Turkiyaning soxta pasporti va “prava”sini sotganlar uşlandi
Farğonada ötkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki xorijiy davlat fuqaroligi pasportlarini tayyorlaş va sotiş bilan şuğullangan jinoiy guruh aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Malum qilinişiça, tezkor tadbir davomida Marğilon şahrida yaşovçi 1995 yilda tuğilgan şaxs Farğona şahrida istiqomat qiluvçi 1990, 1997, 1999 va 2003 yillarda tuğilgan 4 nafar tanişi bilan til biriktirib, qalbaki Turkiya Respublikasi fuqaroligi pasporti va haydovçilik guvohnomasini mijozga 4 mln sömga sotgan vaqtida uşlangan.
Ulardan jami 11 ta mobil telefon va 2 ta noutbuk aşyoviy dalil sifatida olingan.
Bildirilişiça, hozirda qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Namangan viloyatida ötkazilgan tezkor tadbir davomida qalbaki valyuta savdosi bilan şuğullangan şaxslar qölga olingan edi.