Özbekiston xorijiy blogerga 7 kunlik bepul turistik dasturlar yölga qöymoqda
12-06-2026, 10:42
114 марта
Özbekiston xorijiy blogerga 7 kunlik bepul turistik dasturlar yölga qöymoqdaHar yilning iyun–avgust oylarida “Oçiq turizm mavsumi” dasturi elon qilinadi. Özbekistonga yangi reyslarni taşkil etgan aviakompaniyalar va turist jalb qilgan turoperatorlarga subsidiyalar beriladi.
Yangi qabul qilingan qarorga köra, 2026 yil 1 iyundan har yilning iyun–avgust oylarida “Oçiq turizm mavsumi” dasturi elon qilinadi va uning doirasida:
Xorijiy mamlakatlardan Özbekistonga yangi reyslarni taşkil etgan xorijiy va mahalliy aviataşuvçilarga xarajatlarning bir qismi Davlat byudjetidan qoplab beriladi va har bir jalb qilingan xorijiy turist uçun 100 AQŞ dollari miqdorida subsidiya tölanadi;
Özbekiston rezidenti bölgan turoperatorlar tomonidan salohiyatli xorijiy davlatlardan jalb qilingan har 1 000 nafar xorijiy turist uçun ularga 5 ming AQŞ dollari miqdorida subsidiya ajratiladi;
Turoperatorlik va mehmonxona xizmatlari böyiça QQSning 50 foizi keşbek tarzida qaytariladi.
Şuningdek, har biri ijtimoiy tarmoqlarda 5 mln nafardan ortiq kuzatuvçiga ega 50 nafar xorijiy blogerga Özbekistonga kelişi uçun 7 kunlik bepul turistik dasturlar taqdim etiladi.
Dunyodagi yirik onlayn sayyohlik platformalarida Özbekistonga sayohat tarğiboti bilan boğliq xarajatlar qoplab beriladi.