USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiyada terakt qilişga uringan 4 nafar surxondaryolik yigit qamaldi

172 марта
Россияда теракт қилишга уринган 4 нафар сурхондарёлик йигит қамалди

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yaşovçi tört nafar şaxs Rossiyada yaşirin guruh tarkibida terroristik taşkilotlar ğoyalarini tarğib qiliş, taqiqlangan materiallarni tarqatiş hamda terrorçilik faoliyatiga tayyorgarlik köriş bilan boğliq jinoyatlarda aybdor deb topilib, har biri 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yaşovçi, 2003 yilda tuğilgan şaxs 2023 yilda mavsumiy işlaş maqsadida Rossiya Federatsiyasining Doğiston Respublikasi Mahaçqala şahriga borgan. U yerda laqabi “Muhammad” bölgan mahalladoş tengdoşi bilan yaqin aloqaga kirişib, ijtimoiy tarmoqlar orqali aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan video materiallarni körişi natijasida ongi zaharlangan.

Keyinçalik ikkovlon öz saflariga 2005 yilda tuğilgan yana bir mahalladoşini jalb qilib, Suriyaga borişni rejalaştirgan. Safar xarajatlari uçun esa ulardan biri hatto Rossiyada mehnat migranti sifatida işlayotgan oila azolari jamğargan mablağning bir qismini ruxsatsiz olib çiqqan. 

Söngra “Mahaçqala – Moskva” yönalişidagi avtobusda manzilga yöl olgan. Bu safarda ular “Moskva – Istanbul” aviayönalişida Turkiyaga, söngra Suriyaga bormoqçi bölgan. 

Biroq, Moskvada yuzaga kelgan özaro kelişmovçilik sababli, ularning ikki nafari ortga qaytgan. “Muhammad” esa Qozon şahrida qotillik sodir etib, Rossiya qonunçiligiga asosan jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Bu orada guruhning 2005 yilda tuğilgan azosi Özbekistonga deportatsiya qilingan va Jinoyat kodeksining 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) va 244-2-(Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uçun sud hukmi bilan 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Malum qilinişiça, şundan söng ham guruh faoliyati töxtamagan. Aksinça, Mahaçqala şahrida işlayotgan, 1999 va 2001 yillarda tuğilgan ikki nafar sariosiyolik uşbu yaşirin guruhga qöşilib, terroristik taşkilotlar ğoyalarini tarğib qiliş bilan şuğullangan hamda kelgusida jangarilar safida qöporuvçilik harakatlarini sodir etişni rejalaştirgan.

Manbaga köra, 2025 yilning sentyabr oyida guruh faolligi kuçayib, azolar Mahaçqala şahrida huquq-tartibot organlari xodimlariga qarşi jinoiy harakatlar amalga oşirmoqçi ham bölgan. Bundan taşqari, Sariosiyo tumanida istiqomat qilayotgan, 2004 yilda tuğilgan fuqaroni ham ijtimoiy tarmoqlar orqali öz saflariga jalb qilgan.

Yakunda esa DXX va Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari hamkorligida ötkazilgan tezkor qidiruv-tadbirlarida noqonuniy guruh faoliyatiga çek qöyilgan. Tergov jarayonida esa jinoyatlari öz isbotini topgan.

Bildirilişiça, JIB Sariosiyo tuman sudi hukmiga köra, 4 nafar şaxsning barçasi Jinoyat kodeksining 155-2 (Terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida öquvdan ötiş, çiqiş yoki harakatlaniş), 244-1 (Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş) va 244-2-(Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.

Изоҳ қолдириш

    • Bobur 11 Avgust 2026 17:04
      Bunaqalarni otish kerak vatan hoinlarini kechirish noto'g'ri

Мавзуга алоқадор: