Qamçiqda Epica Isuzu bilan töqnaşdi. Ikki maşina ham yonib, kul böldi
Joriy yilning 2 avgust kuni Qamçiq dovonida Epica Isuzu bilan töqnaşdi. Oqibatda ikki maşina ham yonib ketdi. Bu haqda Yöl harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qamçiq dovoni hududidan ötuvçi A-373 avtomobil yölining 168-kilometrida tonggi soat 8:20 lar atrofida Toşkent-vodiy yönalişi böylab harakatlanib ketayotgan Isuzu rusumli yuk avtomobilida nosozlik kelib çiqqan. Şu sababli avtomobil haydovçisi avtomaşinani yölning marza qismiga töxtatib qöygan. Soat 8:20 lar atrofida esa şu yönaliş böylab harakatlanib kelayotgan Epica rusumli avtomobil haydovçisi boşqaruvni yöqotib, Isuzu’ning orqa tomoniga borib urilib, yöl-transport hodisasi sodir etgan. Oqibatda yonğin çiqib, ikkala avtomaşina töliq yonib ketgan.
Bildirilişiça, yöl-transport hodisasi oqibatida Epica rusumli avtomobilning haydovçisi hamda bir nafar yölovçisi yengil darajadagi tan jarohat olgan. Ularga zudlik bilan birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi boşqarmasi xodimlari, yöl-patrul xizmati xodimlari zudlik bilan yetib borib, harakat xavfsizligi töliq taminlangan. Ayni vaqtda uşbu transport vositalarini yölning qatnov qismidan oliş çoralari körilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Urgut tumanida Cobalt Spark bilan töqnaşib, yonib ketgandi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va tan jarohati olganlar bölmagan.