Samarqanddagi daryoda 42 yoşli fuqaro çökib ketdi
Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida 1984 yilda tuğilgan fuqaro Qoradaryo daryosiga tuşib ketdi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Malum qilinişiça, joriy yilning 28 iyun kuni Pastdarğom tumani “Olti qahramon” mahallasida yaşovçi, 1984 yilda tuğilgan J.O. Oqdaryo tumanidagi Istiqlol mahallasi hududidan oqib ötuvçi Qoradaryo daryosiga ehtiyotsizlik oqibatida tuşib ketgani haqida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasiga xabar kelib tuşgan.
Bildirilişiça, hozirda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi qutqaruvçilari tomonidan daryo hududida uzluksiz qidiruv-qutqaruv işlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatining Kogon tumanida 17 yoşli yigit çömiliş vaqtida Şohrud kanalida çökib ketgan edi.