USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Turkiyada uç kun içida tört özbekistonlik halok böldi

103 марта
Туркияда уч кун ичида тўрт ўзбекистонлик ҳалок бўлди

Joriy yilning sönggi uç kuni içida Turkiyada vafot etgan tört nafar Özbekiston fuqarolarining jasadlari mamlakatga qaytariladi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.

Qayd etiş joiz, 11 iyun kuni Istanbuldagi Şimoliy Marmara avtomagistralida sodir bölgan yöl-transport hodisasi oqibatida özbekistonlik 31 yoşli A.H., uning turkiyalik turmuş örtoği va 2 oylik farzandi halok bölgandi.

Hodisa Çekmeköy mavzesidagi Şimoliy Marmara avtoyölida soat 06:00 atrofida yuz began. Sabiha Gökçen aeroportidan qaytayotgan Sodiq Gunden (29 yoş) boşqaruvidagi yengil maşina xuddi şu yönalişda harakatlanayotgan yuk maşinasining orqasidan borib urilgan. Töqnaşuv oqibatida yengil maşina yuk maşinasining tagiga kirib ketgan. Haydovçi Sodiq Gunden, uning özbekistonlik rafiqasi Aziza Hatamova Gunden (31 yoş) va ularning 2 oylik çaqaloği Timur Xon Gunden maşina içida qisilib qolgan. Ular voqea joyiga yetib borgan öt öçiruvçilar tomonidan çiqarib olingan. Biroq oilaning uç azosi ham hodisa joyida hayotdan köz yumgan.

Keça, 12 iyun kuni Tuzla tumanida yuz bergan yöl-transport hodisasi ortidan 23 yoşli Özbekiston fuqarosi N.M. olgan oğir tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Şuningdek, 13 iyun kuni uzoq vaqt onkologik kasallik bilan kuraşib kelgan yana bir 58 yoşli ayol Istanbuldagi şifoxonalardan birida vafot etgan.

“Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi marhumlarning oila azolari va yaqinlariga çuqur taziya bildiradi. Konsulxona tomonidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi bilan hamkorlikda jasadlarni vatanga yuboriş va boşqa zarur masalalar yuzasidan tegişli konsullik-huquqiy yordam körsatilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 8 iyun kuni Istanbul şahrining Fotih tumani Laleli mavzesidagi tramvay bekatida yuz bergan baxtsiz hodisa oqibatida Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan 6 yoşli bola vafot etgandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: