Cobalt siqib ötgan Spark ağdarilib ketdi. Qurbonlar bor
Ijtimoiy tarmoqlarda Cobalt haydovçisi yöldan siqib, çiqarib yuborişi oqibatida Spark yöl çetida ağdarilib ketgani köringan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent viloyati Içki işlar Boş boşqarmasi boşliğining matbuot kotibi Bobur Tölaganov munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, hodisa joriy yilning 15 avgust kuni soat 09:30 da “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtomobil yölida sodir bölgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Cobalt va Spark bir yönalişda harakatlanib ketayotgani köringan. Tasvirlarga köra, Cobalt haydovçisi Spark’ni siqib, yöldan çiqarib yuborgan. Spark haydovçisi boşqaruvni yöqotişi oqibatida maşina yöl çetidagi tösiqqa borib urilib, ağdarilib ketgan.
YTHdan söng Cobalt haydovçisi voqea joyidan qoçib ketgan. Davlat raqam belgisi körinmagani sababli haydovçi qidiruvda ekani haqida malumotlar elon qilingan. Biroq şu kunning özida avtomobil haydovçisi, 30 yoşli X.A. ning şaxsi aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni moddaning 3-qismi “a” bandiga köra, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odamlar ölimiga sabab bölsa, aybdor muayyan huquqdan mahrum qilinib, ön yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Samarqand viloyatining Nurobod tumanida MAN rusumli yuk maşinasida yonğin çiqib, uning beton tösiqqa urilib ağdarilişi oqibatida haydovçi halok bölgandi.