USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲ USD: 11,987 söm ▲ EUR: 13,393 söm ▼ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,060 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▲ TRY: 240 söm ▲ AED: 3,264 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Yöl talaşib ayol haydovçini haqoratlagan erkak qamaldi

70 марта

Yöl talaşib ayol haydovçini haqoratlagan erkak qamaldi

Toşkent şahrining Uçtepa tumanida yöl talaşib, ayol kişini haqorat qilgan haydovçi 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda poytaxt Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.

“Qizimni boğçaga taşladim. Sekin orqaga yurib çiqayotgan edim. Bu kişi mahalla içida, ikkita boğça bor yölda bosib kelayotgan ekanlar. Men nima xato qilgan ekanman deb, maşinamni çetga olib tuşdim. Orqaga yurganimda ham mening orqamdan yuriladigan yöl bor edi. Bu inson ötib ketsa bölardi. Bundan battar sökinişlar bölgan, bundan battar haqoratlar, telefonimni qölimdan yulib olib, telefonni bermasliklar bölgan. Men ertalabdan beri titrab, özimga kela olmayapman”, deydi jabrlanuvçi. 

Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan jamoat joyida uyatli sözlar bilan sökinib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan buzgan şaxsga nisbatan Uçtepa tumani Içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi tomonidan Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) alomatlari bilan mamuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan hamda töplangan hujjatlar belgilangan tartibda Jinoyat işlari böyiça tuman sudiga taqdim etilgan. 
Şundan söng erkakka Mamuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 183-moddasi bilan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlangan. 
“Men keçirim sörayman. Bunaqa narsa boşqa qaytarilmaydi. Hurmat qilib yuraman. Keyingi safar jahlni uyda jilovlab, töğri qilib, keyin köçaga çiqişni örganaman. Bunaqa narsa boşqa bölmaydi”, deydi erkak. 
Malum bölişiça, uşbu hodisadan keyin jabrlanuvçi ayolga himoya orderi berilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: