USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm USD: 12,009 so'm EUR: 13,688 so'm RUB: 154 so'm GBP: 15,897 so'm CNY: 1,770 so'm KZT: 25 so'm TRY: 257 so'm AED: 3,270 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Farrux Zokirovga Rossiyaning “Do‘stlik” ordeni topshirildi

65 марта
O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovga kecha, 29 may kuni Rossiya Federatsiyasining “Do‘stlik” ordeni topshirildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi ma’lum qildi. 


Toshkent shahridagi “O‘zbekiston” forumlar saroyida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning Madaniyat bo‘yicha quyi komissiyasining beshinchi majlisi bo‘lib o‘tgan. Unda O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov hamda Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova ishtirok etdi.

Farrux Zokirovga ordenni Rossiya Madaniyat vaziri Olga Lyubimova topshirdi. 
Qayd etish joiz, “Do‘stlik” ordeni Rossiyada 1994 yil bahorida ta’sis etilgan. 

U Rossiya va chet el fuqarolariga xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlashdagi xizmatlari, fan va madaniyat sohasidagi yutuqlari uchun beriladi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 18 noyabr kuni O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni  “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: