USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Erkatoy Zelenskiy yoxud Ukrainaga qurol ham, pul ham beriladi

56 марта
Эркатой Зеленский ёхуд Украинага қурол ҳам, пул ҳам берилади

Jahonning “kattakonlari” Frantsiyada yiğildi. Alp toğlari bilan öralgan Evian-le-Ben şahrida dunyoning eng yirik iqtisodiyotiga ega G7 (Group of 7) davlatalari – AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Italiya va Yaponiya bugun dunyo yuzlanib turgan eng katta muammolarni muhokama qiliş uçun jam bölgan. Yaqin Şarqdagi inqirozli vaziyat, Ukraina uruşi va Xitoy bilan iqtisodiy kuraş fonida uşbu sammit “dunyoni yaxşiroq qilişga” navbatdagi uriniş böldi.

Biroq sönggi yillarda bölib ötgan sammitlar, G7 bugun dunyo muammolarini hal qilayotgan global kuç markazidan köra, köproq özaro içki kelişmovçiliklarni hal etişga urinayotgan klubga öxşab borayotganini körsatdi. Ukraina masalasida ham, Eron bilan tuzilgan yangi kelişuv böyiça ham yakdil pozitsiya mavjud emasdek, Frantsiya va Germaniyaning Yevropada liderlik uçun raqobati esa, yakdil qaror qabul qilinişiga tösqinlik qilmoqda.

Bugun uşbu maqolada, bir savolga javob topişga urinib köramiz: G7 dunyodagi mojarolarni hal qilişga qodirmi yoki u endi faqat global muammolarni muhokama qiladigan, ammo ularni bartaraf eta olmaydigan siyosiy maydonga aylanib qoldimi? 

Tadbir haqida umumiy

Bu galgi 52-G7 sammitiga Frantsiya mezbonlik qildi. Uç kun davom etgan uçraşuvlar kun tartibida Ukraina uruşi, Yaqin Şarqdagi keskinlik, jahon iqtisodiyoti va xavfsizlik masalalari markaziy örin egallagan bölsa-da, tadbirlar davomida yetakçilarning öziga xos nutqlari OAV etiboridan çetda qolmadi.

Sammitda “Katta yettilik” davlatlari rahbarlaridan taşqari Yevropa Kengaşi Prezidenti Antonio Koşta va Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen ham iştirok etdi. Şuningdek, maxsus taklif etilgan mehmonlar sifatida Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy, Hindiston Boş vaziri Narendra Modi, Braziliya Prezidenti Luis Inasiu Lula da Silva, Qatar Amiri Şayx Tamim bin Hamad Al Tani, Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon va Birlaşgan Arab Amirliklari Prezidenti Şayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon iştirok etdi.

Ukraina Prezidenti sammitga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni taklif qilganini bildirgan.

“Biz Putin bilan G7 doirasida uçraşişga tayyor ekanimiz haqida xabar berdik. U yerda Tramp va Makron böladi, yani Yevropa va Amerika vakillari bir joyda böladi. Bu hammamiz uçun uçraşiş va muzokara olib boriş uçun yaxşi imkoniyat”, degan Zelenskiy.

Rossiya Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, Kreml uçraşuv ötkaziş böyiça rasmiy taklif olmaganini malum qilgan. Uning aytişiça, Zelenskiy masuliyat bilan va jiddiy muloqot qilişga tayyor bölsa, Moskvaga kelişi mumkin.

Parallel ravişda ötayotgan Jahon Çempionatining şukuhi G7 yetakçilarining muzokara stoligaça yetib keldi. Germaniya kantsleri Fridrix Merts sammit doirasidagi ilk yalpi majlisida AQŞ rahbariga Germaniya terma jamoasining libosini hadya qildi. Unda “Tramp” yozuvi va 47 raqami tuşirilgan bölib, bu Donald Trampning AQŞ tarixidagi prezidentlik tartib raqamini anglatadi. Malum qilinişiça, uşbu futbolkani Trampning 14 iyun kuni nişonlangan 80 yilligi munosabati bilan sovğa qilingan. Jurnalistlarning fikriça, bu öziga xos yumşoq kuç diplomatiyasi bölgan.

Oçiğini aytganda, AQŞ rahbarining xuşomadlar markazida qolişiga alohida etibor berildi. Yevropaning Vaşingtondan moliyaviy yordamga muhtoj ekanligi qaysidir manoda boşqa davlat rahabarlarini Trampning oldida “tili qisiq” qilib qöygan. Buni hatto AQŞ rahbarining özi ham sezib turibdi va bu qudratdan oçiqdan-oçiq foydalanmoqda.

17 iyun kuni AQŞ Prezidenti Donald Tramp “Katta yettilik” (G7) sammitining rivojlaniş masalalariga bağişlangan sessiyalaridan biriga keçikib kirib kelar ekan, Tramp hazil aralaş “Bu yerda xöjayin menman” (I’m the boss), deb hayqirgan. Bu “öxşamagan hazil” köplab jurnalistlar tomonidan va siyosiy doiralarda tanqid ostiga olingan. Siyosatda diplomatik parda va etiketga örganib qolgan mutaxasislar Oq uy rahbarining bu qadar oçiq fel-atvorini qabul qilişni istaşmayapti.

Eron uruşi yakunlaniş arafasida

G7 sammit davomida körib çiqiluvçi asosiy masalalardan biri, şubhasiz Yaqin Şarqdagi, yani Eron bilan AQŞ va Isroil örtasida yuzaga kelgan uruş edi.

Garçi AQŞning rasmiy bayonotlarida doimgidek uşbu habiy harakatlar rasman “uruş” nomi bilan atalmagan bölsa-da, butun dunyo bu nizoga boşqa tarif topa olmadi.

Tadbirning ilk kunidayoq uşbu mojaro kun tartibiga kötarildi, negaki, yonilği bozorlaridagi inqiroz nafaqat Eron yoki AQŞga balki, butun dunyo sanoatiga salbiy tasir körsatayotgan edi. Tramp esa, 15 iyun kuniyoq Eron bilan uruşni töxtatişga qaratilgan dastlabki kelişuv allaqaçon imzolanganini malum qildi.

“Bu kelişuv imzolanganini mamnuniyat bilan malum qilaman. Bitim töliq imzolandi”, degan Tramp.

Şuningdek, AQŞ rahbari özining “hamtovoği” – Isroilni ham tanqid qilib, “Hizbulloh” jangçilarini yöq qiliş uçun turarjoy binolarini bombardimon qiliş ortiqça ekanini bildirgan. Şuningdek, Bayrutga qilingan Isroil zarbalaridan norozi ekanini bir neça bor takrorlagan. Uning fikriça, mazkur hujumlar AQŞ va Eron örtasida erişilgan tinçlik kelişuviga tösiq bölib kelgan.

“Juda köp odamlar halok böldi. Bir odamni qidirayotganingiz uçun har safar köp qavatli uyni vayron qiliş şart emas. Çunki u yerda köplab odamlar yaşaydi va ularning hammasi ham “Hizbulloh” azosi emas”, deydi Tramp.

Aslida, Tramp va Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu örtasidagi munosabatlarda ham sönggi vaqtlarda taranglik kuçaygan. Isroil rasmiylari Trampning Eron bilan tuzgan kelişuvidan norozi bölsa, AQŞ Prezidenti Bayrutga qilingan zarbalar sabab Eronning qarşi hujumlarni boşlanganidan va bu uning tinçlik muzokaralarini yakunlaş rejasiga xalaqit berganidan norozilik bildirmoqda. Netanyaxu bilan munosabatlar har qança yaxşi ekanligi aytilmasin, Oq uy rahbarining gap-sözlaridan Tel-Aviv AQŞning işonçini yöqotgani sezilib turibdi. Trampning özi ham Isroil haddidan oşib ketganini öz nutqlarining birida “qistirib ötdi”.

“Bizsiz, Amerika Qöşma Ştatlarisiz Isroil bölmas edi. Mensiz ham Isroil bölmas edi, çunki boşqa heç bir prezident men qilgan işlarni qilişga tayyor emasdi”, deydi u.

Yaqin döstidan kelgan bunday keskin etirozlar Netanyahuni ham sergak torttirişi, öylab iş qilişga undaşi tabiiy. Köplab ekspertlarning fikriça, AQŞning çekinişi Isroilning ham pozitsiyasini özgartirişga majbur qiladi.

Va nihoyat, 17 iyun kuni AQŞ va Eron uruşni yakunlaş hamda Hormuz böğozini oçişni nazarda tutuvçi özaro anglaşuv memorandumini elektron şaklda imzoladi. Eron TIV matbuot kotibi Ismoil Baqoiyning aytişiça, tomonlar hujjatni elektron tarzda imzolaşga kelişib olgan va avval rejalaştirilgan Jenevadagi rasmiy marosimga ehtiyoj qolmagan. Şunga qaramay, bu yakuniy sulh emas va Şveytsariyadagi uçraşuv bekor qilinmagan. Malumotlarga köra, unda AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens hamda Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof Eron yadroviy dasturi böyiça muzokaralarni boşlaş masalasini muhokama qiladi.

Şuni unutmaslik kerakki, uruşning ildizi aynan yadro dasturiga borib taqaladi. Şu vaqtgaça yeçimini topmagan muammo tez kunlarda butkul hal bölişiga qançalik işonişni istasak ham, buning ehtimoli juda past. Ammo, har xolda tomonlar bir neça yilga tin olişga kelişib olsa yomon bölmasdi.

Ukraina qurol bilan taminlanadi

Ukraina – Yevropaning darvozasi, Rossiya va ğarb koalitsiyasining örtasidagi çegara davlat. NATOning Ukrainaga bostirib kirişi qay darajada Rossiya uçun xavfli bölsa, uning Moskva tomonidan bosib olinişi Yevropa dalatlari uçun şu darajadagi tahdid deb qabul qilinadi. Aynan şu sabab G7 ham Kiyev mağlub bölmasligi uçun “jon kuydirmoqda”.

G7 sammitida qabul qilingan asosiy qarorlardan biri – Ukrainaning havo mudofaasini mustahkamlaş böldi. Sammit yakunlari böyiça elon qilingan bayonotda Ukraina Rossiyaning raketa va dron hujumlariga qarşi kuraşişda qöşimça yordam olişi malum qilindi. G7 davlatlari Kiyevga zamonaviy havo mudofaasi tizimlari, raketa tutib qoluvçi vositalar hamda boşqa harbiy texnikalarni yetkazib berişni davom ettirişga kelişib olindi.

Sammit oldi Zelenskiyning öynagan “himoyasiz mazlum” obrazi va javob zarbasi oliş uçun qilgan hujumlari iş bergan körinadi. AQŞ rahbari ham Ukrainaga qurol yetkaziş dasturini qölladi. Bundan taşqari, u keskin bayonot bilan çiqib, Rossiya neft eksportiga qarşi sanktsiyalarni qayta tiklaş masalasi körib çiqilayotganini malum qildi. Trampning fikriça, Rossiya neftidan foyda olayotgan davlatlarga iqtisodiy bosim ötkaziş Moskvaning uruşni moliyalaştiriş imkoniyatlarini qisqartirişi mumkin.

“Yaqin orada buni amalga oşirişimiz mumkin, çunki hozir Fors körfazidan neft yetkazib berilmoqda. Biz sanktsiyalarni olib taşlagandik, çunki neft taminotiga tösqinlik qilişni istamagandik. Şunday ekan, yaqin orada bunga imkoniyat paydo böladi”, degan Tramp.

Ajablanarlisi şundaki, şundoq ham Yevropaning yordamiga muxtoj bölib turgan Ukraina Rossiyaga nisbatan harbiy bosimni oşirmoqda. Sammit bilan parallel ravişda Moskvaga navbatdagi yirik dron hujumlari davom etdi. Rossiya poytaxti va unga tutaş hududlarda havo hujumi xavfi elon qilindi, ayrim aeroportlar faoliyati vaqtinça töxtatildi. Bu esa şundoq ham agressiv Kremlning jahlini çiqarişi tabiiy.

Heç kim negadir “tinçlik memorandumi” yoki vositaçi davlat iştirokida uruşni tinç yöl bilan yakunlaş taklifini ilgari surmayapti. Ğarbdan kelayotgan sado faqat va faqat “Putin taslim bölsin, biz Ukrainaga qurol beramiz”. Kim bilsin balki bu uruşning keragidan ortiq çözilib, sulhga imkon yöqligidanmi yoki Yevropaning Rossiyani çiqiştirmasligimi, nimadir deyiş qiyin.
Bugungi vaziyat şuni körsatadiki, Ukraina uruşi allaqaçon ikki davlat örtasidagi mojaro doirasidan çiqib ketgan. Bu Rossiya va global Ğarb örtasidagi tarixiy konfliktning davomiga aylanib ketdi.

Ebolaga qarşi birgalikda kuraş

G7 sammiti eng avvalo uruşlar, geosiyosiy mojarolar va iqtisodiy inqirozlarni muhokama qiliş maydonidir, ammo Covid-19 epidemiyasi oddiydek köringan kasalliklar uruşlardan köra köproq odam öldirişi, köproq iqtisodiy zarar yetkazişi mumkin ekanligini körsatdi. Balki, aynan şu sabab ham bu galgi G7 sammitida Afrikada avj olayotgan Ebola virusiga ham alohida töxtalmagan.

Sammit yakunida G7 rahbarlari Ebola epidemiyasiga qarşi muvofiqlaştirilgan xalqaro javob çoralarini işlab çiqiş hamda saraton kasalligiga qarşi ilmiy hamkorlikni kuçaytiriş böyiça alohida bayonotlar qabul qildi.

G7 rahbarlari epidemiyaning çegaralardan taşqariga çiqiş xavfi mavjudligini takidlab, xalqaro hamjamiyatni tezkor harakat qilişga çaqirdi. Bayonotda tibbiy xodimlar, köngillilar va mahalliy jamoalarning say-harakatlari etirof etildi. Şuningdek, kasallikni nazorat qiliş uçun kuzatuv tizimlari, laboratoriyalar, diagnostika vositalari va yangi vaktsinalar ustida işlaş zarurligi qayd etildi.

Kongo Demokratik Respublikasi va Ugandada tarqalayotgan virus bugun dunyo ahlini yana xavotirga solib qöydi. Bu galgi “Bundibugyo” nomli virus mutatsiyasi uçun hali vaktsina topilmagan yani bu kasallik davosini topiş hali ança pul va resurs talab qiladi.
Yevropa Ittifoqi allaqaçon Ebola bilan kuraşiş uçun yuzlab million yevrolik yordam paketlarini elon qilgan. Bu mablağlar vaktsinalar işlab çiqiş, davolaş dasturlari va soğliqni saqlaş infratuzilmasini mustahkamlaşga yönaltiriladi.

Biroq sammitda faqat Ebola emas, saraton kasalligi ham markaziy mavzulardan biri böldi. G7 davlatlari saraton dunyo böylab ölimning eng yirik sabablaridan biri bölib qolayotganini qayd etdi. Ayniqsa aholining qarib borişi, notöğri ovqatlaniş, ekologik muammolar va turmuş tarzidagi özgarişlar sabab kasallik bilan boğliq xavf ortib bormoqda.

Şu sababli, yetakçi davlatlar saraton kasalligini erta aniqlaş texnologiyalarini rivojlantiriş, suniy intellektdan foydalanişni kengaytiriş, yangi davolaş usullarini yaratiş va ilmiy malumotlar almaşinuvini kuçaytirişga kelişib oldi. Maqsad – kasallikni aniqlaş va davolaş imkoniyatlarini nafaqat rivojlangan davlatlarda, balki dunyoning kam taminlangan hududlarida ham yaxşilaşdir.

G7 davlatlari faqat özlarining “çöntagini qappaytirişni” közlagan davlatlar emas, balki katta muammolarni, xoh u geosiyosiy bölsin, xoh ekologik yoki tibbiy, ularning gardanida yuk köproqdir. Uşbu maqolani, kinosevarlar sevuvçi bir jumla bilan yakunlamoqçiman. “Katta kuç, katta masuliyatdir”.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: