Prezident Şavkat Mirziyoyev va Slovakiya Boş vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bölib ötdi.
9-06-2025, 14:00
335 марта
Prezident Şavkat Mirziyoyev va Slovakiya Boş vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bölib ötdi.▫️Tovar ayirboşlaşni köpaytiriş, eng avvalo, özaro yetkazib berilayotgan mahsulot turlarini kengaytiriş masalalariga alohida etibor qaratidi. Özbekistondan töqimaçilik, qişloq xöjaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar, Slovakiyadan esa kauçuk, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boşqa sanoat tovarlarini yetkazib beriş şular jumlasidan.
▫️Slovakiyaning yetakçi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi böyiça keng kölamli dasturni tayyorlaş, jumladan, agrosanoat majmui, avtomobillar uçun butlovçi qismlarni mahalliylaştiriş, farmatsevtika mahsulotlarini işlab çiqariş, "yaşil" energetika va turizm loyihalarini amalga oşiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.
▫️Gumanitar sohada talim va akademik almaşinuvni rivojlantirişdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi. Qöşma tadqiqot dasturlarini, şu jumladan Bratislavadagi Komenskiy universiteti iştirokida yölga qöyiş yuzasidan kelişuvga erişildi.
▫️Taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasi masalalariga alohida etibor qaratildi. Slovakiya tomoni uşbu sohada tizimli hamkorlikni yölga qöyişdan manfaatdor ekani takidlandi.




