USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tracker’da 6 yaşar bolani bosib ketgan ayol uni özi şifoxonaga olib borgan – SSV

279 марта
Tracker’да 6 яшар болани босиб кетган аёл уни ўзи шифохонага олиб борган – ССВ

Toşkentda 6 yaşar bolani bosib ketgan Tracker haydovçisi bolani tuman poliklinikasiga şaxsan özi olib borgan. Bu haqda QALAMPIR.UZ söroviga javoban Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev malum qildi.

Avvalroq, Toşkent şahridagi köçalarning birida Tracker avtomobilini boşqarayotgan şaxs yöl çetidan maşinaga qarab yugurib çiqqan bolani bosib ketgani haqida xabar berilgan edi. Holat joriy yilning 1 iyul kuni soat 18:00 lar atrofida Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumani Çöldaraxt köçasida sodir bölgan.

Voqea yuz bergan köçadagi kameralarga tuşgan tasvirda oq rangli Tracker avtomaşinasini boşqarayotgan ayol haydovçi yölga yugurib çiqqan bolani old va orqa şinalari bilan bosib ötganini köriş mumkin.

Malum qilinişiça, hodisa sodir bölgandan söng, soat 19:41 da Mirzo Uluğbek tumani, TTZ mavzesi, tuman poliklinikasi manziliga yöl-transport hodisasi böyiça çaqiriq kelib tuşgan. Unda Mirzo Uluğbek tumani, Çöldaraxt köçasida istiqomat qiluvçi 2020 yilda tuğilgan I.A ismli bola jabrlangani aytilgan. Hodisa joyiga yetib borilganda, YTH Mirzo Uluğbek tumani, TTZ mavzesidagi “Ulyana” kafesi yaqinida sodir bölgani aniqlangan. Qayd etilişiça, haydovçi jabrlangan bolani şaxsan özi tuman poliklinikasiga olib kelgan.

Biroq bolakay şifoxonaga olib borilganda uşbu YTH oqibatida olgan tan-jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgani aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan şu kunning özida voqea joyiga tergov-tezkor guruhi çiqqan va hujjatlar töliq rasmiylaştirilgan.

Bildirilişiça, holat böyiça Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi huzuridagi tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) ikkinçi qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: