Turkiyada özbekistonlik kelin eri va çaqaloği bilan halok böldi
Keça, 11 iyun kuni Turkiyaning Istanbul şahrida sodir bölgan dahşatli yöl-transport hodisasi oqibatida özbekistonlik kelin eri va 2 oylik çaqaloği bilan birga halok böldi.. Bu haqda “Hurriyet” xabar berdi.
Naşrning yozişiça, hodisa Çekmeköy mavzesidagi Şimoliy Marmara avtoyölida soat 06:00 atrofida yuz began. Sabiha Gökçen aeroportidan qaytayotgan Sodiq Gunden (29 yoş) boşqaruvidagi yengil maşina xuddi şu yönalişda harakatlanayotgan yuk maşinasining orqasidan borib urilgan. Töqnaşuv oqibatida yengil maşina yuk maşinasining tagiga kirib ketgan. Haydovçi Sodiq Gunden, uning özbekistonlik rafiqasi Aziza Hatamova Gunden (31 yoş) va ularning 2 oylik çaqaloği Timur Xon Gunden maşina içida qisilib qolgan. Ular voqea joyiga yetib borgan öt öçiruvçilar tomonidan çiqarib olingan. Biroq oilaning uç azosi ham hodisa joyida hayotdan köz yumgan.
Malum bölişiça, Sanjaktepa mavzesida istiqomat qilgan va 4 yildan beri birga yaşayotgan Sodiq va Aziza Gunden juftligining Said Gunden ismli 3 yoşli yana bir farzandi bor. Oila voqea tongda sodir bölgani sababli uni özlari bilan birga olmagan. Çaqaloq Timur Xon yaqindagina sunnat qilingan va yaqin kunlarda uning sunnat töyi ötkaziliş rejalaştirilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Istanbul şahrining Fotih tumani Laleli mavzesidagi tramvay bekatida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida 6 yoşli özbekistonlik bola vafot etgandi. U tramvaydan tuşganidan söng bekat va tramvay relslari oraliğida qisilib qolgan hamda transportning harakatlanişi oqibatida oğir tan jarohati olib, voqea joyida hayotdan köz yumgan.