USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Moskva endi xavfsiz emas(mi?)

56 марта
Москва энди хавфсиз эмас(ми?)

G7 davlatlari rahbarlari Ukrainaga qurol yetkazib beriş köpaytirilişini elon qilgaç, Rossiya Kiyevni bombardimon qildi. Bugun erta tongda esa, Ukraina Qurolli kuçlari Rossiya hududiga uruş boşlanganidan beri eng yirik va eng jiddiy strategik dron hujumlaridan birini uyuştirdi. Oqibatda Rossiya yonilğisining asosiy manbasi hisoblangan Moskva neftni qayta işlaş zavodi işlaşdan töxtab qoldi. Talafotlar har ikki tomonda yetarliça.

Joriy yilning 15–17 iyun kunlari Frantsiyaning Evian-le-Ben şahrida “katta yettilik”ning sammiti bölib ötdi. Siyosatçilar uçraşuvining asosiy mavzularidan biri Ukraina masalasini hal qiliş böyiça umumiy yondaşuvni işlab çiqiş bölgan. Va ular Zelenskiy boş bölgan mamlakatga qurol yetkazib berişni köpaytirişga kelişib olinganini malum qilişdi.

Qolaversa, AQŞ prezidenti Donald Tramp xomaşyo narxi pasaygani sababli AQŞ tez orada Rossiya neftiga nisbatan sanktsiyalardagi yengilliklarni bekor qilişi mumkinligini bildirdi. Tabiiyki, bu gaplar rasmiy Moskvaga yoqmagan. Natijada Rossiya armiyasi G7 davlatlari Ukrainani qöllab-quvvatlaşni yanada kuçaytiriş haqida bayonot berganidan köp ötmay, “mana senlarga” deganday Kiyevga ballistik raketa zarbasini amalga oşirdi. Hujum oqibatida mamlakatning bir qator hududlarida havo trevogasi elon qilindi. Portlaş ovozlari aholini vahimaga tuşirdi.

Bu jarayon 18 iyunga ötar keçasi sodir böldi. Kiyev şahrida tun davomida havo trevogasi sirenalari yangragan. Kiyev şahar harbiy mamuriyati rahbari Timur Tkaçenko özining Telegram-kanali orqali poytaxt tomon ballistik raketalar uçirilgani haqida ogohlantirgan.

“Xavf tugaguniga qadar xavfsiz joylarda qoling”, – deya murojaat qilgan Timur Tkaçenko.

Ukraina Harbiy-havo kuçlari darhol mamlakatning şimoliy hududlarida ham ballistik raketa hujumi xavfi saqlanib qolayotganini malum qildi. Ijtimoiy tarmoqlarda portlaş ovozlari Poltava va Sumi şaharlarida ham eşitilgani aks etgan videolar tarqaldi. Poltava şahar kengaşi ayrim hududlarda elektr taminotida uzilişlar kuzatilganini malum qildi. Zaporoje viloyati mamuriyati ham öz hududida portlaşlar sodir bölganini tasdiqladi. Ukrainaliklarni, ayniqsa Sumi viloyati aholisini qörqitgan xabar ham elon qilindi. Ukraina Harbiy-havo kuçlari bu hududga boşqariladigan aviabombalar bilan zarba berilişi mumkinligini aytib, fuqarolarni xuşyorlikka çorladi. Xullas, Ukrainada yana bir tun vahima va yöqotişlar bilan ötdi. Zelenskiy buni javobsiz qoldirmadi.

Moskvada “olovli tong”

18 iyunning sahar payti Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşning uzoq masofali operatsiyalar tarixida, qançalik ğalati eşitilmasin, yangi sahifa oçildi. Ukraina Qurolli kuçlari Rossiyaning iqtisodiy va harbiy infratuzilmasiga, xususan, poytaxt Moskva energetika tizimining yuragi hisoblangan Kapotnyadagi Moskva neftni qayta işlaş zavodiga sönggi yillardagi eng yirik ommaviy dron hujumini uyuştirdi. Ertalabdan Moskva osmonini qoplagan qora tutun nafaqat iqtisodiy zarar darajasini körsatuvçi belgi, balki xalqaro maydonda geosiyosiy signal vazifasini ham bajardi.

Rossiya tomoni dastlab hujum kölamini maksimal darajada kamaytirib körsatişga va havo mudofaa tizimlarining muvaffaqiyatini takidlaşga urindi. Rossiya Mudofaa vazirligi rasmiy bayonotida vaziyat nazorat ostida ekaniga urğu berildi.

“Havo mudofaa tizimlarimiz va radioelektron kuraş vositalari yordamida Rossiya hududiga qaratilgan terrorçilik hujumlarining oldi olindi. Mamlakat böylab jami 500 dan ortiq Ukrainaning uçuvçisiz uçiş apparatlari urib tuşirildi va zararsizlantirildi”, deb Rossiya Mudofaa vazirligi malumot berdi.

Biroq, poytaxt miqyosidagi vaziyat ança jiddiyroq tus olganini Moskva meri Sergey Sobyaninning bayonoti qisman tasdiqladi.

“Poytaxt tomon uçgan 180 dan ortiq dron havo hujumidan mudofaa kuçlari tomonidan yöq qilindi. Kapotnya tumanidagi neftni qayta işlaş zavodi hududiga dron bölaklarining qulaşi oqibatida texnik binolardan birida yonğin yuzaga keldi, jabrlanganlar yöq”, deya malum qildi şahar meri.

Aslida bugun internet rivojlangan va hammaning qölida smartfon bölgan davrda nimanidir yaşiriş deyarli imkonsiz. Mahalliy aholi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga joylaştirilgan önlab videolar zavodning texnologik qurilmalariga jiddiy şikast yetganini va yonğin oddiy “bölaklar qulaşi”dan ança vahimaliroq bölganini körsatdi.

Ukraina rahbariyati va harbiy qömondonligi uşbu operatsiyani mamlakat energetika tizimini vayron qilayotgan Rossiyaga nisbatan “adolatli javob strategiyasi” deb atadi.

“Rossiya öz hududida uruşning haqiqiy bahosini his qilişi kerak. Bizning şaharlarimiz va elektr stantsiyalarimiz har kuni zarbaga uçrayotgan bir paytda, Rossiya harbiy maşinalarini oziqlantirayotgan neft zavodlari tinç tura olmaydi. Bu Ukraina xalqiga qarşi qaratilgan terrorga töliq asoslangan, adolatli va strategik javobdir”, dedi Vladimir Zelenskiy.

Ukraina razvedkasi esa, uşbu zavod atigi ikki kun oldin ham nişonga olinganini eslatib, bu safar uning eng muhim neft haydaş ustunlari işdan çiqarilganini va poytaxtda yonilği inqirozi boşlanişi muqarrar ekanini iddao qilmoqda. Berilgan malumotga köra, dronlar zavoddagi neftni birlamçi qayta işlaş qurilmasini nişonga olgan. “Reuters” agentligi keltirgan malumotlarga köra, şikastlangan majmua korxona quvvatining qariyb 53 foizini taminlab kelgan. Şu sababli, zavod faoliyati vaqtinça töxtatilgan.

Xalqaro ekspertlar va ğarblik siyosiy tahlilçilar uşbu voqeani uruşning geoiqtisodiy bosqiçga köçişi hamda Rossiya uçun jiddiy dilemma sifatida baholamoqdalar. AQŞ Siyosiy tadqiqotlar instituti va “Reuters” agentligi tahlilçilari Moskva neftni qayta işlaş zavodi poytaxtdagi yonilği bozorining deyarli yarmini taminlaşini hisobga olib, uning töxtaşi Rossiya içki bozorida zanjirli reaktsiyani keltirib çiqarişini taxmin qilmoqdalar. Xalqaro energetika bozori tahlilçisi Jon Evans ham vaziyatga özining bahosini berdi.

“Ukraina Rossiyaning neft infratuzilmasiga zarba beriş orqali Kremlni eng oğriqli joyidan urmoqda. Moskva atrofidagi yonilği taqçilligi Rossiya hukumatini yo eksportni butunlay töxtatişga yoki içki bozordagi narxlarni keskin oşirişga majbur qiladi. Bu esa, uruş fonida içki ijtimoiy norozilikni keltirib çiqarişi mumkin”, deydi Jon Evans.

Agar şu bugungaça bölgan voqealarni yaxlit tahlil qiladigan bölsak, Ukraina özining iqtisodiy jihatdan arzon, ammo texnik jihatdan mukammal dronlar tölqini orqali Rossiyaning milliardlab dollarlik energetika gigantlarini va eng zamonaviy havo mudofaa tizimlarini çorasiz qoldira olişini körsatdi.

Uruş front çiziğidagi pozitsion töqnaşuvlardan poytaxtlar darajasidagi strategik va iqtisodiy çidamlilik resurslari kuraşiga aylanib boryapti. Eng etiborlisi, bu jarayonda Rossiyaning “eng xavfsiz” hisoblangan hududlari ham endilikda oçiq frontga aylanib ulgurgan. Bosimi tobora ortayotgan, har ikki davlat aholisi allaqaçon bezigan bu uruşda kim birinçi bölib taslim bölişi esa, mavhumligiça qolmoqda. Sizingça, qaysi tomon birinçi bölib oq bayroqni kötaradi?

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: