3,5 mlrd sömlik yukni Özbekistonga yaşirinça olib kirmoqçi bölganlar uşlandi
Buxoro viloyatida qiymati qariyb 3,5 milliard söm bölgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirişga uriniş foş etildi. Bu haqda viloyat bojxona boşqarmasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, holat Buxoro viloyati bojxona boşqarmasining “Olot” çegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlangan.
Xorijdan import tartibida olib kelingan yuk “Xavfni boşqariş” tizimi orqali “sariq” yölakka yönaltirilgan. Biroq yukning rentgen tasviri hamda kuzatuv hujjatlaridagi malumotlar bojxona xodimlarida şubha uyğotgan.
Şundan söng, ötkazilgan bojxona körigi davomida yuk hujjatlarida körsatilmagan 3 tonnadan ortiq avto ehtiyot qismlari borligi malum bölgan.
Hisob-kitoblarga köra, deklaratsiya qilinmagan tovarlarning umumiy qiymati qariyb 3 milliard 500 million sömni taşkil etgan.
Hozirda mazkur tovarlar vaqtinça saqlovga olingan. Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Tailanddan olib kelingan narkotik moyini sport sumkasida Qozoğistonga olib ötmoqçi bölgan qozoğistonlik yigit qölga olingan edi.