“Organ rahbarlari” fuqarolarni 574,6 mln sömga “uxlatdi”
Toşkent şahrining Uçtepa tumanida fuqarolarning 574,6 mln sömini firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Uçtepa tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqarolar A.B. va M.B. özlarini göyoki “Vatanparvar” MFY hududidagi 29-sonli uy boşqaruv organi rahbari sifatida taniştirgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, ular mazkur uyda yaşovçi fuqarolardan jami 574,6 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Bildirilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Qaşqadaryoda qalbakilaştirilgan guvohnoma va malumotnomalar yordamida 12 nafar fuqaro nomiga jami 783 million sömlik kredit rasmiylaştirgan şaxs qölga olingan edi.