USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Terrorizmni moliyalaştirib, Suriyaga bormoqçi bölgan şaxs 10 yilga qamaldi 

136 марта
Терроризмни молиялаштириб, Сурияга бормоқчи бўлган шахс 10 йилга қамалди 

Suriyadagi terroristik taşkilotlarning tarğibotlariga aldangan hamda ularga qöşiliş maqsadida Suriyaga bormoqçi bölgan va ularni moliyalaştirgan 31 yoşli özbekistonlik şaxsga sud hukmi öqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Jumladan, 1995 yil Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan fuqaro 2017 yilda Janubiy Koreya Respublikasining nufuzli universitetiga öqişga kirgan. Xorijda tahsil oliş davrida u ijtimoiy tarmoqlar orqali “jihod”, “hijrat” va “şahidlik”ni tarğib qiluvçi şaxslarning audio-video maruzalari bilan tanişgan. Suriyadagi qurolli töqnaşuvlar aks etgan videolar tasirida uning ongi aqidaparastlik ğoyalari bilan zaharlangan. 

Şu tariqa u Instagram va Telegram tarmoqlari orqali Suriya hududida faoliyat yuritayotgan “Tavhid va jihod katibasi” hamda “Ğuroba katibasi” kabi terroristik taşkilotlarga aloqador kimsalar bilan muloqotga kirişib, ularga taalluqli materiallarni tarqata boşlagan. 

Universitetni tamomlaganidan keyin ham Janubiy Koreyada qolgan mazkur şaxs “Ğuroba katibasi” terroristik taşkiloti media blogeri “Saad Muxtor”ning internet orqali amalga oşirgan aldovlariga işonib, unga pul yuborgan. 

2023 yilning dekabr oyida esa u Özbekistonga qaytgan. 2024 yilning iyul oyida Suriyadagi jangarilar safiga qöşiliş maqsadida Turkiyaga borgan, ammo rejasi amalga oşmay ortga qaytgan. 

Şundan söng, huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan ötkazilgan tezkor tadbir natijasida mazkur şaxs qölga olinib, unga nisbatan jinoyat işi qözğatiladi. 

Bildirilişiça, sud hukmi bilan mazkur şaxs Jinoyat kodeksining 244-1-(Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlaş, saqlaş, tarqatiş yoki namoyiş etiş), 244-2-(Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilotlar tuziş, ularga rahbarlik qiliş, ularda iştirok etiş), 155-2-(Terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida öquvdan ötiş, çiqiş yoki harakatlaniş) va 155-3-(Terrorizmni moliyalaştiriş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yaşovçi tört nafar şaxs Rossiyada yaşirin guruh tarkibida terroristik taşkilotlar ğoyalarini tarğib qiliş, taqiqlangan materiallarni tarqatiş hamda terrorçilik faoliyatiga tayyorgarlik köriş bilan boğliq jinoyatlarda aybdor deb topilib, har biri 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: