USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ruminiya va Moldova nega birlaşmoqçi?

118 марта
Руминия ва Молдова нега бирлашмоқчи?

Odatda hukumatlar öz mustaqilligini saqlab qoliş uçun har qanday nizoga borişga ham tayyor böladi. Bir davlatning bölinib ketişini tasavvur qiliş mumkin, lekin ikki mustaqil davlatning öz xohişi bilan birlaşişi bugungi siyosiy maydonda göyo imkonsizdek. Ammo bu dunyoda hamma narsa bölişi mumkinligini Ruminiya va Moldova rahbarlari isbotlamoqda. Har ikki mamlakat yetakçisi oçiqçasiga birlaşiş tarafdori ekanligini namoyon qilmoqda. Garçi hali aniq bir rasmiy yuriş amalga oşirilmagan bölsa-da, Moldova rahbarining qöşiliş masalasiga iliq pozitsiyasi xalqaro maydonda katta rezonans hosil qildi. Xöş, nega ikki mamlakat birlaşişni istab qoldi va buni qançalik imkoni bor?

Ular rozi

Ruminiya va Moldova örtasidagi ehtimoliy birlaşuv masalasi yana kötarildi. Ammo bu safar Kişinyov ham qarşi emasdek. Ruminiyaning Moldova bilan birlaşişi haqidagi qonunçilik taşabbusi uni körib çiqiş muddati tugaganligi sababli Ruminiya Deputatlar palatasi tomonidan ovoz berişsiz maqullandi.

Joriy yilning 14 aprel kuni öta öngçi “S.O.S. România” partiyasining deputatlari tomonidan parlament quyi palatasiga kiritilgan uşbu qonunçilik taşabbusi belgilangan muddat içida deputatlar tomonidan muhokama qilinmagani va yakuniy ovozga qöyilmagani sababli parlament tartib-taomillariga köra, avtomatik ravişda qabul qilindi. Endilikda qonun loyihasi Ruminiya Senatiga taqdim qilingan va yakuniy qaror qabul qilinişi kutilmoqda.

Agar hujjat maqullansa, u Ruminiya hukumatiga ikki davlatning ehtimoliy birlaşişi böyiça Moldova bilan zudlik bilan muzokaralar boşlaş vakolatini beradi. Ammo bu Ruminiyaga Moldovani qöşib oliş huquqini bermaydi. Mamlakat Prezidenti Nikuşor Dan Ruminiyaning Moldova bilan birlaşiş stsenariysi qöşni davlat aholisining aksariyati buni xohlagan taqdirdagina amalga oşişi mumkinligini takidlagan.

Qonunçilik taklifining matniga köra, qonun qabul qilinib, rasmiy gazetada çop etilganidan söng, tegişli xalqaro organlar, Moldova hukumati, AQŞ, NATO, BMT va Yevropa Ittifoqi qonun-qoidalari bajarilganligi haqida xabardor qilinadi.

Moldova Prezidenti ham birlaşişga qarşi emas körinadi. Mayya Sanduning yanvar oyida BBC’ga bergan intervyusida agar Respublikada Ruminiya bilan birlaşiş böyiça referendum ötkazilsa, u “ha” deb ovoz berişini aytgani bu galgi urinişlarda vaziyat boşqaçaroq ekanidan dalolat bermoqda. Boş vazir örinbosari Eujen Osmokesku esa agar Moldovaning Yevroopa Ittifoqiga azo böliş yöli qiyinlaşsa yoki tösib qöyilsa, mamlakat qöşni Ruminiya bilan birlaşiş imkoniyatini körib çiqişini bildirgan.

Nafaqat hukumat vakillari, balki mamlakatlar aholilari örtasida ham sönggi yillarda birlaşişni qöllab-quvvatlovçilar soni ortib bormoqda. Mart oyida ötkazilgan sörovnoma natijalariga köra, moldovaliklarning qariyb 42 foizi Ruminiyaga qöşilişni maqullaydi, 11 foiz qismi esa neytral. Ruminiyaliklarning esa qariyb 72 foiz qismi Moldovani qöşib olişni yoqlaydi. Eng qiziq jihati, Moldovaning tahminan 3 million nafar aholisidan qariyb 2,4 million qismi Ruminiya fuqaroligiga ham ega va siyosiy jarayonlarda faol qatnaşadi. Bu şuni anglatadiki, mamlakatlarning birlaşuvi aholiga ortiqça ovoragarçilik tuğdirmaydi. Xullas, hamma rozi va faqat aniq siyosiy qadamlarni taşlaş kerak xolos.

Umumiylik

Ikki mamlakatning bayroği öxşaş, tili öxşaş, madaniyati öxşaş, atropologik körinişi öxşaş, qisqa qilib aytganda tarixan bir ildizga ega.

Moldova va Ruminiya örtasidagi ehtimoliy birlaşuv ğoyasi Yevropadagi eng eski “boşoğriqlardan” biri. Kalavaning uçi ikki asrdan ham uzoqroq tarixga borib taqaladi. Bugungi Moldova aslida mustaqil davlat sifatida emas, balki tarix davomida bir neça imperiyalar örtasida bölinib ketgan hudud sifatida şakllangan. Örta asrlarda hozirgi Ruminiyaning şarqiy qismi va bugungi Moldova hududi Moldaviya knyazligi tarkibiga kirgan yagona siyosiy birlik edi. XIV asrda taşkil topgan bu davlat öz davrida Şarqiy Yevropadagi muhim knyazliklardan biri bölib, aholisi rumin tilining mahalliy lahjalarida sözlaşar, dini esa pravoslav xristianligi edi. Asrlar davomida Moldaviya knyazligi Usmonli imperiyasiga qaram bölsa-da, içki boşqaruvini saqlab qolişga muvaffaq böldi.

1812 yilda, Rossiya va Usmonli imperiyasi örtasidagi uruş yakunida imzolangan Buxarest şartnomasiga binoan Moldaviya knyazligining şarqiy qismida joylaşgan – Bessarabiya hududi Rossiya imperiyasiga qöşib olindi. Aynan şu voqea bugungi Moldova va Ruminiya örtasidagi siyosiy ajralişning boşlanişi hisoblanadi. Dastlab, Rossiya yangi hududlarda ruslaştiriş siyosatini yuritdi, mahalliy boşqaruv tizimini özgartirdi va Bessarabiya asta-sekin Ruminiyaning qolgan qismidan uzoqlaşa boşladi.

Bu orada Moldaviyaning ğarbiy qismi boşqa tarixiy yölni bosib ötdi. 1859 yilda Moldaviya va Valaxiya knyazliklari yagona hukmdor – Aleksandru Ioan Kuza qöl ostida birlaşdi. Tarixda “Kiçik birlaşuv” nomi bilan qolgan uşbu voqea zamonaviy Ruminiya davlatining poydevorini yaratdi. Keyinçalik Transilvaniya va boşqa hududlarning qöşilişi bilan Ruminiya milliy davlati şakllandi. Biroq Bessarabiya hali ham Rossiya imperiyasi tarkibida qolayotgan edi.

Birinçi jahon uruşi va Rossiya imperiyasining parçalanişi mavjud xaritani yana bir bor özgartirdi. 1918 yilda Bessarabiya parlamenti Ruminiya bilan birlaşiş töğrisida qaror qabul qildi va hudud yana Ruminiya tarkibiga qaytdi. Ammo bu gal ham birlik uzoq davom etmadi. 1940 yilda sobiq Sovet Ittifoqi Germaniya bilan tuzilgan “Molotov–Ribbentrop pakti”ga tayangan holda Bessarabiyani öziga qöşib oldi. Keyinçalik bu hududda Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi taşkil etildi. Aynan sovet davrida “moldavan” va “rumin” tuşunçalarini alohida millat sifatida körsatişga qaratilgan mafkuraviy siyosat yuritildi. Til kirill alifbosiga ötkazildi, umumiy tarix esa buzib talqin qilindi.

1991 yilda Sovet Ittifoqi parçalangaç, Moldova mustaqillikka erişdi. Dastlab mamlakat Ruminiyaga yaqinlaşiş yölini tanlagandek körindi. Davlat bayroği deyarli Ruminiyanikiga öxşaş, milliy madhiya ham bir muddat Ruminiya madhiyasi bilan bir xil edi. Bu davrda ikki davlatning qayta birlaşiş ehtimoli jiddiy muhokama qilina boşlandi. Ammo içki siyosiy qarama-qarşiliklar, Dnestrböyi Moldova Respublikasi (Transnistriya) mojarosi va Rossiyaning mintaqadagi tasiri tufayli bu jarayon töxtab qoldi.

Moldova ğarb bilan yaqinlaşiş siyosatini yurita boşlagaç, Ukrainadagi stsenariy bu yerda ham takrorolandi. Mamalakatning şarqiy qismidagi hududlar, asosan Dnestr daryosining çap qirğoğida joylaşgan şahar va qişloqlar amaldagi siyosatga norozilik bildirib, Rossiya bilan yaqinlaşuv yölini tanladi. Şuning uçun özlarini mustaqil deb elon qildi va butunlay ayriça siyosat yurita boşladi. Bu esa Kişinyovda xavotir uyğonişiga sabab böldi.

Şunga qaramay, umumiy tarixni inkor etiş qiyin. Sönggi yillarda Moldova parlamentining davlat tilini rasman “rumin tili” deb belgilaşi, Ruminiya fuqaroligini olgan moldovaliklar sonining keskin oşişi va Yevropa Ittifoqiga integratsiya jarayonlari qöşiliş harakatini yana jonlantirdi.

Sabablar va tösiqlar

Ruminiya va Moldova örtasidagi tarixiy yoki madaniy öxşaşlik qançalik yaqin bölmasin, birlaşiş ğoyasi atrofida boşqa jiddiy geosiyosiy va iqtisodiy sabablar bor. Sönggi yillarda Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi, Moldovaning Yevropa Ittifoqiga integratsiyasi va mintaqadagi xavfsizlik muammolari bu mavzuni yana siyosiy kun tartibining markaziga olib çiqdi.

Avvalo, energetika xavfsizligi masalasi Moldovani öz suverinitetidan voz keçişga undaşi mumkin. Bir neça yil davomida Rossiya tabiiy gazni siyosiy bosim vositasiga aylantirib, Moldovaning Yevropaga integratsiyasini sekinlaştirişga urinib keldi. Ammo bu strategiya kutilgan natijani bermadi, aksinça, Kişinyov energetik jihatdan Buxarestga tobora yaqinlaşa boşladi. Elektr energiyasi va gaz infratuzilmasini boğlovçi loyihalar, yangi uzatiş tarmoqlari hamda Yevropa bozoriga çiqiş imkoniyatlari Moldovaning Rossiyaga qaramligini sezilarli kamaytirdi. Şu tariqa iqtisodiy zarurat sifatida boşlangan hamkorlik siyosiy integratsiya haqidagi bahslarni ham jonlantirdi.

Boşqa bir jiddiyroq omil – xavfsizlik masalasi. Ukraina uruşi fonida Moldova özining eng zaif nuqtasi bölgan Dnestrböyi (Transnistriya) muammosiga boşqaça nigoh bilan qaray boşladi. Rossiyaning mintaqadagi harbiy mavjudligi, Moskvaning separatistik hudud aholisini qöllaşi va ularga fuqarolik berişi Moldovani Ukraina stsenariysidan ogohlantirmoqda. Agar Rossiya Ukraina bilan uruşda ğalaba qilsa, keyingi nişon Moldova Respublikasi bölişi mumkin. Balki şu sabab ham mamlkat parlamenti 2026 yil aprel oyida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi bilan aloqalarini bosqiçma-bosqiç uzişni közda tutuvçi qonun hujjatini imzoladi.

Ammo ikki davlatni birlaşuvi bu oddiy hol emas, bu yerda ham bir qator muammolar mavjud. Eng asosiy tösiq – Moldova jamiyatining özi. “ATES Researç Group”ning 2026 yil mart oyida ötkazilgan sörovlariga tayanadigan bölsak, Moldova aholisining tahminan 44 foiz Ruminiyaga qöşilişga rozi. Ammo boşqa manbalarda bu körsatkiç bundanda pastroq. Agar referendum ötkazilgan taqdirda ovoz beruvçilarning 44 foizi “ha” deb ovoz bergan taqdirda ham, qolgan 56 foizi qatnaşçining qarori hal qiluvçi ahamiyatga ega böladi. Bu degani, hali Moldova aholisining özi ham qöşiliş ğoyasini töliq yoqlamaydi.

Bundan taşqari, Kişinyovdagi hukumatning özi ham bugun birlaşişni birinçi raqamli siyosiy maqsad sifatida bilmaydi. Mayya Sandu mamuriyati uçun asosiy vazifa – Moldovani mustaqil davlat sifatida Yevropa Ittifoqiga olib kiriş. Agar bunda tösiq yuzaga kelsa yoki taşqi tasirlar vujudga kelsagina, bu masala jiddiy ohangda körib çiqilişi mumkin. Ruminiya Prezidenti Nicusor Dan ham hozirça bunday tarixiy qaror uçun yetarli siyosiy va ijtimoiy tayyorgarlik yöqligini oçiq aytgan va Moldovaning Yevropa yölini qöllab-quvvatlaşni birlaşuvdan ustun qöyişini bildirgan.

Çindan ham ikki davlat iqtisodining birlaşuvi qaysidir manoda foydali bölişi mumkin. Ammo, bu birlaşuv silliq keçmasligi aniq. Ruminiya iqtisodiyoti Moldova iqtisodiyotidan bir neça baravar yirik. Jon boşiga yalpi içki mahsulotdagi sezilarli farq ehtimoliy birlaşuvning asosiy moliyaviy yukini Ruminiya zimmasiga yuklaydi, yani aholining köpayişi jon boşiga daromadni ham sezilarli pasayişiga olib keladi, bunda asosan ruminlar zarar köradi.

Eng asosiy muammolar ham yana geosiyosatga borib taqaladi. Moldovadagi rusiyzabon aholi, Gagauziya avtonomiyasi, Dnestrböyi muammosi va Ruminiyadagi ğarbparast tizimga mutlaqo töğri kelmaydi. Buxarest ham mamlakatda etnik muammolar kelib çiqişini xohlamasligi aniq. Ayrim tahlilçilar, hatto bu mavzu Moskva uçun jamiyatni böliş va proyevropaçi hukumatlarni zaiflaştiriş vositasiga aylanişi mumkinligini takidlamoqda.

Şuningdek, Ruminiya uçun Rossiya bilan örtada Moldova kabi buffer zona bölgani maqul. Har holda, bugun Moskva uruş tufayligina tirik. Butun iqtisodiyot va siyosat mana şu Ukrainadagi uruş atrofida qurilgan. Agar Ukraina taslim bölsa, bunça katta resurs navbatdagi bosqinga yönaltirilişi mumkin. Bugungi Kiyevning ahvolidan malumki, na AQŞning, na Yevropaning qöllovi Rossiyani butunlay taslim qiladi. Şu sababli Ruminiya uçun Moldova dastlabki “himoya devori” vazifasini ham ötaşi muhim.

Xulosa qilib aytganda, bugun ikki davlatni birlaşiş ehtimoli nihoyatda past. Hatto Ruminiya uçun ham Moldovani qöşib oliş, bir qator muammolarni keltirib çiqaradi. Kişinyov ham Yevropa tomon öz yölida davom etadi, faqatgina geosiyosiy qarşiliklargina uni öz mustaqilligidan voz keçişga undaşi mumkin.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: