Özbekiston Xitoydan mandarin va ananas importiga vaqtinçalik taqiq joriy etdi
30-01-2026, 22:26
338 марта

Özbekiston Xitoydan mandarin va ananas importiga vaqtinçalik taqiq joriy etdi
Malum qilinişiça, Xitoydan import qilingan mandarin va ananas partiyalaridan belgilangan tartibda olingan namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida ekspertizadan ötkazilgan. Tahlillar davomida namunalarda “tsitrus oq-qanoti” (Dialeurodes citri Aşmead), şarq tsitrus qalqondori (Unaspis yanonensis Kuwana) hamda “ananas unsimon qurti” (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantin ostidagi zararkunandalar aniqlangan.
Qayd etilişiça, uşbu zararli organizmlar qariyb 20 ga yaqin yuk partiyasida topilgan. Aniqlangan holatlar yuzasidan Xitoy davlatining ösimliklar karantini va himoyasi böyiça milliy taşkiloti rasman ogohlantirilib, zararlangan mahsulotlar böyiça tegişli malumot va hujjatlar taqdim etilgan.
Taqiq amal qilayotgan davrda Xitoydan Özbekistonga olib kelinişi rejalaştirilayotgan mandarin va ananas mevalari uçun karantin ruxsatnomasini rasmiylaştiriş vaqtinça töxtatiladi. Uşbu çora potentsial xavf tuğdiruvçi karantin obektlarining respublika hududiga kirib kelişi va tarqalişining oldini oliş maqsadida joriy etilgani takidlanmoqda.