USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Çökayotgan ayolni qutqarmoqçi bölgan Milliy gvardiya xodimi halok böldi

469 марта
Чўкаётган аёлни қутқармоқчи бўлган Миллий гвардия ходими ҳалок бўлди

Toşkent şahri Xotira xiyoboni yonidagi “Bözsuv” kanaliga özini taşlagan ayolni qutqarişga uringan Milliy gvardiya xodimi halok böldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Milliy gvardiya matbuot kotibi Davron Jumanazarov malum qildi.

Qayd etilişiça, Milliy gvardiya harbiy xizmatçilari “Bözsuv” kanalida suv oqimi böylab oqib ketayotgan ayolni körib qolgan. Harbiy xizmatçilardan biri fuqaroning hayotini saqlab qoliş maqsadida zudlik bilan suvga tuşib, uni qutqariş çoralarini körgan. Biroq kanaldagi kuçli suv oqimi tufayli fuqaroni qutqarişning imkoni bölmagan va u suvga çökib ketgan. Harbiy xizmatçi esa kuçli suv oqimi va girdob tasirida qolib halok bölgan.

Özini suvga taşlagan ayol şu kunning özida mutaxassislar tomonidan qidirib topilgan va uning jasadi yaqinlariga topşirilgan. Milliy gvardiya harbiy xizmatçisining jasadi esa tegişli qutqaruv xizmatlari hamda hamkor taşkilotlar iştirokida ötkazilgan qidiruv-qutqaruv tadbirlari natijasida topilgan.

Suriştiruvlar natijasida Milliy gvardiya xodimi 2005 yilda tuğilgan yigit ekani va tez orada uning töyi bölişi kutilgani malum bölgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkent viloyatidagi “Bözsuv” kanalida oqib ketayotgan erkak qutqaruvçilar tomonidan qutqarib qolingan edi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: