Toşkentda ofisdan 880 mln söm öğirlagan şaxs uşlandi
Toşkent şahrining Yunusobod tumanidagi ofislarning biridan 880 million sömni öğirlab ketgan şaxs qölga olindi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi xabar berdi.Malum qilinişiça, Yunusobod tumani Markaz-5 dahasida yaşovçi fuqaro ofisdan nomalum şaxs tomonidan 880 million söm öğirlab ketilgani yuzasidan içki işlar organlariga murojaat qilgan.
Şundan söng, Yunusobod tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi Jinoyat qidiruv bölimi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari ötkazilganda uşbu jinoyatni sodir etgan şaxs aniqlanib, qölga olingan.

Gumonlanuvçining xonadoni tintuv qilinganda, öğirlangan pullar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan.
“Uşbu pullarni olib, uyimda turgan Foton yuk maşinasiga qöydim. Öşa yerning özida meni uşlaşdi. Qilgan işimdan puşaymonman”, degan gumonlanuvçi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Toşkentda onlayn qimorga pul tikiş maqsadida Spark rusumli avtomobilni öğirlagan şaxs uşlangan edi.