Endi Armanistonga Rossiya kerak emas
Va nihoyat, Armanistonning ğarbparast hukumati saylovda ğalaba qozondi. Boş vazir Nikol Paşinyan joriy yilning 7 iyun kuni muddatidan oldin ötkazilgan parlament saylovlarida nafaqat hukumatni saqlab qoldi, balki tanlangan geosiyosiy yönalişi qay darajada qatiy ekanligini hammaga körsatib qöydi. Bu ğalaba arman xalqining endi Moskvaga emas, Yevropa va AQŞga döst tutinişining rasmiy ifodasidir.
Bir neça yillar oldin Rossiya bilan apoq-çapoq bölgan Armaniston bugun butkul boşqa qoidalar, boşqa hamkorlar tomon intilmoqda. Xöş, nega? Rossiya vaqt sinovidan ötmadimi?
Tarixiy xulosa
Paşinyanning bugungi ğarb tomonga buriliş qarori ortida bir qator yiğilib qolgan sabablar bor.
Sovet Ittifoqi qulaganidan söng, Armaniston geosiyosiy ziddiyalar botqoğida qolib ketdi. Bir tomonda 1915-yilgi Arman genotsididan beri aloqalari uzilgan Turkiya, boşqa tomonda Ozarbayjon bilan hududiy kelişmovçiliklar. Bunday vaziyatda toğlar orasidagi kiçik bir davlatça uçun “omon qoliş” maqsadida “katta oğa” bilan harbiy ittifoq tuziş yöli tanlandi.
1996 yili mamlakat hududida Rossiyaning 102-harbiy bazasini (Gyumri şahrida) joylaştiriş böyiça rasmiy bitim imzolandi. Bu öz navbatida Yerevanning Moskva himoyasida ekanligini bildirardi. Ammo Kreml Armanistonning harbiy qöllovga muxtojligidan öz maqdasida foydalandi. 2002 yilda Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotiga azolik töğrisida kelişuv va 2014 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII)ga qöşiliş töğrisida hujjat imzolanişi Armanistonni tobora Rossiya tasiriga tuşirib qöydi. Moskva bilan hamkorlik asta-sekin qaramlik darajasiga tuşib qoldi.

Uzoq vaqtli Kremlga işonç Qoraboğ uruşidan keyin yakuniga yetdi. 2020 yil kuz oylarida Ozarbayjon Toğli Qoraboğga keng kölamli harbiy hujum boşladi. Turkiya Ozarbayjonni zamonaviy qurollar, dron texnologiyasi va harbiy maslahatçilar bilan taminladi va bu voqelik uruşda hal qiluvçi omillardan biri böldi. Ikkinçi Qoraboğ uruşida ham Ozarbayjon va uning hamkorlari Armaniston ustidan ğalabani qölga kiritdi.
Armaniston esa, KXŞT azosi sifatida ittifoqçisi – Rossiyadan yordam kutdi. Ammo Rossiya “boşini oğritişni” istamadi. 44 kunlik uruşda Armaniston Toğli Qoraboğning katta qismini yöqotdi. Yuzboşi tuzgan tinçlik şartnomasi ham aslida mağlubiyatning diplomatik bayoni edi.
Rossiyaning 2022 yil fevralida Ukrainaga bostirib kirişi vaziyatni yanada murakkablaştirib yubordi. Uruş Moskvani Boku bilan yaqinlaşişga majbur qilgan bölsa, Yerevanga vada qilinga harbiy taminotning uzilişiga olib keldi. Armaniston buni “ortidan piçoq uruş”, deb qabul qildi.
2022 yilning sentyabrida Ozarbayjon bu safar xalqaro tan olingan Armaniston hududiga hujum qildi. Goris, Jermuk, Vardenis, Sotk va Kapan kabi şaharlar katta talofat kördi. Na KXŞT, na Rossiya Armanistonga yordamga keldi. Yerevan butkul yolğizlanib qoldi.
2023 yil 19 sentyabrda Ozarbayjon Toğli Qoraboğga “antiterror operatsiyasi” deb nomlangan keng kölamli hujumni boşladi. Qoraboğ mamurlari operatsiyada kamida 200 kişi halok bölganini bildirdi. Ikki kundan söng, Ozarbayjon mintaqa ustidan töliq nazoratni qölga kiritganini elon qildi. 120 000 nafar arman ota-bobolaridan qolgan yurtini tark etişga majbur böldi.
“Biz Rim statutini 2022 yil dekabr oyida ratifikatsiya qiliş töğrisida qaror qabul qildik, öşanda barçamizga KXŞT va Armaniston-Rossiya strategik hamkorligi hujjatlari Armanistonning taşqi xavfsizligini taminlaş uçun yetarli emasligi va bu qaror heç qanday tarzda KXŞT yoki Rossiya Federatsiyasiga qarşi qaratilmaganligi ayon böldi. Bu bizning taşqi xavfsizlik manfaatlarimizdan kelib çiqadi va bunday qaror qabul qiliş bizning suveren huquqimizdir”, degan edi Paşinyan.
Paşinyan 1991 yildan beri faqat Rossiyaga tayanib kelganini xato deb baholadi. Aynan mana şu – Armaniston va Rossiyaning 30 yillik ittifoqining inqirozi böldi.
Ğarbga yuzlaniş
Armanistonning Rossiyadan köngli qoldi. Körsatilgan işonç Moskva tomonidan oqlanmagaç, Yerevan ğarbga yuzlanişga majbur böldi. 2023 yil 3-oktyabr sanasida mamlakat Milliy Assambleyasi (parlamenti) xavfsizlik inqirozlaridan söng, Rim statutini rasman ratifikatsiya qildi. Şu yilning özida Armaniston Mudofaa vaziri Suren Papikyan va Frantsiya Mudofaa vaziri Sebastyan Lekornyu Parijda birinçi rasmiy harbiy şartnomalarni imzoladilar. Unga köra, havo mudofaasini kuçaytiriş uçun “Thales” kompaniyasidan 3 ta zamonaviy Ground Master 200 (GM200) radar tizimi, qisqa masofali Mistral zenit-raketa majmualari va qator harbiy anjomlarni Armanistonga sotişga kelişib olindi.
Qisqa vaqt içida, nafaqat Yevropa, balki AQŞ ham Yerevanga harbiy hamkor sifatida çiqib kela boşladi. AQŞ va Armaniston harbiylari örtasida xalqaro tinçlikparvar missiyalarga tayyorgarlik köriş doirasida har yili ötkaziladigan qöşma harbiy maşğulotlar töğrisida kelişuvlar imzolanib Eagle Partner 2023 va Eagle Partner 2024 qöşma maşqlari amalga oşirildi.
Tez orada hamkorlik yangi darajaga kötarila boşladi, 2025 yil 14 yanvarda Vaşingtonda AQŞ Davlat kotibi Entoni Blinken va Armaniston Taşqi işlar vaziri Ararat Mirzoyan tomonidan AQŞ-Armaniston strategik şeriklik xartiyasi tuzildi. 2026 yil 26 may kuni esa, AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio Yerevanga taşrif buyurdi va aeroport marosimida ikkala mamlakat har tomonlama strategik şeriklik töğrisidagi nizomni imzoladi.
“Bu kelişuv uşbu tarixiy yönalişni haqiqatga aylantiriş, tinçlikni mustahkamlaş hamda Armanistonda va oçiğini aytganda, butun mintaqada farovonlikni oşiriş yölida şu kungaça taşlangan eng katta qadamdir. Biroq, bizning munosabatlarimiz şunçaki TRIPP (Transport barqarorligi va infratuzilmani rejalaştiriş dasturi) bilan çeklanib qolmaydi. Biz uni juda köp turli yönalişlarda rivojlantirmoqdamiz va bu uşbu mamuriyatning eng muhim ustuvor vazifalaridan biridir”, degandi Marko Rubio.
Raqobatçisining “yana bir qadam yaqinlaşganini” Moskva jiddiy qabul qildi. Rossiya Energetika vaziri Sergey Sivilevning Armanistonga yöllagan rasmiy xati oçiqçasiga Armanistonga tahdid qildi. Unda agar Yerevan YeI bilan yaqinlaşiş yölida davom etsa, 2013 yilgi kelişuv – gaz, neft mahsulotlari va olmos yetkazib berişdagi boj imtiyozlari bekor qilinişi aytilgan edi.
Armaniston uçun Rossiya bilan yonilği savdosi nihoyatda muhim. Mamlakatga keladigan gazning 80–85 foizi va neft mahsulotlarining 60 foizdan ortiği Rossiyadan kelardi.

Bundan taşqari iyun boşida Kreml Rossiyaning Armanistondagi elçisi Sergey Kopirkinni maslahatlaşuvlar uçun Moskvaga çaqirib oldi va Taşqi işlar vazirligi uşbu qadamni rasmiy ravişda Armanistonning Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlaşiş “harakatlari”ga javobi ekanini bildirdi.
Ostona şahrida bölgan YeOII sammitida esa Rossiya, Belarus, Qirğiziston va Qozoğiston Armanistonni imkon qadar tezroq referendum ötkazib, YeI va YeOII örtasida aniq tanlov qilişga çaqirdi. Vladimir Putin hatto “yumşoq va madaniyatli ajraliş” formulasini taklif qilgan bölib, bu amalda ultimatumning diplomatik körinişi edi.
Rossiyaga yaqin Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko esa, Yerevanga töğridan-töğri jiddiy ogohlantiriş berdi.
“Armanlar juda ehtiyot bölişlari kerakki, Xudo asrasin, Ukrainada yuz bergan voqealar takrorlanmasin”, dedi u.
Ammo tahdidlar şu bilan tugamadi. Rossiya Armanistondan gullar, mineral suvlar va konyak olib kirişga vaqtinçalik taqiq ham joriy etdi. Moskva tomonidan işlatilgan bu bosimni qaysidir manoda Armanistonning içki işlariga aralaşiş deyiş mumkin.
Öz navbatida, Paşinyan saylovoldi kampaniyasi doirasida çiqiş qilib, mamlakat mustaqillikka erişganidan beri amal qilib kelgan “Yo ölim, yo hurlik” şiorini “Ozod davlat” deb özgartiriş kerakligini takidladi.
“Biz ölim va hurlik örtasida tanlov qilmasligimiz kerak. Biz yaşaşimiz va ozod bölişimiz kerak”, deydi u.
Şu yilning 4 iyun kuni bölgan debatda Paşinyan KXŞTga (Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti) azolik masalasida ham aniq gapirdi. Debat jarayonida “Kuçli Armaniston” partiyasi vakili Narek Karapetyan Paşinyanga KXŞTdagi “azolikni muzlatib qöyiş” böyiça savol berib, nega taşkilotni tanqid qila turib, mamlakat undan çiqib ketmayotganini söragan. Boş vazir esa, agar kerak bölsa, Armaniston taşkilotni tark etişini aytgan.
“Biz qaror qilamiz va çiqamiz. Kerak bölsa, çiqamiz, men ortga qaytmasligimizni aytganman”, deydi Paşinyan.
Aslida, Armaniston Toğli Qoraboğ mojarosi paytida Armanistonga yordam berilmagani uçun allaqaçon KXŞTdagi iştirokini muzlatib qöyib bölgan. Keyingi qadam, taşkilotni butkul tark etişdir.
Tarixiy ğalaba
7 iyun kuni Armanistonda muddatidan oldin ötkazilgan parlament saylovlarida 2,49 million saylovçi ovoz beriş huquqiga ega edi. Saylovda 16 ta partiya va 2 ta siyosiy blok iştirok etdi. Saylov natijasi nafaqat hukumat tarkibini, balki mamlakatning kelgusidagi yölini ham belgilab berardi va şunday ham böldi. Rossiya bosimiga qaramasdan, Armanistonning Ğarbparast mamuriyati, yani Nikol Paşinyan partiyasi hokimiyatda qoldi. Natijalarga köra:
“Fuqarolik şartnomasi” (Paşinyan) ~50,07%
“Kuçli Armaniston” (Karapetyan) ~23,35%
“Armaniston” bloki (Koçaryan) ~9,96%
“Farovon Armaniston" (Tsarukyan) ~3,98%

Yakuniy natijaga köra, yangi parlamentda faqat uç siyosiy kuç – “Fuqarolik şartnomasi”, “Kuçli Armaniston” va “Armaniston” bloklari vakillari böladi.
Bu saylov natijalari öz navbatida arman xalqining xohişlarini özida namoyon etdi. Xalqaro Respublika instituti tomonidan 2026 yil 5-11 may kunlari 1511 nafar respondent örtasida ötkazilgan sörovda ham fuqarolarining 75 foizi mamlakatning YeIga azo bölişini qöllab-quvvatlaganini hisobga olsak, saylov yakunini oldindan prognoz qiliş mumkin edi. Yani Paşinyan ğalabasi – xalqning irodasi.
Qisqa qilib aytganda, Paşinyan bu gal ham uddaladi. Ammo nimaning evaziga? NATOga qöşilmoqçi bölgan Ukrainaning bugungi ahvolini körib turibmiz. Energetika, harbiy va yana bir qator sohalarda Rossiyaga boğlanib qolgan Armanistonning Moskvadan yuz ögirişi qanday oqibatlarga olib keladi?
Albatta, kutuvlar xavotirli. Ammo şuni ham hisobga oliş kerakki, Armaniston Ukraina kabi çegaradoş davlat emas. Bu faktor uning Rossiya uçun geosiyosiy ahamiyatini pasaytiradi. Bundan taşqari, Ukrainadagi uruş ham Moskvani yetarliça xoldan toydirdi. Hali eski uruşni tugatmay turib, yangisini boşlaş, hatto, Putin uçun ham oğirlik qiladi.
Rossiya bilan ajraliş şubhasiz jarohatlarsiz bölmaydi. Ammo yangi döstlarni töğri tanlay biliş bu jarohatlarni tezroq bitişiga yordam beradi.