USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Uzum bank, Agrobank va mikromoliya taşkilotlari jarimaga tortildi

243 марта
Uzum bank, Agrobank ва микромолия ташкилотлари жаримага тортилди

Özbekistonda faoliyat olib boruvçi bir neçta tijoriy banklar va mikromoliya taşkilotlariga jarima qöllanildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi. 

Malum qilinişiça, joriy yilning birinçi çoragida Markaziy bank tomonidan Şaffof-moliya va Tezcoin mikromoliya taşkilotlarida hamda Uzum bank’da ötkazilgan tekşiruvlar davomida qonunçilik talablarining buzilişi holatlari aniqlangan. 

Xususan, mikromoliya taşkilotlarida: 

  • mikroqarz ajratişda qarz yuki böyiça belgilangan talablarga rioya qilinmagan; 
  • murojaatlarni körib çiqiş böyiça qonunçilik talablariga rioya etmaslik; 
  • mikroqarz şartnomalarini rasmiylaştirişda qonunçilikda nazarda tutilgan malumotlar töliq aks ettirilmagan; 
  • mijozlarning kredit tarixi böyiça malumotlar belgilangan muddatlarda kredit byurolariga taqdim etilmagan. 

Uzum bank’da: 

  • bank rasmiy veb-saytida axborot beriş va istemolçiga beriladigan axborotning minimal hajmi böyiça talablarni bajarmaslik; 
  • murojaatlarni körib çiqiş böyiça qonunçilik talablariga rioya etmaslik; 
  • kredit byurosiga istemolçilarning kredit tarixi malumotlari qonunçilikda belgilangan muddatdan keçiktirib yuborilgan; 
  • istemolçilar bilan tuzilgan şartnomalarga qonunçilik hujjatlarida belgilangan talablar kiritilmaganligi bilan boğliq holatlar aniqlangan. 

Aniqlangan qoidabuzarliklar xususiyati va kölami inobatga olinib, Markaziy bank tomonidan: 

  1. Şaffof-moliya mikromoliya taşkilotiga nisbatan – 201 mln söm; 
  2. Tezcoin mikromoliya taşkilotiga nisbatan – 156 mln söm; 
  3. Uzum bank’ka nisbatan 215,5 mln söm miqdorida jarima sanktsiyasi qöllanilgan. 

Şuningdek, Ipoteka-bank faoliyati yuzasidan kelgan kredit munosabatlariga doir istemolçilarning murojaatlari ham atrofliça örganilgan. Murojaatda aks ettirilgan holatlar körib çiqilganda, Ipoteka-bank tomonidan bank xizmatlari istemolçilari bilan özaro munosabatlarni amalga oşirişda qonunçilik talablariga rioya etilmaganligi malum bölgan. Xususan, 

  • kredit qarzdorliklari uçun mablağlar qarz oluvçilarning bank kartalaridan tölov jadvalida belgilangan sanadan oldin yeçib olingan; 
  • kredit şartnomasida qarz oluvçi (birgalikda qarz oluvçi)ga tegişli bölgan bank kartasidan mablağlar kredit qarzdorliklari uçun aktseptsiz (roziliksiz) yeçib olinişi belgilanmagan bölsada, mablağlar aktseptsiz yeçib olingan; 
  • kredit şartnomasi böyiça garov mulkiga nisbatan bankning huquqlari töğrisidagi yozuv qonunçilikda belgilangan muddatdan keçiktirib garov reyestridan çiqarilgan; 
  • şartnomalarni rasmiylaştirişda qonunçilik talablariga rioya etilmagan. 

Markaziy bank tomonidan yuqorida körsatib ötilgan qoidabuzarliklar uçun Ipoteka-bank’ka nisbatan 105 mln söm miqdorida jarima sanktsiyasi qöllanilgan. 

Şu bilan birga, joriy yilning birinçi çoragida tijorat banklarining hududlardagi filiallari va alohida bölinmalarida “sirli mijoz” usulidagi nazorat tadbirlari ötkazilgan. Nazorat tadbirlarida tijorat banklari tomonidan istemolçilar bilan özaro munosabatlarni taşkil etişda oşkoralik, şaffoflik, axborotlarning töliqligi va töğriligiga oid qonunçilik talablariga rioya etilmaganlik holatlari kuzatilgan. 

Markaziy bank tomonidan yuqorida körsatib ötilgan qoidabuzarliklar xususiyati, miqyosi, davomiyligi va boşqa holatlar inobatga olingan holda 14 ta bankka nisbatan jami 681,5 mln söm jarima sanktsiyasi qöllanilgan. Şundan, Agrobank’ka nisbatan 255 mln söm, Özsanoatqurilişbank’ka nisbatan 119,5 mln söm jarima belgilangan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: