USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

60 kunlik muhlat: Yaqin Şarq tinçlikka erişadimi?

43 марта
60 кунлик муҳлат: Яқин Шарқ тинчликка эришадими?

17 iyun Frantsiya mezbonligida bölib ötgan G7 sammiti doirasida AQŞ va Eron örtasida Hormuz böğozini oçişni va özaro harbiy harakatlarni yakunlaşni nazarda tutuvçi 14 banddan iborat Anglaşuv memorandumi imzolandi. Bir qaraşda yonilği bozorlarini “böğayotgan” Yaqin Şarqdagi uruş va nihoyat tugagandek. Ammo vaziyatga real köz bilan qarab, şuni aytiş mumkinki, Eron heç qaçon keçirmaydi.

Muzokaralar davom etmoqda. Xalqaro OAVlari berayotgan malumotlarga köra, Qatar va Pokiston vositaçiligida davom etayotgan Şveytsariyadagi muhokamalar silliq ketmayotgan bölsa-da, mutlaq muvaffaqiyatsiz ham deb bölmaydi. Kelgusi 60 kun içida tomonlar barça masalalarni kelişib olişi va bir neça yilga bölsa-da, tin olişlaridan umid qilamiz. Ammo Isroil hukumati kelişuvlarda qatnaşmas ekan, örtada haqiqiy sulh bölişi qiyin.

 Jenevada işlar qanday keçdi?

Keçagina bir-biriga raketa yoğdirib çarçamagan AQŞ va Eron, endi çözilib ketgan uruşni yakunlaş uçun diplomatik yeçim izlamoqda. Asosiy masalalar Yaqin Şarqdagi xavfsizlik, Livandagi vaziyat, Hormuz böğozining taqdiri, uzoq yillik sanktsiyalar va barça mojarolarning ildizi – yadro dasturi ekani doim takrorlanyapti.

AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vens Şveytsariyaga taşrif buyurib, Eron vakillari bilan töğridan-töğri uçraşuvlar ötkazdi. Vensning takidlaşiça, muzokaralarda “katta siljiş” bor va Vaşington Eron bilan munosabatlarni “tubdan özgartiriş” imkoniyatini körayotganini bildirgan.

Ammo Vens vaziyatni yumşatiş uçun “jon kuydirayotgan” bir paytda, AQŞ Prezidenti Donald Tramp keskin tahdidli bayonot bilan çiqdi.

“Eron Livandagi özining katta maoş oluvçi proksilari, yani yollanma kuçlari muammo keltirib çiqarişini zudlik bilan oldini olişi kerak. Agar buni qilmasa, biz Eronga xuddi ötgan haftadagidek, faqat undan ham kuçliroq qilib, yana juda oğir zarba beramiz!”, degan AQŞ rahbari.

Eron tomoni AQŞ Prezidentining tahdidkor bayonotlarini qabul qilib bölmasligini bildirgan va muzokaralar joyini tark etgandi. Tehron rasmiylari diplomatiya bosim va tahdidlar ostida emas, teng huquqli muloqot asosida olib borilişi kerakligini takidlagan. Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof AQŞni bayonotlarida ehtiyotkor bölişga çaqirgan. Uning takidlaşiça, Eron armiyasi har qanday tahdidga boşqaça javob qaytarişga tayyor.

“Ular tahdidlarining samarali bölganida, bugungi darajadagi umidsizlikka tuşib qolmasligini tuşunmayaptimi? Biz amerikaliklarning tahdidlarini jiddiy qabul qilmaymiz”, dedi Ğolibof.

Şunga qaramay, vositaçilar say-harakatlari natijasida tomonlar yana muzokara stoliga qaytdi. Uçraşuvning dastlabki raund yakuniga köra, delegatsiyalar muloqotni davom ettirişga tayyor. Tomonlar kelgusi 60 kun içida yakuniy tinçlik kelişuviga erişiş böyiça yöl xaritasini kelişib olgan.

Tasnim” agentligining qayd etişiça, Trampning bayonotlari AQŞ va Eron örtasidagi özaro anglaşuv memorandumining birinçi bandiga zid. Uşbu bandda tomonlar bir-biriga nisbatan tahdidlardan tiyiliş majburiyatini olgan, ammo qahramonimiz janob Trampga buning ahamiyati yöq şekilli, bir kun tinçlik haqida gapirsa, ertasi kuni hujum qiliş bilan tahdid qiladi.

 14 band

AQŞ va Eron örtasida imzolangan memorandum 14 banddan iborat bölib, körib çiqilişi zarur bölgan eng muhim masalalarni öz içiga olgan.

Memorandumning birinçi bandi eng muhim masala – “barça jabhalarda” uruşni töxtatiş şartidan boşlanadi. Unda AQŞ va Eron hamda ularning ittifoqçilari barça frontlarda, jumladan Livanda harbiy operatsiyalarni darhol va doimiy ravişda töxtatişi belgilangan. Tomonlar bir-biriga qarşi kuç işlatmaslik va tahdid qilmaslik majburiyatini oladi. Şuningdek, Livanning hududiy yaxlitligi va suverenitetini hurmat qiliş ham alohida qayd etilgan.

Ikkinçi bandda davlatlar bir-birining suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olişi, içki işlariga aralaşmasligi közda tutilgan. Bu AQŞning Eron içki siyosatiga tasir ötkazişga urinişlari va Tehronning mintaqadagi tasir doirasi böyiça uzoq yillik bahslarni yumşatişga qaratilgan.

Uçinçi bandga köra, tomonlar 60 kun içida yakuniy kelişuv işlab çiqişga harakat qiladi. Zarurat tuğilganda bu muddat özaro rozilik asosida uzaytirilişi mumkin. 21 iyun kuni bölib ötgan muzokaralarda ham aynan şunga kelişib olindi.

Törtinçi va beşinçi bandlar Hormuz böğozi bilan boğliq. AQŞ Eron atrofidagi dengiz blokadasini bosqiçma-bosqiç bekor qiladi va yakuniy bitimdan keyin öz kuçlarini mintaqadan olib çiqib ketadi. Eron esa tijoriy kemalarning xavfsiz harakatlanişini taminlaydi, böğozni minalardan tozalaydi hamda kelajakda uning boşqaruvi böyiça Ummon va Fors körfazi davlatlari bilan muzokaralar olib boradi.

Oltinçi band Eron iqtisodiyotini tiklaşga bağişlangan. Unga köra, kamida 300 milliard dollarlik rekonstruktsiya va iqtisodiy rivojlaniş dasturi işlab çiqiladi. Mablağlarning asosiy qismi AQŞ tomonidan emas, balki mintaqadagi hamkor davlatlar iştirokida şakllantirilişi rejalaştirilgan.

Yettinçi band sanktsiyalarga bağişlangan. AQŞ Eronning asosiy talablaridan biri bölgan iqtisodiy çeklovlarni bekor qilişga rozilik bildiradi. Hujjatda BMT, MAGATE va AQŞning bir tomonlama sanktsiyalarini bosqiçma-bosqiç tugatiş masalasi nazarda tutilgan. Biroq sanktsiyalarni olib taşlaşning aniq mexanizmlari yakuniy muzokaralarda belgilanişi kerak.

Sakkizinçi band yadro dasturiga oid. Eron yadroviy qurol yaratmaslik majburiyatini yana bir bor tasdiqlaydi. Şu bilan birga, boyitilgan uran zaxiralarining taqdiri böyiça alohida mexanizm işlab çiqiladi. Hujjatda uranni xorijga olib çiqiş emas, balki MAGATE nazorati ostida uning boyitiliş darajasini pasaytiriş ehtimoli qayd etilgan.

Töqqizinçi band yakuniy bitim imzolangunga qadar status-kvoni saqlaşni nazarda tutadi. Eron yadro dasturini kengaytirmaydi, AQŞ esa yangi sanktsiyalar joriy etmaydi va mintaqaga qöşimça harbiy kuç yubormaydi.

Öninçi band Eronning neft eksportiga tegişli bölib, AQŞ Moliya vazirligi Eron nefti, neft mahsulotlari va ularga boğliq moliyaviy operatsiyalar uçun vaqtinçalik ruxsatnomalar beradi.

Ön birinçi band muzlatib qöyilgan Eron aktivlarini oçişni közda tutadi. AQŞ Eronning xorijdagi mablağlari va aktivlaridan foydalaniş imkoniyatini bosqiçma-bosqiç tiklaşga rozilik beradi. Bu mablağlardan foydalaniş tartibi alohida muzokaralarda aniqlaştiriladi.

Ön ikkinçi band memorandum bajarilişini nazorat qiluvçi maxsus mexanizm taşkil etişni nazarda tutadi. U kelajakdagi bitimga rioya etilişini ham kuzatib boradi.

Ön uçinçi bandga köra, memorandumning dastlabki şartlarining bajarilişi boşlangaç, tomonlar qolgan masalalar yuzasidan yakuniy kelişuv böyiça muzokaralarni davom ettiradi.

Nihoyat, ön törtinçi band, yakuniy bitimni BMT Xavfsizlik Kengaşining majburiy rezolyutsiyasi bilan mustahkamlaşni közda tutadi. Bu hujjatga xalqaro-huquqiy maqom berilib, uning bajarilişi uçun qöşimça kafolat yaratadi.

Umuman olganda, 14 bandlik memorandum Eron va AQŞ örtasidagi önlab yillik qarama-qarşilikni diplomatik yöl bilan yumşatişga qaratilgan eng keng qamrovli hujjatlardan biri böladi, agar u tölaligiça amalda tatbiq etilsa.

 Bu yakun emas

Yakuniy tinçlik sulhi imzolanişiga qançalik umid qilmaylik, bu umidlarni “puçga çiqaruvçi” bir qança omillar mavjud. AQŞ va Eron örtasidagi duşmançilik şu darajaga yetganki, bugun eronliklardan barça tarixiy jarohatlarni unutib, heç narsa bölmagandek AQŞ bilan “oş-qatiq” bölişini kutiş, yumşoq qilib aytganda ahmoqgarçilik. Bundan taşqari mintaqada Isroil manfaatlari masalasi yotar ekan, Eron heç qaçon mutlaq döst sifatida qabul qilinmaydi.

Isroilning Katta Isroil ğoyasi mavjud ekan, Yaqin Şarqda tinçlik örnatilişi qiyin. Tel-Aviv mintaqada özidan qudratliroq kuç markazlari bölişini xohlamasligi, asta-sekin hududiy kengayiş istagi Eron bilann ziddiyatga kelişiga sabab bölaveradi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: