Gaz taminoti va kadastr tizimidagi poraxör mansabdorlar uşlandi
Huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan Samarqand va Qaşqadaryo viloyatlarida davlat taşkilotlaridagi mansabdorlar yöl qöygan korruptsion holatlarga çek qöyildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Xususan, “Urguttumangaz” gaz taminoti bölimining mansabdor xodimi va mazkur taşkilotda muqaddam işlagan şaxs özaro til biriktirib, mahalliy MÇJga qaraşli işlab çiqariş tsexiga yangi tabiiy gaz taqsimlaş uskunasi örnatiş böyiça loyiha hujjatlarini rasmiylaştiriş va texnik şart ruxsatnomasini olib berişni aytib, evaziga 2000 AQŞ dollari talab qilgan. Ötkazilgan tezkor tadbir davomida ular söralgan pul mablağini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Boşqa holatda esa Kadastr agentligining Qaşqadaryo viloyati tumanlaridan biridagi bölimi boşliği mahalliy fuqaroga issiqxona quriş uçun ajratilgan 50 sotix suğoriladigan yer maydonini boşqa şaxs nomiga kadastr hujjatlarini tayyorlab, sotib olib beriş evaziga muqaddam 11 600 AQŞ dollari olgan.
Biroq, mazkur mansabdor şaxs bergan vadasini bajarmay, olgan pul mablaği hisobidan 49,7 mln sömni qaytarib bergan vaqtida uning noqonuniy harakati foş etilgan. Tergovga qadar tekşiruv davomida, u 11 600 AQŞ dollari hisobidan qolgan 89,5 mln sömni ham jabrlanuvçiga qaytarib bergan.
Bildirilişiça, hozirda har ikki holat böyiça jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent va Navoiy viloyatlarida davlat taşkilotlarining bir guruh mansabdorlari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion holatlar aniqlangan edi.