USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qaşqadaryoda qaynonasining qiynoqlariga çidolmagan kelin özini öldirdi

179 марта
Қашқадарёда қайнонасининг қийноқларига чидолмаган келин ўзини ўлдирди

Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida 47 yoşli qaynona kelinning uyidagi işlarini bilmasligini bahona qilib, uni kaltaklab, ruhiy bosim ötkazişi oqibatida kelin öz joniga siiqasd qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov malum qildi.

Sud hujjatlariga köra, Çiroqçi tumanida yaşovçi qaynona 2022 yildan 2025 yil oktyabr oyiga qadar kelinini muntazam haqorat qilib, bir neça bor urgan, uyidan haydab yuborgan hamda ruhiy bosim ötkazib kelgani aniqlangan. 

Şuningdek, qaynona kelinini ota-onasi bilan uçraşişini çeklab, telefondan foydalanişiga ham tösqinlik qilgan. Ayrim holatlarda esa uni soçidan tortib, köçaga sudrab çiqargani, yuz va tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgani malum bölgan.

Malum qilinişiça, kelin 2025 yil 2 oktyabr kuni qaynonasi tomonidan davomli ravişda ötkazilgan jismoniy va ruhiy bosimlar oqibatida yaşaş uyidagi molxonada öz joniga qasd qilgan. 

Bildirilişiça, jinoyat işlari böyiça Çiroqçi tuman sudida bölib ötgan sud majlisida kelinning vafotida qaynona aybdor deb topilgan. Sud unga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş) ikkinçi qismi "a" bandi bilan, 57-moddasini (engilroq jazo tayinlaş) qöllab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinlagan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: