USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Jizzaxda alimentdan qarzdor ota mehmonxonadan topildi

48 марта
Жиззахда алиментдан қарздор ота меҳмонхонадан топилди

Jizzax viloyatida alimentdan 20 mln sömdan ortiq qarzi bor ota mehmonxonada yaşiringan vaqtida qölga tuşdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi matbuot xizmati xabar berdi.

Malum qilinişiça, byuroning Jizzax viloyati qidiruv şubasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida qarzdor A.D. Jizzax şahridagi mehmonxonalardan birida aniqlangan. U ikki kişilik xonani buyurtma qilib, “şerigi”ni kutayotgan paytda eşikdan xodimlar kirib kelgan.

Malum bölişiça, A.D.ning aliment böyiça qarzi 20 million sömdan oşib ketgan. U avval ham farzandini taminlaşdan böyin tovlagani sababli nafaqat mamuriy, balki jinoiy javobgarlikka ham tortilgan.

Hozirda qidiruvda bölgan şaxs topilib, keyingi ijro harakatlarini amalga oşiriş uçun MIBning Foriş tumani bölimi davlat ijroçisiga topşirilgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Farğonada aliment tölaşdan qoçib, parda ortiga yaşiringan ota qamalgandi. Ötgan yili Qaşqadaryoda aliment tölamasdan qoçib yurgan erkak uyidagi körpalar tagidan, Namanganda va Surxondaryoda uy yertölasidan, Xorazmda tovuq fermasidan, Farğona şahrida tungi klubdan, Andijonda xolasining va Buxoroda buvisining uyidan topilgandi. Şuningdek, ilgariroq Surxondaryo viloyatida voyaga yetmagan bir farzandining moddiy taminoti uçun aliment tölaşdan böyin tovlagan ota ukasining nikoh töyida uşlangandi. Andijon viloyatida esa aliment tölaşdan qoçib yurgan ota öz uyining qurilişi tugallanmagan hududida, şifer ortidan topilgan. Samarqand viloyatida esa aliment tölaşdan qoçib yurgan ota şkaf içidan çiqqan. Navoiy viloyatining Karmana tumanida esa 2 yil davomida aliment tölamay 71 mln söm qarz bölgan ota tandir içidan topilgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: