Trillionerning qulaşi, Britaniyadagi inqiroz va Germaniyaning “qariyalar rejasi” — Weekend
Töliq kelişib oliş uçun, 60 kunlik muddat. Eşitilişi çiroyli, ammo mintaqadagi haqiqiy vaziyat hali-beri mutlaq tinçlik örnatilişini kutiş xato ekanligini körsatmoqda. Oldinroq tahmin qilganimizdek, Hormuz yana mojaroning markaziga aylandi. Eron böğozdagi öz nazoratini saqlab qolmoqçi. Ammo AQŞ bunga jimgina qarab turmoqçi emas.
Töliq kelişib oliş uçun, 60 kunlik muddat. Çiroyli eşitilişi mumkin, ammo Yaqin Şarqda haligaça heç kim unga töliq işonmayapti. AQŞ va Eron muzokara stolini turli xil kayfiyatda tark etdi, Tehron Vaşingtonga işonib bölmasligini bilib turibdi, Oq uy esa böyin eggisi yöq. Hammasi yaxşi bölişiga işongan bölardik, agar Isroil ham tinçlik örnatilişini istaganda. Bu qisqa tanaffus dunyoga nimalarni vada qilmoqda?
Britaniya siyosati yana bir bor özining yetakçisisiz qolmoqda. Kir Starmer saylanganidan bor yöği ikki yil ötib, muddatidan oldin istefoga çiqmoqda. Sönggi ön yillikda rahbarlarini haydaş böyiça antirekord örnatgan Buyuk Britaniya jamiyati aslida nimani xohlaydi? Muammo nomzodlardami yoki tizimda?
Şarqiy Yevropada Ruminiya parlamenti Moldova bilan birlaşiş haqidagi qonun loyihasini maqulladi. Ha, hali bu qaror töla tasdiqlanmadi, ammo bir davlatning boşqa davlatga qöşilişidek anomal siyosiy qadam ortida arzirli sabab bölişi kerak. Xöş, Moldova nima xohlaydi? Ruminiya-çi? Bu birlaşuvga Ukrainadagi uruşning qanday aloqasi bor?
Venesuelada 39 soniya içida ikkita zilzila minglab insonni boşpanasiz qoldirdi, yuzlab odamlar halok böldi. Hali vayronalar ostida murdalar köp. Uşbu bir neça soniyalik apokalipsisning bugungaça bölgan tafsilotlari va boşqa haftaning muhim voqealari haqida Qalampir.uz’ning navbatdagi dayjestida gaplaşamiz.
60 kunlik tanaffus
AQŞ va Eron 60 kunlik tanaffusga kelişib oldi. Joriy yilning 21-22 iyun kuni Şveytsariyaning Lyusern şahri yaqinidagi toğli Byurgenştok kurortida bölib ötgan muzokaralarda asosiy etibor avvalroq Eron tomonidan işlab çiqilgan Anglaşuv memorandumi doirasidagi masalalarga qaratildi. Xususan, Yaqin Şarqdagi harbiy keskinlikni pasaytiriş, Hormuz böğozida xalqaro savdo kemalari xavfsizligini taminlaş, Isroil va “Hizbulloh” örtasidagi töqnaşuvlarni jilovlaş hamda Eron yadroviy dasturiga oid bahsli masalalar muhokama qilindi.
Tadbirda Eron tomonidan Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi, Eron parlamenti spikeri Muhammad Boqir Ğolibof hamda bank va sanoat sohasi rasmiylari iştirok etdi. AQŞ delegatsiyasi esa, AQŞ Vitse-prezidenti Jey Di Vens, AQŞning Maxsus vakili Stiv Uitkoff va AQŞ Prezidenti Donald Trampning kuyovi va Yaqin Şarq masalalari böyiça sobiq maslahatçi Jared Kuşnerdan iborat edi. Bundan taşqari vositaçi davlatlar rahbarlari Pokiston Boş vaziri Şahboz Şarif va Qatar Taşqi işlar vazirligi rasmiylari hamda maxsus vakillari qatnaşdi.
Biroq taşkil etilgan muzokaralar butunlay “silliq” keçgani yöq. AQŞ Prezidenti Donald Trampning Eronga nisbatan keskin bayonotlar bilan çiqişi vaziyatni murakkablaştirdi. Tehron delegatsiyasi mazkur bayonotlarni ortiqça bosim va tahdid sifatida baholab, norozilik belgisi sifatida muzokara stolini tark etgan.
“Ular tahdidlarining samarali bölganida, bugungi darajadagi umidsizlikka tuşib qolmasligini tuşunmayaptimi? Biz amerikaliklarning tahdidlarini jiddiy qabul qilmaymiz”, dedi Ğolibof.
Şunga qaramay, vositaçilarning say harakatlari diplomatik aloqalarni saqlab qoldi. Muzokaralar qayta tiklandi va yakunda tomonlar keskinlikni boşqariş böyiça muhim siyosiy kelişuvga erişdi. 60 kun içida yakuniy hujjat işlab çiqişga xizmat qiluvçi yöl xaritasi tasdiqlandi. Unga köra, kelgusi ikki oy davomida siyosiy va texnik darajadagi muzokaralar uzluksiz davom ettiriladi.
Buning uçun alohida yuqori darajadagi qömita taşkil etildi. AQŞ Davlat kotibi Marko Rubioning malum qilişiça, texnik ekspertlar iştirokidagi navbatdagi uçraşuv iyun oyi oxirida yana Şveytsariyada ötkazilişi rejalaştirilgan. Mazkur bosqiçda yadroviy dastur böyiça texnik tafsilotlar, sanktsiyalar, xavfsizlik kafolatlari va mintaqaviy barqarorlik masalalari yuzasidan aniq mexanizmlar işlab çiqilişi kutilmoqda.
Muzokaralar ortidan Vaşington ham bazi şartlarni qabul qilişga majbur böldi. AQŞ Eron iqtisodiyotiga nisbatan qöllanayotgan ayrim sanktsiyalarni vaqtinça yumşatişga qaror qildi. Biroq bu sanktsiyalar töliq bekor qilinganini anglatmaydi, yani Eron ham kelgusida yon bermasa Oq uy niyatidan qaytib qolişi mumkin.
Tehron esa muzokaralar davom etayotganiga qaramay, keskin ritorikasidan voz keçgani yöq. Mamlakatning yuqori martabali vakillari Eron xalqi AQŞ va Isroilning harbiy harakatlarini unutmasligini, sönggi voqealar “keçirilmasligini” takidlab, uruş hali töliq yakunlanmaganini bildirdi. Aslida bunday işonçsizlik va sovuqqon munosabatga yetarliça sabab bor. Tehron bu uruşda köp narsani yöqotdi. Buni ustiga, muzokara stolida uruşning asosiy sababçilaridan biri Isroil vakillari yöq ekan, AQŞning quruq vadalariga işonib bölmasligini Eron yaxşi biladi.
Bundan taşqari hali hal etilmagan yadro dasturi masalasi, Hormuzni nazorat qiliş muammosi va Isroilning kelişuvlarda iştirok etmasligi 60 kundan söng bu nizolarni butunlay tugaşiga şubha uyğotmoqda. Har holda Isroil hukumati rahbari Benyamin Netanyahu tinçlik örnatilişiga rozi emasligi yaqqol sezilib turibdi. Katta Isroil ğoyasi bor ekan, Yaqin Şarqda tinçlik örnatilişini kutiş örinsiz.
Oradan bir hafta ham ötmasdan tahminlarimiz öz tasdiğini topdi. Vaşington köp kuttirmadi, bugun 27 iyun kuni AQŞ Qurolli Kuçlari Eron raketalari va dronlar saqlanadigan joylarga, şuningdek, sohil böyi radarlariga hujum uyuştirdi. Pentagonning xabar berişiça uşbu harbiy harakatga Singapur bayroği ostida Hormuz böğozi orqali suzib ketayotgan savdo kemasiga qilingan dron hujumi sabab bölgan. Malumotlarga köra, Tayvanda joylaşgan “Evergreen Marine” kompaniyasiga tegişli Singapur bayroği ostidagi kemaga 4 ta dron hujum qilgan. Ulardan 3 tasi urib tuşirilgan, bittasi kemaga kelib urilgan. Ekipaj azolaridan heç biri jabrlanmagan va kema öz sayohatini davom ettirişga muvaffaq bölgan.
“Biz yana 3 ta dronni urib tuşirdik. Bu öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvimizning oçiqçasiga va ahmoqona buzilişidir”, deydi AQŞ Prezidenti.
Aslida bu hujumlar kim tomonidan va nima sababdan uyuştirildi haligaça nomalum. Axir, sulh şartlaridan foyda körib turgan Tehron şunçaki qaysidir kemaga hujum qilmasa kerak. Bu yerda tinçlik örnatilişini xohlamaydigan boşqa kuçlarning qöli bordek körinmoqda. Ammo bizning vazifamiz, aybdor kimligini aniqlaş emas. Xulosa özingizdan.
Oldinda turgan 60 kunlik muddat içida tomonlar özaro işonçni tiklay oladimi, yadroviy dastur böyiça murosaga erişadimi va mintaqadagi harbiy keskinlikni kamaytiradigan mexanizmlarni işlab çiqadimi, hali nomalum.
Ilon Mask trillioner maqomini yöqotdi
Endi yer şarining ham trillioneri bor. Dunyo milliarderlari reytingida yillar davomida yetakçilik qilib kelayotgan Ilon Mask 2026 yilning iyun oyida tarixiy marrani zabt etdi. U dunyoda boyligi rasman 1 trillion dollardan oşgan ilk inson sifatida tarixga kirdi. Biroq Mask bu çöqqida köp ötira olmadi, oradan köp ötmay AQŞ fond bozoridagi pasayiş va texnologik kompaniyalar aktsiyalarining keskin qadrsizlanişi oqibatida Maskning boyligi yana trillion dollarlik çegaradan pastga tuşdi.
Ilon Maskning tarixiy natijaga erişişida asosiy omil u asos solgan SpaceX kompaniyasining fond bozoriga çiqişi böldi. 12 iyun kuni kompaniyaning Nasdaq birjasidagi IPO jarayoni investorlar kutganidan ham muvaffaqiyatli keçdi. Savdolarning ilk kunlaridayoq SpaceX’ning bozor kapitallaşuvi qariyb 1,77 trillion dollarga yetdi. Kompaniyaning qariyb 41 foiz uluşiga egalik qiluvçi Maskning şaxsiy boyligi ham keskin oşib, 1,11 trillion dollardan yuqoriga kötarildi.
SpaceX qiymatining rekord darajaga çiqişida kompaniyaning sönggi yillardagi muvaffaqiyatlari muhim rol öynadi. Starlink suniy yöldoş internet tarmoğining global kengayişi, Starşip dasturining tijorat bosqiçiga yaqinlaşayotgani hamda NASA va Pentagon bilan tuzilgan yirik şartnomalar investorlar işonçini sezilarli darajada oşira oldi. Natijada kompaniya dunyoning eng qimmat xususiy texnologik korxonalaridan biriga aylandi.
Biroq moliya bozorlari rekordlarni qançalik tez yaratsa, ularni şunçalik tez yöqqa ham çiqarişi mumkin. AQŞ texnologik sektori aktsiyalaridagi umumiy pasayiş SpaceX va Tesla qimmatli qoğozlariga ham salbiy tasir körsatdi. Investorlarning foyda oliş maqsadida aktsiyalarni ommaviy sotişi fonida SpaceX aktsiyalarining qiymati 30 foizdan ortiq pasaydi. Tesla aktsiyalaridagi arzonlaşuv esa Maskning “trillioner” maqomidan mahrum qildi.
Ammo Ilon Mask hanuz öyinda. Sönggi hisob-kitoblarga köra, uning boyligi qariyb 950 milliard dollar atrofida baholanmoqda. Hanuz u Yer şarining eng boy insoni va özining eng yaqin taqibçilaridan ham yuzlab milliard dollarga oldinda.
Starmer istefoga çiqdi
Buyuk Britaniyada navbatdagi siyosiy inqiroz. 2024-yilgi parlament saylovlarida Leyboristlar partiyasini tarixiy ğalabaga olib çiqqan va konservatorlarning 14 yillik hukmronligiga yakun yasagan Boş vazir Kir Starmer lavozimini tark etişini elon qildi. Hali vakolati tugamasdan, lavozimga kelganiga ikki yil ham bölmasdan navbatdagi istefo muammo nomzodlarda emas, tizimda ekanligini yana bir bor isbotladi.
Starmer 22 iyun kuni Dauning-stritdagi qarorgohi oldida qilgan murojaatida istefo qarorini mamlakat va partiya manfaatlari yölida qabul qilganini bildirdi.
“Men saylov tugaguniga qadar Boş vazir lavozimida qolaman. Va hokimiyatning tartibli ravişda topşirilişini taminlaş uçun qölimdan kelgan barça işni qilaman”, dedi u.
Aslida Starmerning istefosi kutilmagan voqea emas. Sönggi oylar davomida uning hukumatiga nisbatan noroziligi tobora kuçayib bordi. Leyboristlar partiyasi mahalliy saylovlarda ketma-ket oğir mağlubiyatlarga uçradi. Partiya Angliyada mingdan ortiq mahalliy kengaş örinlarini yöqotdi, Şotlandiyadagi natijalari tarixdagi eng yomon körsatkiçlardan biriga aylandi, Uels parlamenti ustidan nazoratni ham boy berdi. Bu natijalar partiya içida Starmer endi navbatdagi umumiy saylovlarda ğalaba qozona olmasligi haqidagi xavotirlarni kuçaytirdi.
Siyosiy bosimni kuçaytirgan yana bir omil – Leyboristlar safida muqobil liderning paydo bölişi böldi. Mançesterning sobiq meri Endi Bernham qöşimça saylovda parlamentga qaytgaç, köplab deputatlar aynan uni partiyaning yangi rahbari sifatida köra boşladi. Vazirlar Mahkamasining ayrim azolari ham Starmerga istefo muddatini elon qiliş zarurligini oçiq ayta boşladi. Tört kiçik vazir allaqaçon lavozimini taşlab ketdi. Partiya içidagi bu bosim oxir-oqibat Boş vazirni lavozimini tark etiş qarorini qabul qilişga majbur qildi.
Ammo asl muammo butunlay boşqa. Britaniya siyosatini örganuvçi olim Ben Uordi bu holatni uç omil bilan izohlaydi: muvaffaqiyatsizlik, deputatlar bilan munosabatning yomonlaşuvi va siyosiy maydonning parçalanişi. Uning fikriça Leyboristlar partiyasining özida köplab deputatlar Starmerning siyosatiga işonçsizlik bilan qaraydi, uning dasturi yaxşiroq bölgani uçun emas, Sunak mamuriyatidan norozilar köp bölgani uçun ğalaba unga nasib etganiga işonadiganlar ham bisyor.
Starmerning istefosi Buyuk Britaniyadagi sönggi ön yillik siyosiy beqarorlikning navbatdagi körinişi sifatida baholanmoqda. 2016 yildan buyon mamlakatda ketma-ket bir neça Boş vazir almaşdi va ularning aksariyati muddatini töliq yakunlay olmadi. Bu esa Brexitdan keyingi siyosiy tizim hali ham barqaror muvozanatga erişa olmayotganining belgisidir.
London osmonida ajdarho köriniş berdi
Londondan uzoqlaşmaymiz, 22 iyun kuni şahar osmoni böylab ajdaho parvoz qildi. Bu holat tasvirlangan videolar internetda köplab muhokamalarga sabab böldi. Dastlab köpçilik buni suniy intellekt yordamida yaratilgan video yoki kompyuter grafikasi deb öyladi. Ammo keyinçalik malum böldiki, bu HBO kompaniyasining “Ajdar xonadoni” serialining uçinçi mavsumi çiqişi arafasida loyiha ijodkorlari tomonidan yaratilgan noodatiy reklama kompaniyasi ekan. Loyiha mualliflari serialdagi asosiy ajdaholardan biri – Siraksning ulkan nusxasini yaratib, uni London minorasi uzra parvoz qildirgan va şu tariqa millionlab insonlarni serialga qiziqişini oşirgan.
Germaniyaning “Airstage” aviatsiya mutaxassislari tomonidan yaratilgan uşbu ajdaho, malumotlarga köra, qanotlari yoyilganda 8 metrni taşkil etadi, umumiy vazni esa 13 kg bölgan, hamda soatiga 35 kilometrgaça tezlikda uça oladi. Qurilma uglerod tolasi (karbon) hamda alyuminiydan işlangan skelet va vakuum yordamida şakllantirilgan “Depron” köpigi yordamida qölda işlangan mayda detallardan foydalanilgan holda uç oy davomida yasalgan.
Malum qilinişiça, ulkan mexanik Siraks modeli Temza daryosi ustida oldindan rejalaştirilgan uçta parvozni amalga oşirgan. U London Tauer qalasi atrofida aylanib uçgan, söngra qala hududi tomon pastlab kelib, maxsus olovli şou ham taqdim etgan.
Taşkilotçilar parvozdan söng London minorasida maxsus tadbir ham ötkazdi. Unda serial aktyorlari, ommaviy axborot vositalari vakillari va muxlislar iştirok etgan. Tadbir davomida uçinçi mavsum haqida yangi tafsilotlar taqdim etildi hamda tomoşabinlar uçun maxsus uçraşuv taşkil qilindi.
Internetda bu videolar virus kabi tarqalib ketdi. Bazi internet foydalanuvçilari ajdahoning haqiqiy ekaniga işonmaganini yozgan bölsa-da, köplab kino ixlosmandlari uni sönggi yillarda kino industriyasida ötkazilgan eng muvaffaqiyatli reklama kampaniyalaridan biri deb baholamoqda.
Şu tariqa, London osmonida bir neça daqiqa davom etgan ajdaho parvozi oddiy şou emas, balki butun dunyo etiborini öziga qaratgan, puxta öylangan marketing kampaniyasiga aylandi.
39 soniyalik apokolipsis
Bazan bir neça yillik uruşlar keltirgan talafotlarni tabiiy ofatlar bir neça soniyalarda keltirişi mumkin. Venesuela sönggi ön yilliklardagi eng yirik tabiiy ofatlardan birini boşidan keçirmoqda. Mamlakat şimolida yuz bergan ketma-ket kuçli zilzilalar minglab oilalarni boşpanasiz qoldirdi, yuzlab insonlarning hayotiga zomin böldi. Qutqaruvçilar vayronalar ostidan tirik qolganlarni qidirişda davom etar ekan qurbonlar soni ham tobora ortib bormoqda.
Falokat 24 iyun kuni mahalliy vaqt bilan keçki soat 18:04 da sodir böldi. Dastlab magnitudasi 7,2 bölgan kuçli zilzila qayd etildi. Oradan atigi 39 soniya ötib esa undan ham kuçliroq – 7,5 magnitudali ikkinçi yer silkinişi mamlakat şimolini larzaga soldi.
Mutaxassislar uşbu ikki zarba sönggi yuz yildan ortiq vaqt içida nafaqat Venesuelada, balki butun Janubiy Amerikada kuzatilgan eng kuçli seysmik hodisa bölganini takidlamoqda.
Zilzilaning epitsentri mamlakat şimolidagi hududlarda joylaşgan bölsa-da, uning kuçi poytaxt Karakas va boşqa yirik şaharlarda ham yaqqol sezildi. Eng katta talafot La Guayra ştati hamda unga tutaş aholi punktlarida kuzatildi. Köp qavatli turar joylar, mehmonxonalar, maktablar va mamuriy binolar soniyalar içida qulab tuşdi. Ayrim hududlarda elektr energiyasi, aloqa va içimlik suvi taminoti butunlay izdan çiqqan. Malumotlarga köra, minglab odamlar tun böyi parklar, stadionlar va oçiq maydonlarda qolişga majbur bölmoqda, çunki takroriy zilzilalar xavfi saqlanib qolyapti.
Dastlabki malumotlarda önlab qurbonlar haqida xabar berilgan bölsa, qidiruv-qutqaruv işlari davom etgani sari bu raqam keskin oşmoqda. Avvaliga yuzlab, keyin esa qariyb 600 nafarga yaqin inson halok bölgani malum qilindi. Minglab fuqarolar turli darajadagi tan jarohati oldi. Vayronalar ostida qolganlar soni hali ham aniq emasligi sababli rasmiylar qurbonlar soni yana ortişi mumkinligini aytişmoqda.
Tabiiy ofat nafaqat insonlar hayotiga, balki mamlakat infratuzilmasiga ham oğir zarba berdi. Yuzlab binolar butunlay vayron böldi, köpriklar va avtomobil yöllari zarar kördi, ayrim şifoxonalar faoliyatini töxtatişga majbur böldi. Ayrim maktab va sport inşootlari vaqtinçalik boşpana markazlariga aylantirildi. Venesuela hukumati eng köp zarar körgan hududlarda favqulodda holat elon qildi.
Mutaxassislarning qayd etişiça, mamlakat iqtisodiy inqiroz sabab yillar davomida infratuzilmaga yetarli sarmoya kirita olmagani tabiiy ofat oqibatlarini yanada oğirlaştirgan. Seysmik talablarga javob bermaydigan eski binolar kuçli silkinişlarga bardoş bera olmagan.
Mana şunday fonda keçagina mamlakatga bostirib kirib prezidentni “öğirlab” ketgan AQŞ Venesuelaga öz yordamini taklif qildi. AQŞ rahbari Donald Tramp özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida yordamga tayyor ekanligini yozgan.
“Venesuelaning buyuk xalqini larzaga keltirgan ikkita kuçli zilzila juda ulkan miqyosda sodir böldi va köplab insonlarning ölimiga sabab böldi. AQŞ yordam berişga tayyor, buni xohlaydi va bunga qodir! Men hukumatimizning barça idoralariga tezkor çoralar körişga tayyor turiş böyiça körsatma berdim”, deya yozgan Tramp.
Har qanday siyosiy nizoni bir çetga surgan holda aytiş mumkinki, bunday vaziyatlarda insonga faqat inson yordam berişi mumkin. Marhum şoir Muhammad Yusuf aytganidek, “mehr qolur, muhabbat qolur”.
Qariyalar ham işlaydi
Yevropaning eng yirik iqtisodiyotlaridan biri bölgan Germaniya bugun keksayib borayotgan aholi va ortib borayotgan pensiya xarajatlari sabab tarixiy islohot ostonasida turibdi. Mamlakat hukumati huzuridagi Pensiya xavfsizligi komissiyasi pensiya tizimini tubdan özgartirişni taklif qilmoqda. Eng bahsli taklif esa şubhasiz pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç 70 yoşgaça oşirişdir.
Hozirda Germaniyada rasmiy pensiya yoşi bosqiçma-bosqiç 67 yoşga kötarilmoqda va bu jarayon 2031 yilda yakunlanişi belgilangan. Qayd etilişiça, Germaniya kantsleri Fridrix Merts pensiya tizimini isloh qiliş böyiça ekspertlar komissiyasining takliflarini maqullagan. Uşbu takliflar 2090 yillarning boşlariga borib pensiya yoşini bosqiçma-bosqiç taxminan 70 yoşgaça oşirişni közda tutadi.
Mazkur taşabbusning asosiy sababi Germaniyadagi demografik vaziyatdir. Mamlakatda tuğiliş darajasi uzoq yillardan beri pastligiça qolmoqda, umr köriş davomiyligi esa ortib bormoqda. Natijada, mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoşlar soni kamaymoqda, pensiya yoşiga yetayotgan fuqarolar esa tobora köpayib, bozor böş qolmoqda. Hisob-kitoblarga köra, 2040 yilga borib, bugungi işçi kuçining qariyb 30 foizi pensiya yoşidan oşgan böladi va ularga uzoq muddat nafaqa tölaş davlat byudjetiga ortiqça bosim beradi.
Axir Germaniya nafaqat oylik maoş, balki nafaqalar ham baland mamlakatlardan hisoblanadi.
Biroq taşabbus Germaniyada keskin bahslarga sabab bölmoqda. Kasaba uyuşmalari va muxolifat vakillari jismoniy mehnat bilan şuğullanuvçi fuqarolar 70 yoşgaça işlaşi amalda juda qiyin ekanini takidlamoqda. Ularning fikriça, bunday islohot turli kasb egalari uçun teng şaroit yaratmaydi va eng oğir yuk aynan oğir jismoniy mehnat qiladigan qatlam zimmasiga tuşadi. Şuningdek, muddatidan oldin pensiyaga çiqiş imkoniyatlarining bekor qilinişi ham jiddiy etirozlarga sabab bölmoqda.
Şunga qaramay, Germaniya Kantsleri Fridrix Merts pensiya islohotini keçiktiriş mumkin emasligini takrorlaşda davom etmoqda. Uning fikriça, bugungi qiyin qarorlar qabul qilinmasa, kelajakda davlat pensiya tizimini moliyalaştiriş yanada murakkablaşadi.
Ruminiya Moldova bilan birlaşmoqçi
Şarqiy Yevropada uzoq yillardan beri vaqti-vaqti bilan kun tartibiga çiqadigan masala yana siyosiy tus oldi. Ruminiya parlamentining quyi palatasi Moldova bilan birlaşişga oid qonun loyihasini maqullagani mintaqada qizğin muhokamalarga sabab bölmoqda. Hozirça hujjat yakuniy kuçga ega emas va Senat tomonidan ham körib çiqilişi kerak. Şunga qaramay, bu qadam ikki davlatning kelajagi borasidagi bahslarni yana jonlantirdi.
Xöş nega bu ikki davlat birlaşmoqçi? Bu savolga javob topiş uçun avvalo bu ikki davlatning tarixiy ildiziga nazar taşlaş kerak. Hozirgi Moldova hududining katta qismi tarixan Bessarabiya deb atalgan va u Moldaviya knyazligi tarkibida bölgan. 1812 yilda bu hudud Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinadi. Birinçi jahon uruşidan keyin, 1918 yilda Bessarabiya Ruminiya bilan birlaşadi.
Biroq bu birlik uzoq davom etmaydi. 1940 yilda Sovet Ittifoqi hududni qayta egallab, Moldaviya SSRni taşkil etadi. 1991 yilda SSSR parçalangaç, Moldova mustaqil davlat sifatida dunyo xaritasida paydo böladi.
Bugungi kunda ham ikki mamlakatni umumiy til, madaniyat va tarix boğlab turadi. Moldovada davlat tili rumin tili hisoblanadi, millionlab Moldova fuqarolari Ruminiya fuqaroligini ham olgan. Şu sababli Ruminiyadagi ayrim siyosiy kuçlar ikki davlatning alohida yaşaşi tarixiy adolatsizlik oqibati ekanini takidlab, yagona davlat ğoyasini ilgari suradi.
Biroq bu siyosiy yuriş ortida aslida yanada muhimroq bir sabab bor. Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi Şarqiy Yevropadagi xavfsizlik masalasini söroq ostiga olib qöydi. Moldova uzoq yillardan beri Rossiya tasiri va Yevropa integratsiyasi örtasida muvozanat izlab kelmoqda. Mamlakat Prezidenti Maia Sandu boşçiligidagi hukumat esa Yevropa Ittifoqiga qöşilişni asosiy strategik maqsad deb biladi. Ayrim siyosatçilar nazarida, agar Kiyev va Kişinyovning Yevropa Ittifoqiga kiriş jarayoni turli sabablarga köra çözilib ketsa, Ruminiya bilan birlaşiş Moldova uçun “zaxira reja” bölişi mumkin. Yani Moldova davlati bugun Rossiya tazyiqidan qoçiş va YeI tarkibiga kiriş uçun davlat sifatida butkul yöq bölişga ham tayyor.
Ruminiya uçun ham bunday stsenariy bir neçta afzalliklarga ega. Birinçidan, u tarixiy birlik ğoyasini amalga oşiriş imkonini beradi. Ikkinçidan, Ruminiyaning geosiyosiy mavqei mustahkamlanadi, YeI va NATOning şarqiy çegaralari yanada kengayadi. Uçinçidan, Rossiya tasirining kamayişi Ğarb davlatlarining mintaqadagi strategik manfaatlariga ham mos keladi.
Şu bilan birga, bu taşabbusni hamma ham qöllab-quvvatlamasligini unutmaslik kerak. Moldovada jamiyati bu masalada ikkiga bölingan. Garçi sönggi yillardagi birlaşuv tarafdorlarining soni oşayotgan bölsa-da, aholining sezilarli qismi hanuz mustaqil davlat maqomini saqlab qoliş tarafdori. Bunga mamlakatdagi rusiyzabon aholi, Gagauziya avtonom hududi va Dnestryani mojarosi kabi omillar ham tasir qilmoqda. Ayniqsa, Rossiya qöllab-quvvatlaydigan Dnestryani hududining maqomi har qanday birlaşuv jarayonidagi eng murakkab masalalardan biri bölib qolmoqda.
Bundan taşqari, qonun loyihasining qabul qilinişi avtomatik ravişda ikki davlat birlaşişini anglatmaydi. Hujjat avvalo Ruminiya Senati tomonidan körib çiqilişi kerak. Hatto u töliq tasdiqlangan taqdirda ham, bunday tarixiy qaror Moldova tomoni roziligisiz amalga oşirilişi mumkin emas. Aksariyat ekspertlar bunday jarayon referendum, konstitutsiyaviy özgartirişlar va xalqaro muzokaralarni talab qilişini takidlamoqda.
Siyosiy tahlilçilar yaqin yillarda töliq birlaşuv yuz beriş ehtimolini past baholamoqda. Bunga içki siyosiy qarama-qarşiliklar, Dnestryani muammosi, Rossiyaning ehtimoliy qarşiligi hamda xalqaro huquqiy jarayonlarning murakkabligi sabab bölişi mumkin. Şunga qaramay, Moldova va Ruminiya örtasidagi birlaşişga uriniş şuni körsatmoqdaki, bugun kuçsiz davlatlar Rossiya tazyiqidan şu qadar qörqib qolganki, unga qarşi turiş uçun boşqa bir davlatga qöşilib ketişga ham rozidek.
Qisqaça qilib aytganda, Yaqin Şarqda uruş qisqa tin olgan bölsa, Şarqiy Yevropadagi mojaro butun mintaqani xavotirga solişda davom etmoqda. Xulosa şuki, dunyoda liberalizm, gumanizm, patsifizm kabi har qança –izmlar paydo bölmasin, baribir kuçlilar bilganini qiladi.