USD: 12,279 so'm EUR: 14,508 so'm RUB: 159 so'm GBP: 16,834 so'm CNY: 1,769 so'm KZT: 25 so'm TRY: 282 so'm AED: 3,343 so'm USD: 12,279 so'm EUR: 14,508 so'm RUB: 159 so'm GBP: 16,834 so'm CNY: 1,769 so'm KZT: 25 so'm TRY: 282 so'm AED: 3,343 so'm

Saytdan izlash

Saqlangan xabarlar

Sizda hozircha saqlangan xabarlar yo'q!

Yangiliklarni o'qish

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

1 iyundan konunchilikda nimalaro‘zgaradi?

1 224 марта
1 iyundan O‘zbekiston qonunchiligidabir qator o‘zgarishlar kuchga kiradi.

Yosh olimlarga uy-joy sotib olish uchunfoizsiz kredit beriladi

Nufuzli xalqaro reyting tashkilotlariningtop-100 reytingiga kiritilgan xorijiy oliyta’lim muassasalarining ilmiy darajasini(PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiydaraja) olgan 35 yoshgacha bo‘lganmutaxassislarga uy-joy sotib olishuchun 10 yil muddatga uy-joyjoylashgan hududga qarab BHMning2150 baravarigacha foizsiz kreditberiladi.


Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarig‘oliblari va sovrindorlariga to‘lanadiganbir martalik pul mukofotlariningamaldagi miqdori besh baravaroshiriladi.

«Faol hayotga qadam» dasturi ishgatushirildi

«Faol hayotga qadam» dasturitashqaridan parvarishga muhtoj bo‘lgankattalarni qo‘llab-quvvatlashgaqaratilgan. Beshta yangi turdagi ijtimoiyxizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi:

uyda ijtimoiy va maishiy yordam;
uyda parvarish qilish;
tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya;
kunduzgi parvarish;
shaxsiy yordamchi.

Kam ta’minlangan oilalar davlatxizmatlari uchun chegirmalarga egabo‘ladi

Ijtimoiy himoya yagona reyestrigakiritilgan oilalar uchun imtiyozlar kamta’minlangan oilalar reyestriga kiritilganoilalarga ham tegishli bo‘ladi (ular uchtatoifaga bo‘lingan — «qizil», «sariq» va«yashil»).

Davlat xizmatlari uchun bojlar, yig‘imlarva boshqa to‘lovlarni to‘lashda «sariq»toifaga kiruvchi oilalar 50 foiz, «qizil»toifadagilar esa 75 foiz chegirma olishhuquqiga ega. «Qizil» toifalagioilalardan chiqqan a’lochi talaba qizlarasosiy stipendiyaning ikki baravarimiqdorida maxsus stipendiya oladi.

Nogironligi borlarni ishga olganbiznesga 50 mln so‘mgacha subsidiyaajratiladi

I va II guruh nogironligi bor shaxslarniishga qabul qilgan tadbirkorlarga 50million so‘mgacha subsidiya ajratiladi.Subsidiya surdo tarjimoni, psixolog vayordamchi yollash xarajatlarini qoplashuchun to‘lanadi. Jismoniy shaxslargao‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatidahamrohlik xizmatlarini ko‘rsatishgaruxsat beriladi.

Kunduzi yo‘llarni ta’mirlash  taqiqlanadi

Shahar ko‘chalarida soat 7:00 dan21:00 gacha (dam olish kunlari vashoshilinch holatlar bundan mustasno)yo‘l ta’mirlash ishlarini olib borish yokiyo‘l belgilarini chiziq taqiqlanadi. Ishfaqat tungi vaqtda, yo‘llarda harakatminimal bo‘lgan soatlarda amalgaoshiriladi.

Yo‘l chizig‘ini bosish kameralartomonidan yozib olinmaydi

Yo‘l chiziqlarini bosib o‘tish bilan bog‘liqqoidabuzarliklarni ixtisoslashtirilganavtomatlashtirilgan foto va video qaydetish uskunalari yordamida qayd etishtaqiqlanadi. Istisno — «stop-liniya»(5.33 yo‘l belgisi). Biroq agar bundayqoidabuzarlik YPX xodimi tomonidananiqlansa, u belgilangan tartibda ko‘ribchiqiladi.

Jarima ballari tizimi ishga tushirildi

1 iyundan yo‘l harakati qoidalarinibuzganlik uchun jarima ballarinihisoblash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. TizimIIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiyagona axborot tizimidagi E-jarimaballmoduli orqali ishlaydi.

Birinchi bosqichda yangilik faqatma’muriy bayonnomalar asosida YPXxodimlari tomonidan qayd etilganqoidabuzarliklarga ta’sir qiladi.Kelgusida haydovchilarni identifikatsiyaqilish texnologiyasi joriy etilgandanso‘ng tizimni kameralar tomonidan qaydetilgan qoidabuzarliklarni qoplashuchun kengaytirish rejalashtirilgan.

Yana uchta davlat uchun vizasiz rejimjoriy etildi

Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolariuchun O‘zbekiston hududiga kirgankundan boshlab 30 kun muddatgavizasiz rejim joriy etiladi.

Xorijliklar uchun «Oltin vizalar»

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmaganshaxslar uchun besh yil muddatgayashash uchun ruxsatnoma olishningsoddalashtirilgan tartibi joriy etilmoqda.Hujjatni olish uchun arizachi 250 mingdollar, shuningdek, har bir oila a’zosi —turmush o‘rtog‘i, farzandlari va ota-onasi uchun 150 ming dollar to‘lashikerak.

Yangi binolarda quyosh batareyalari vasuv isitgichlarini o‘rnatish kerak bo‘ladi

Binolarni qurish va rekonstruksiya qilishjarayonida loyiha hujjatlari energiyatejovchi uskunalarni, muqobil isitishtizimlarini (issiqlik nasoslari, quyoshkollektorlari) va qayta tiklanadiganenergiya manbalarini (quyosh panellariva boshqalar) ichki ehtiyojlar uchunmajburiy o‘rnatish talablarini o‘z ichigaolishi kerak.

Bundan tashqari, markazlashganissiqlik ta’minoti yopiq tizimga o‘tkazilaboshlaydi.

Yuk mashinalari uchun elektron navbat

O‘zbekistonning davlat chegarasi orqaliavtomobil o‘tkazish punktlaridamamlakatdan chiqib ketayotgan yuktransportlari uchun elektron navbattizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bu chegaranikesib o‘tish vaqtini tezlashtirishi va yuktashish hajmini oshirishi kerak.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор:

Оммабоп хабарлар: