Eron Hormuz böğozini oçadi, ammo şart bilan
8-04-2026, 09:48
412 марта
Eron Hormuz böğozini oçadi, ammo şart bilanEron AQŞ bilan ikki haftalik sulh tasdiqlanganini malum qilib, şu muddatda Hormuz böğozining oçilişini elon qildi. Bu haqda Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi X ijtimoiy tarmoğida yozib qoldirdi.
Uning aytişiça, bu qaror bir neçta omillar fonida qabul qilingan: Pokistonning uruşni töxtatiş böyiça say-harakatlari, AQŞning muzokaralarga tayyorligi hamda AQŞ Prezidenti Donald Tramp tomonidan Eronning 10 bandli rejasini muhokama uçun asos sifatida qabul qilişga rozilik bildirilgani.
Şu bilan birga, vazir muhim şartni ham takidlagan.
“Agar Eronga qarşi hujumlar töxtatilsa, Eron Qurolli kuçlari ham mudofaa operatsiyalarini töxtatadi”, degan Aroqçi.Unga köra, ikki hafta davomida Hormuz böğozi orqali kemalar xavfsiz ötişi taminlanadi, biroq bu jarayon Eron harbiylari bilan muvofiqlaştiriladi va malum texnik çeklovlar hisobga olinadi.
Qayd etiş joiz, Tramp Erondan 8 aprelga ötar keçasi Hormuz böğozini oçişni talab qilgan, aks holda mamlakat infratuzilmasiga zarba beriş bilan tahdid qilgan edi. Biroq muddat tugaşidan oldin tomonlar vositaçilar orqali muzokaralarni kuçaytirdi.
Natijada, AQŞ ikki haftalik sulhga rozi böldi. Bu davr içida tomonlar yakuniy tinçlik kelişuvini işlab çiqişi kutilmoqda.
Ayni paytda Eron tomoni bu vaziyatni öz foydasiga talqin qilib, AQŞni amalda Tehron şartlariga rozi bölganini davo qilmoqda.
Eron Xavfsizlik kengaşiga köra, AQŞ quyidagi şartlarni qabul qilgan:
- Agressiyadan voz keçiş – AQŞ Eron hududiga hujum qilmaslik majburiyatini oladi;
- Hormuz böğozi ustidan nazorat – Hormuz ustidan nazorat Eronda qoladi;
- Yadro dasturini tan oliş – Eronning uran boyitiş huquqi etirof etiladi;
- Sanktsiyalarni bekor qiliş – barça birlamçi va ikkilamçi çeklovlar olib taşlanadi;
- Xalqaro qarorlarni bekor qiliş – xalqaro taşkilotlarning rezolyutsiyalari töxtatiladi;
- Kompensatsiya tölaş – AQŞ Eron körgan zararni qoplaydi;
- AQŞ qöşinlarini olib çiqiş – Amerika harbiylari Yaqin Şarqni tark etadi;
- Uruşni töliq töxtatiş – barça frontlarda janglar yakunlanadi.