USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Ayol gödagining tagligiga tilla yaşirib, Özbekistondan çiqmoqçi böldi

251 марта
Аёл гўдагининг таглигига тилла яшириб, Ўзбекистондан чиқмоқчи бўлди

Toşkent viloyatidagi “Navoiy” çegara bojxona postida bolalardan foydalangan holda tilla quymalari va yirik miqdordagi naqd valyutani mamlakatdan noqonuniy olib çiqişga urinişlar aniqlandi. Bu haqda Bojxona qömitasi raisining matbuot kotibi Husan Tangriyev xabar berdi.

Qayd etilişiça, Özbekistondan çiqib ketayotgan ayol farzandining tagligi orasiga qariyb 200 gramm oğirlikdagi ikki dona tilla quymani yaşirgan holda çegaradan olib ötişga uringan. Şuningdek, uning yonidan bojxona nazoratiga taqdim etilmagan 70 gramm oğirlikdagi zargarlik buyumlari ham topilgan. Olib çiqişga urinilgan tilla buyumlarining umumiy qiymati 450 million sömni taşkil etgan.

Şu bilan birga, boşqa bir holatda qöşni davlat fuqarosi 14 yoşli qizining kiyimlari ostiga 40 ming AQŞ dollarini yaşirib, çegaradan olib çiqişga uringani aniqlangan. Uning noqonuniy harakati bojxona xodimlari tomonidan barvaqt foş etilgan.

Malumot uçun, jismoniy şaxslar Özbekistondan 100 million sömga teng yoki undan oşmaydigan miqdordagi naqd valyutani bojxona qoidalariga rioya qilgan holda çeklovsiz olib çiqişi mumkin. Uşbu tartib rezident va norezident jismoniy şaxslar uçun bir xil amal qiladi.

Şuningdek, qonunçilikka muvofiq, voyaga yetmagan şaxsni huquqbuzarlik sodir etişga jalb qiliş mamuriy javobgarlikni oğirlaştiruvçi holat hisoblanadi va bu uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan 30 baravarigaça jarima qöllanilişi mumkin. Agar voyaga yetmagan şaxs jinoyat sodir etişga jalb qilinsa, aybdor şaxs 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.

Bildirilişiça, hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona suriştiruvlari davom ettirilmoqda.

Eslatib ötamiz, avvalroq Buxoro viloyatida qiymati qariyb 3,5 milliard söm bölgan avtomobil ehtiyot qismlarini bojxona nazoratidan yaşirinça olib kirişga uriniş foş etilgandi.x

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: