Qirğizistonda özbekistonlik ayol daryoga çökib ketdi
Qirğizistonning Toqtogul tumanida avtomobilning Çiçqon daryosiga tuşib ketişi oqibatida Özbekiston fuqarosi halok böldi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, “Sputnik Qirğiziston” xabar berdi.
Malumotlarga köra, voqea joriy yilning 22 iyun kuni yuz bergan. Maşinada tört kişi – uç erkak va bir ayol bölgan.
“Erkaklar mustaqil ravişda suvdan çiqib olişga muvaffaq bölgan, 45 yoşli ayolni esa oqim oqizib ketgan. Tört kundan keyin qutqaruvçilar uning jasadini topib, militsiyaga topşirişd”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Payariq tumanida 3 yoşli bola boğça hududidagi suv havzasiga tuşib ketişi oqibatida vafot etgandi.