oila” mezonlariga töğri keladigan, oilada jon boşiga töğri keladigan daromad minimal istemol xarajatlarining 1,5 baravaridan oşmaydigan xonadonlarga beriladi.
Davlat qança miqdordagi ortiqça istemolni qoplaydi?
Kompensatsiya miqdori oilaning ötgan oydagi haqiqiy istemolidan kelib çiqib, tizim tomonidan avtomatik hisoblanadi. Biroq unda quyidagi yuqori çegaralar (limitlar) mavjud:
- Tabiiy gaz uçun isitiş mavsumida oylik bazaviy meyordan taşqari yana 250 kub metrgaça, yilning boşqa davrlarida esa yana 150 kub metrgaça bölgan ortiqça istemol uçun;
- Elektr energiyasi uçun yil davomida har oy bazaviy meyordan taşqari yana 150 kVt soatgaça bölgan ortiqça istemol uçun.
Arizani qanday va qaçon topşiriş kerak?
Fuqarolar kompensatsiya oliş uçun har oyning 16-sanasiga qadar Davlat xizmatlari markaziga, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga, yoki hududga biriktirilgan ijtimoiy xodim yordamida borgan holda murojaat qilişlari mumkin.
Şu bilan birga, onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz yoki “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali mustaqil ravişda ariza topşirişlari mumkin.
Oyning 16-sanasidan keyin berilgan arizalar keyingi oyda körib çiqiladi. Xujjatga köra, ariza beruvçining şaxsi Face-ID, Mobile-ID yoki barmoq izi kabi zamonaviy texnologiyalar orqali tasdiqlanişi şart.
Qaysi holatlarda rad etilişi mumkin?
Agar oilada quyidagi omillardan loaqal bittasi mavjudligi aniqlansa, kompensatsiya tayinlaş rad etiladi:
- oilaning jon boşiga daromadi belgilangan meyordan yuqori bölsa;
- mulkida yoki foydalanişida 1 tadan ortiq uy, yer uçastkasi yoki noturar joy binosi bölsa;
- işlab çiqarilgan muddati 12 yildan oşmagan soz yengil avtomobili bölsa (agar oilada I yoki II guruh nogironligi bölgan şaxs bölsa – limit 7 yil);
- işlab çiqarilganiga 15 yil tölmagan soz yuk maşinasi, avtobus yoki maxsus quriliş texnikasi (traktor, ekskavator) bölsa;
- oilada jami 2 ta va undan ortiq har qanday turdagi soz transport vositasi mavjud bölsa.
Pullar qaçon va qayerga tuşadi?
Malumotlar avtomatik tekşirilgaç, kompensatsiya oluvçilar röyxati şakllantiriladi va har oyning 5-sanasiga qadar “Xalq banki”ga yuboriladi. Bank kompensatsiya mablağlarini ariza berilgan oydan keyingi oyning 27-sanasiga qadar fuqaroning ijtimoiy kartasiga yoki bank kartasiga ötkazib beradi.
Qarorga muvofiq, agar oilaning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli özgarmasa, keyingi oylar uçun qayta ariza topşiriş talab etilmaydi, tölovlar avtomatik tarzda davom ettiriladi. Ariza natijasi haqida fuqaroning telefoniga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Kompensatsiya mablağlari har oyning 27-sanasiga qadar fuqarolarning ijtimoiy yoki bank kartalariga ötkazib beriladi. Bir marta tayinlangan kompensatsiya, agar oilaning şaroiti özgarmasa, keyingi oylarda avtomatik tarzda tölab boriladi.