Soxta hujjatlar orqali 11 nafar fuqaro nomiga kredit olgan “şovvoz” uşlandi
Qaşqadaryoda qalbakilaştirilgan guvohnoma va malumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million sömlik kredit rasmiylaştirgan şaxs qölga olindi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi malum qildi.
Qayd etilişiça, Qarşi şahrida yaşovçi Ruslan Umidov Qöriqlaş xizmati xodimining soxta xizmat guvohnomasi hamda Milliy gvardiya harbiy qismi nomidan iş haqi körsatilgan qalbakilaştirilgan malumotnomalarni tayyorlagan. Uşbu hujjatlar orqali u fuqarolar nomiga bank kreditlarini rasmiylaştiriş bilan şuğullangan.
Aniqlanişiça, Umidov dastlab Özmilliybankning Ğuzor tumani bank xizmatlari ofisi orqali fuqaro Farhod Iminov nomiga 60 million söm kredit olişga erişgan. Şundan söng u yana 11 nafar fuqaro nomiga soxta hujjatlar tayyorlab, umumiy hisobda 783 million sömlik kreditlarni rasmiylaştirgani malum bölgan.
Gumonlanuvçi namanganlik fuqaro Ismoil Davronov nomiga ham qalbakilaştirilgan hujjatlar orqali kredit olişga harakat qilgan paytda tezkor tadbir davomida uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qarşi şahar Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “b” bandi hamda 228-moddasi (hujjatlar, ştamplar, muhrlar, blankalar tayyorlaş, ularni qalbakilaştiriş, sotiş yoki ulardan foydalaniş) tegişli qismlari bilan jinoyat işi qözğatilgan bölib, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida bank filialining sobiq rahbari fuqaroning xabari va roziligisiz uning nomiga kredit rasmiylaştirib, mablağni özlaştirgani aniqlangan edi.