USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ösimliklar karantini va himoyasi agentligida korruptsion sxema foş etildi

56 марта

Ösimliklar karantini va himoyasi agentligida korruptsion sxema foş etildi

Ösimliklar karantini va himoyasi agentligi tizimida tovar import qiliş uçun ruxsatnoma va boşqa hujjatlarni rasmiylaştirişda pora va norasmiy tölovlar bilan boğliq korruptsion sxema foş etildi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.

Malum qilinişiça, tezkor-qidiruv tadbirlari davomida agentlikning ayrim masul xodimlari tadbirkorlardan import hujjatlarini rasmiylaştiriş uçun belgilangan norasmiy “stavka”lar böyiça pul olib kelgani aniqlangan.

Jumladan, fuqaro G.U. Ösimliklar karantini va himoyasi agentligida işlovçi tanişlari orqali Turkiyaning “Y.T.” korxonasini xorijiy eksportyor korxonalar reyestriga kiritib berişi evaziga 1 000 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Tergovga qadar tekşiruvda fuqaro G.U. va agentlikning boş mutaxassisi M.G. özaro til biriktirib, “S.S.” MÇJga Rossiya Federatsiyasidan yoğoç va Turkmaniston Respublikasidan pomidor mahsulotlarini import qilişda import karantin ruxsatnomasini rasmiylaştirib berişi evaziga 2,9 million sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritganliklari aniqlangan.

Bundan taşqari, fuqaro G.U.ning 2 ta bank plastik kartasiga fuqarolardan R2R şaklida 10,9 milliard söm kelib tuşgan. Şundan atigi 1,6 milliard sömi tölovlar uçun tölangan. Şu bilan birga fuqaro G.U. 6,1 milliard sömni naqdlaştirib, agentlikning masul xodimlariga berganligi va qolgan 3,1 milliard sömni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborganligi aniqlangan.

Şuningdek, agentlik va uning quyi taşkilotlari ğazna hisob raqamlariga kelib tuşgan 91,7 milliard söm tahlil qilinganda 14,9 milliard sömlik tölovlar 759 nafar fuqaroning plastik kartalari orqali amalga oşirilib, şundan 174 nafari agentlik tizimi xodimi va 34 nafari ularning yaqin qarindoşlari ekanligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: