Özbekistonda 18 mingdan ortiq jinoyatga aloqador karta bloklandi
Joriy yilda Özbekistonda 18 838 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklandi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, vazirlik tizimida 2026 yil “Kiberjinoyatlarga qarşi kuraşiş yili” deb elon qilinib, kiberjinoyatlarning oldini oliş, aholi örtasida kiberxavfsizlik madaniyatini oşiriş va fuqarolarni internetdagi mavjud xavflardan ogohlantirişga qaratilgan profilaktik tadbirlar keskin kuçaytirilgan. Xususan, Markaziy bank bilan hamkorlikda yaratilgan maxsus tizim yölga qöyilgani natijasida 29 trln sömning noqonuniy ravişda çetga çiqib ketişning oldi olingan hamda 18 838 ta jinoyatga aloqador bank kartalari bloklangan.
Şuningdek, hisobot davrida jami 9 282 ta kiberjinoyat foş etilgan, 4 011 ta jinoyat taşabbus asosida aniqlangan va 13 mingdan ortiq fuqarolarga yetkazilgan 120 mlrd 496 mln sömdan ziyod moddiy zarar qaytarilgan.
“Kiberjinoyatlarni oldini olişning asosiy tamoyillaridan biri aholini ogohlantiriş ekanligini hisobga olgan holda, kuçli tarğibot işlari amalga oşirilib, mamlakatning qariyb 23 milliondan oşiq aholisi qamrab olindi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, avvalroq soxta mygov.uz platformasi orqali fuqarolarning bank kartalaridagi pullarni özlaştirib kelgan kiberjinoyatçilar guruhi foş etilgandi.