USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Qörqayotgan isroilliklar, Nepaldagi fojia va qahramonlardan voz keçayotgan Töqayev – Weekend

206 марта
Қўрқаётган исроилликлар, Непaлдаги фожиа ва қаҳрамонлардан воз кечаётган Тўқаев – Weekend

Himolayda dahşatli fojia. Muzlik qulaşi oqibatida bazi qişloqlar yer bilan bitta böldi. Yuzlab qurbonlar, minglab bedarak yöqolganlar bor. Fojiadan keyin esa Donald Tramp tösatdan “beğaraz saxovatpeşa”ga aylandi. Xöş, Amerikaning Himolayga etibor qaratişi şunçaki insonparvarlikmi yoki Şarqiy Osiyoda yangi geosiyosiy tasir doirasini bölişib oliş öyinimi?

“Xavfsizlik oroli” deya kökka kötarilgan Isroilik ertagi içkaridan barbod böladi şekilli. Bugun isroilliklarning 52 foizi xorijda öz pasportini körsatişdan ham, millatini aytişdan ham hayiqyapti. Tel-Avivning köp milliard dollarlik propagandasi öz xalqini qörquv girdobiga taşladi.

AQŞ xaritalarni qalam bilan emas, qurol bilan qayta çizişga ötdi. Tramp Ontario kölini “Amerika köli” deb elon qildi. Kanadani bölsa “51-ştat” darajasiga tuşirmoqçi. Dunyo yana jim. Şu arosatli kunlarda AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff maxfiy ravişda Moskvaga bordi. Xuddi şu lavozimdagi avvalgi inson sönggi marta Rossiyaga kelganidan keyin Ukraina bilan uruş boşlangandi. Xöş, bu safar bizni nima kutyapti?

Töqima botirlar, darsliklardagi 700 dan ortiq soxta fakt va adabiyotdagi surunkali yiğloqilik... Qosim-Jomart Töqayev milliy mafkurani “tozalaş”ga qatiy qaror qildi! U soxta qahramonliklar haqida gapirişni, yozişni va öqitişni töxtatmoqçi. Xöş, Ostonaning bu favqulodda mafkuraviy burilişi butun Markaziy Osiyo uçun huşyorlik davati böla oladimi?

Yuzlab qurbonlar va minglab yöqolganlar

Himolay – azaldan dunyo tomi, soflik va tinçlik ramzi sifatida körilgan. Ammo tabiat öz muvozanatini yöqotganda, afsonaviy çöqqilar ham şafqatsiz qotilga aylanişini navbatdagi fojia yana bir bor körsatib qöydi.

26 avgust kuni ertalab Himolaydagi muzlik quladi. Ulkan toş massasi va loy qoldiqlari daryoga yopirilib, suv sathi keskin kötarilib ketdi. Natijada şiddatli loyqa oqim vodiylarni yorib ötib, Katmandu va Tibetni boğlovçi strategik marşrut böylab elektr stantsiyalari, yöllar va köpriklarni yöq qildi. Tabiiyki odamlarni ham.

AQŞ Geologiya xizmati dastlab hududda 4,4 magnitudali zilzila qayd etilganini bildirgan. Keyinçalik bu zilzila emas, balki 5,2 magnitudaga teng muzlik qulaşi natijasida yuzaga kelgan seysmik hodisa ekani aniqlangan. Mutaxassislarning aytişiça, muzlikdan tuşgan muz va toşlar daryoni tösib qöygan, şundan söng suv katta kuç bilan pastga oqib, aholi punktlariga zarar yetkazgan. Trişuli daryosida suv sathi yarim soat içida 9 metrga kötarilgan.

Tasdiqlangan qurbonlar soni 616 kişiga yetdi, 1000 ga yaqin odam esa bedarak yöqolgan. Ularning kamida 540 nafari xorijiy sayyohlardir. Açinarlisi biz bu malumotlarni bergan paytimiz, aslida raqamlar yanada köpaygan bölişi mumkin. Omon qolganlarni topiş umidi har soatda sönib bormoqda, çunki qutqaruvçilar texnikalar va izquvar itlar yordamida faqat loy ostidan qurbonlarnigina qazib olmoqda.

Dunyo tahlilçilariga köra, uşbu global fojia ortidan darhol katta siyosat “sahnaga çiqdi”. AQŞ prezidenti Donald Tramp Nepalga yordam taklif qilganini aytdi.

“Heç kim heç qaçon bunday narsani körmagan, juda qudratli, mustahkam, yaxşi qurilgan binolar xuddi tiş kovlagiçdek supurib taşlandi. Bu dahşatli hodisa. Biz yordam yuboryapmiz, rahbariyat bilan gaplaşdik va nimaiki xohlasalar, şuni yetkazib berişimizni bildirdik”, deydi Tramp.

Odatda xalqaro yordamlar va iqlim özgarişlari uçun pul ajratiş haqida gap ketganda pragmatik pozitsiyada turadigan Janob Trampning tösatdan tiş kovlagiçdek uçib ketgan binolarga qarab Himolayga nisbatan çeksiz saxovat körsatib qolişi etiborni tortadi. Şarqiy Osiyoda Pekinning tasiri kuçayib borayotgan bir paytda Nepalga uzatilayotgan bu kabi “beğaraz” yordamlar zamirida şunçaki insonparvarlik yotibdimi yoki geosiyosiy muvozanatni uşlaş istagimi? bu mantiqiy savolni özingizga qoldiramiz.

Boşqa tomondan, çegaraning narigi tarafida – Xitoyda ham vaziyat murakkab. Pekin 1951 yilda rasman öz tarkibiga qöşib olgan Tibet muxtor tumanida 558 kişi bedarak yöqolgan bölib, ularning 260 nafari xorijliklardir. Xitoy boş vaziri Li Syan 27 avgust kuni tuşdan keyin şaxsan ofat hududiga yetib bordi. Bu taşrif Pekin uşbu falokatga milliy miqyosdagi eng ustuvor masala sifatida qarayotganini anglatadi. Bugun Xitoy harbiylari va muhandislari 8 kişilik guruh tuzib, töğon bilan tösilib qolgan suniy kölning 3D modelini yaratişga urinmoqda. Çunki yaqin uç kun içida u yerga yana 3 million kub metr suv quyilişi kutilyapti. Xitoy Suv resurslari vazirligiga köra, köl qirğoqlarining yorilişi xavfi yuqori va 1 sentyabr atrofida suv oqimi eng yuqori nuqtaga çiqişi kutilmoqda.

27 avgust kuni toşqindan jabr körgan Nuvakotga taşrif buyurgan Nepal boş vaziri Balendra Şax vaziyat hamon oğirligini takidladi.

“Barça davlat idoralari tölaqonli quvvat bilan işlamoqda. Bizning hozirgi birinçi navbatdagi vazifamiz – har bir fuqaroning hayotini saqlab qoliş, bedarak yöqolganlarni qidirib topiş va qutqariş, yaradorlarni davolaş hamda jabrlangan oilalarga zudlik bilan yordam berişdir”, deydi Balendra Şax.

Ayni paytda butun dunyo böylab bedarak yöqolganlarning qarindoşlari malumot izlab sarson bölmoqda. Çitvan tumani mamuri Ganeş Aryalning aytişiça, rasmiylar uning tumanidagi daryo tizimidan 103 ta jasadni topişgan. Mahalliy kasalxonalar va ölikxonalar barça jasadlarni siğdira olmagani sababli, tuman rasmiylari çodirlar örnatib, oilalar özlarining vafot etgan qarindoşlarini tanib olişlari va olib ketişlari uçun şaroit hozirlamoqda.

Xöş, bu girdob içida özbekistonliklar bormi? Özbekistonning Dehlidagi bir vaqtning özida Nepalda ham faoliyat yuritadigan elçixonasi bergan malumotlarga köra, hozirgi vaqtda falokat oqibatida halok bölganlar va jabrlanganlar orasida vatandoşlar töğrisida malumot kelib tuşmagan. Diplomatik vakolatxona tegişli idoralar bilan doimiy aloqada bölib, vaziyat rivojini muntazam kuzatib bormoqda.

“Reuters” bergan sönggi xabarlarga köra, hududda umuman 1,5 mingga yaqin kişi bedarak yöqolgan, ularning 700 dan ortiği çet elliklardir. Nepalda 5 mingdan ortiq harbiy va politsiya xodimi qidiruv-qutqaruv işlariga jalb etilgan.

Mohiyatini yöqotayotgan diplomatiya

Dunyo siyosatida “diplomatiya” tuşunçasi borgan sari öz mohiyatini yöqotib, xuddi bolalar maydonçasidagi öyinlar, masalan koptogi bor bola hammasini hal qiladigan mahalla futboliga öxşab qolyapti. Vaşingtonda Oq uy tomonidan qabul qilinayotgan bir-biridan ğalati qarorlar fikrimizga yaqqol dalildir.

27 avgust kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp navbatdagi şov-şuvli bayonoti bilan xalqaro hamjamiyatni yana bir bor taajjubda qoldirdi. U Ontario köli nomini “Amerika köli” deb özgartiriş haqidagi farmonni imzoladi. Özgariş darhol kuçga kirişi elon qilindi.

“Ontario kölining nomini Amerika köliga özgartiramiz. Özgariş darhol kuçga kiradi. Aslida bu özgariş haqida men uzoq vaqtdan beri öylab yurgan edim”, deydi Tramp.

Töğri, geografik xaritalarni bir qariç qalam bilan qayta çizib qöyiş Tramp uçun yangilik emas. Ötgan 2025 yilning yanvarida u Meksika körfazini “Amerika körfazi” deb ataşni buyurgan edi. Endi esa navbat geografiyaning eng yirik obektlariga kelganga öxşaydi. Tramp şunday şama qilyapti.

“Körfaz va köl nomini özgartirdik, endi navbat okeanga. Balki Atlantika yoki Tinç okeanidan birortasini nomini özgartirişimizga töğri kelar. Ehtimol, ikkalasini ham özgartirarmiz”, dedi Tramp.

Lekin bu yerda kiçik bir huquqiy va mantiqiy çalkaşlik bor. Ontario – Şimoliy Amerikaning beşta Buyuk kölidan biri bölib, uning maydonining 52 foizi Kanadada, qolgan 48 foizi esa AQŞning Nyu-York ştatida joylaşgan. Trampning buyruği faqat AQŞ federal idoralari uçungina amal qiladi, ammo u xalqaro hamjamiyat yoki Ottava uçun gidronimni özgartiriş vakolatiga ega emas. Ontario nomi 400 yildan ortiq tarixga ega. Şu bois, Kanada boş vaziri Mark Karni ijtimoiy tarmoqda Trampning yangi qarori böyiça munosabat bildirdi.

“Biz Amerikaning özgarayotganini körib turibmiz. Ularning savdo munosabatlari, taşqi siyosati, milliy yodgorliklari va gidronimlari özgarmoqda. Kanadaliklar uçun bu köl ilgari ham, hozir ham va har doim Ontario köli bölib qoladi”, dedi u.

Trampning bu kabi ramziy “bosimlari” şunçaki zerikkanidan aytilayotgan gap emas. Bu Vaşington va Ottava örtasidagi savdo muzokaralari barbod bölganidan söng boşlangan savdo uruşining davomidir. Har ikkala tomon import-eksport tovarlariga 50 foizgaça boj joriy qildi. Şu bilan birga, Tramp Kanadani tez-tez “AQŞning 51-ştati”ga aylantiriş haqida tahdid qilib kelmoqda.

Xöş, sönggi yillarning eng şov-şuvli savdo nizolaridan biriga aylangan bu inqiroz qanday va nega boşlandi? Javob Vaşingtonning tajovuzkor protektsionizm siyosatiga borib taqaladi. AQŞ administratsiyasi şimoliy çegaralardan noqonuniy migratsiya va kontrabanda oqimi töxtamayotganini bahona qilib, Kanadadan kirib keluvçi import tovarlariga tarif bosimini ötkaza boşladi. Oylab davom etgan murakkab muzokaralar natijasiz tugab, Vaşington talablari javobsiz qolgaç, ikki örtada har ikki tomon import-eksport tovarlariga 50 foizgaça boj joriy etiş haqidagi qarorlar kuçga kirdi. Bu esa avtomobilsozlik, xomaşyo va sanoat tarmoğini bir lahzada tang ahvolga solib qöydi.

Biroq bu qarama-qarşilik şunçaki moliyaviy tariflar kuraşi bölib qolmadi, balki oçiqçasiga psixologik va siyosiy bosim tusini oldi. Donald Trampning Kanadani tez-tez “AQŞning 51-ştati”ga aylantiriş haqidagi bayonotlari hamda ramziy tahdidlari şunçaki havoyi gap emasligi elon qilingan bojlar miqdorida öz tasdiğini topdi. Vaşington Kanadaning AQŞ iqtisodiyotiga 70 foizdan ortiq darajadagi strukturviy boğliqligidan foydalanib, Ottavaga öz şartlarini majburan ötkazişga urinmoqda. Trampning “AQŞ tarkibiga kirilsa, barça bojlar bekor böladi va harbiy xavfsizlik kafolatlanadi” mazmunidagi absurd ritorikasi hamda Ontario köli nomini “Amerika köli” deb özgartiriş haqidagi rasmiy tadbirlari diplomatiya tarixida kam uçraydigan bosim vositalariga aylandi.

Uşbu iqtisodiy uruşning asoratlari esa har ikki tomondagi oddiy fuqarolar va biznes vakillari çekiga tuşmoqda. Detroyt va Vindzor kabi çegaradoş hududlarda ön yillar davomida şakllangan yagona avtomobilsozlik zanjiri 50 foizlik bojlar sababli falaj holatga keldi. Tayyor mahsulot tannarxining keskin oşişi har ikkala mamlakatda inflyatsiya darajasini kötarib, oziq-ovqat, energiya va maişiy texnika narxlarining qimmatlaşişiga olib keldi.

Natijada Ottava Vaşingtonni endilikda işonçli iqtisodiy hamkor deb hisoblamaslik uçun yetarliça asoslarga ega böldi. Kanada rasmiylari öz suverenitetini himoya qilişini va heç qanday şaroitda AQŞ ştatiga aylanmasligini bildirib, tezkorlik bilan Yevropa Ittifoqi hamda Osiyo-Tinç okeani mintaqasi mamlakatlari bilan savdo yönalişlarini diversifikatsiya qilişga kirişdi. Körinib turibdiki, Vaşingtonning “51-ştat” ritorikasi va ramziy bosimlari Kanadani taslim etiş örniga, Şimoliy Amerikadagi köp yillik strategik ittifoqçilik poydevorini darz ketkazmoqda.

Xöş, xaritalarni qayta çiziş bilan maşğul bölgan Vaşington içki muammolarni qanday hal qilmoqda? Saylovoldi kampaniyasida dunyoda tinçlik örnatiş va inflyatsiyani jilovlaş vadasi bilan kelgan Tramp bugun har ikkala yönalişda boşi berk köçaga kirib qoldi. AQŞ va Isroilik olti oy oldin Eron bilan harbiy töqnaşuvga kirişdi. Kanada bilan savdo uruşi va Eronga qarşi harakatlar sababli amerikaliklar uçun yaşaş narxi keskin oşib ketdi.

Maxfiy uçraşuv

AQŞ içida şunday mamuriy va iqtisodiy bosimlar kuçaygan bir vaqtda, xalqaro maydonda kutilmagan maxfiy diplomatiya ham harakatga keldi. 25 avgust kuni AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi direktori Jon Retkliff elon qilinmagan va oçiqlanmagan taşrif bilan Moskvaga uçib keldi. Bu Amerika razvedkasi rahbarining sönggi beş yildagi Moskvaga ilk taşrifidir. Oq uy bu haqda rasmiy malumot bermadi, biroq Flightradar24 malumotlari Amerika harbiy samolyoti Moskvaning “Vnukovo” aeroportiga qöngani va u yerda qariyb töqqiz soat bölganini qayd etdi.

Uşbu taşrif sabablari borasida tahlilçilar orasida turli taxminlar ilgari surilmoqda. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov taşrifni tasdiqlab: “Retkliff maxsus xizmatlar örtasidagi aloqalar uçun taşrif buyurdi”, dedi. Rossiya Taşqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narişkin esa amerikalik hamkasbi bilan “oçiq aytilmaydigan va nozik masalalar” muhokama qilinganini takidladi. Trampning özi esa barça taxminlarni rad etdi.

“Turli xil miş-mişlar yuribdi – Putin NATOning qatiyatini sinab körmoqçiligidan tortib, Angliyaga zarba bermoqçiligigaça. Biz ularga Eron sanktsiyalariga jiddiy yondaşayotganimiz haqida xabar bermoqçi bölganimizni ham aytişmoqda. Bularning heç biri emas. Jon Retkliff – ajoyib inson. Biz Ukrainadagi uruş tugaşi uçun barça say-harakatlarni amalga oşiryapmiz”, dedi u.

Biroq, Ğarbning Financial Times va Wall Street Journal kabi yetakçi naşrlari voqeaga boşqaça baho bermoqda. Razvedka malumotlariga köra, Vaşington Rossiyaning NATOga azo mamlakatlardan biriga qarşi ehtimoliy safarbarlikka tayyorgarligi haqida signal olgan. AQŞ Milliy razvedkasi direktorining sobiq örinbosari Bet Sennerning fikriça esa “maqsad – biz nimani niyat qilganingizni bilamiz, yaxşisi bunday qilmang”, deb ogohlantiriş bölişi mumkin.

Boşqa bir mantiqiy versiyaga köra, Retkliff Moskvaga Eron masalasida kelgan bölişi mumkin. AQŞ hozirda Tehronga qarşi “Iqtisodiy yakkalaş” operatsiyasini ötkazmoqda va Moskvadan Eron bilan savdo-sotiqni çeklaşni söragan bölişi ehtimolga yaqin. Şuningdek, parda ortida mahbuslarni almaşiş böyiça navbatdagi maxfiy muzokaralar ketayotganini ham inkor etib bölmaydi. Bu mavzuda alohida tahlil tayyorlaganmiz, uni ekranlaringizda paydo bölgan sarlavha orqali qidirib topişingiz mumkin.

Rossiyaga qarşi birlaşuv

Şvetsiya, Polşa, Niderlandiya va Ispaniya Yevropa komissiyasiga birgalikda murojaat qilib, Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan Ukrainani qöllab-quvvatlaş maqsadida foydalanişning yangi variantlarini körib çiqişni talab qildi. Bu haqda tört mamlakat taşqi işlar vazirlari 27 avgust kuni qöşma maktub yöllagan.

Hujjat mualliflari Yevropa komissiyasi texnik ekspertlariga YeI mamlakatlari bilan birgalikda muzlatilgan aktivlardan foydalanişning yangi mexanizmlarini işlab çiqişni taklif qilmoqda. Etiborli jihati, tört davlat uşbu taklifda ehtimoliy moliyaviy va iqtisodiy xatarlar barça azo davlatlar örtasida teng taqsimlanişi kerakligini takidlagan. Yevroittifoq içida har kim öz manfaatini himoya qilişga urinayotgan bir paytda, biror mamlakat zimmasiga katta yuk tuşmasligi talab etilayotgani diplomatiyada parda ortidagi xavotirlardan darak beradi.

Xöş, nega bu masala yana kun tartibiga çiqdi? Javob oddiy: Ukrainaning moliyaviy ehtiyojlari keskin ortmoqda. Yevropa Ittifoqi tomonidan Kiyevga 2026–2027 yillarga möljallangan 90 milliard yevro miqdoridagi kredit rejalaştirilgan bölsa-da, maktub mualliflari bu mablağ yetarli bölmasligini oçiq aytişmoqda. Moskva hujumlari davom etar ekan, uruş xarajatlari ham ösib boraveradi. Şu sababli YeIning tört azosi Rossiya aktivlaridan foydalaniş orqali bir tomondan Moskvani moliyaviy javobgarlikka tortişni, ikkinçi tomondan esa yevropalik soliq tölovçilar zimmasidagi yukni yengillatişni közlamoqda.

Polşa taşqi işlar vaziri Radoslav Sikorskiy ham uşbu taşabbusni oçiq qöllab-quvvatladi. Uning fikriça, Rossiya Ukrainaga reparatsiya tölamaguniça bu mablağlarni baribir qaytarib ololmaydi. Şu sababli aktivlarni uruş tugaşini kutib, keyin tiklaş işlariga sarflaşdan köra, hozir Kiyevni himoya qilişga yönaltiriş maqsadga muvofiqdir.

Biroq Bryusselning özida bu masalaga munosabat ança ehtiyotkorona. Yevropa komissiyasi vakili Balaş Uyvari Bryusseldagi brifingda Rossiya aktivlari hisobiga “reparatsion kredit” ajratiş masalasi 2025 yil dekabridagi YeI sammitidan keyin rasman kun tartibidan öçirilmaganini bildirdi. Biroq u amalda heç qanday siljiş bölmaganini ham yaşirmadi.

“Uşbu variantni ilgari suriş uçun yetarli qöllab-quvvatlaş bölmadi va mening bilişimça, masala şu nuqtada töxtab qoldi”, deydi Balaş Uyvari.

Tört davlat uşbu murakkab masalani 2 sentyabr kuni Irlandiyada Gimniç formatida ötkaziladigan YeI taşqi işlar vazirlarining norasmiy uçraşuvida qayta muhokama qilişni rejalaştirmoqda. Maktub YeI oliy vakili Kaya Kallas hamda YeI Kengaşiga raislik qilayotgan Irlandiya taşqi işlar vaziri Helen Makentiga yöllangan.

Yevropada Rossiya aktivlarini qanday taqsimlaş ustida boş qotirilayotgan bir paytda, Janubiy Kavkazda yillardan beri davom etib kelgan geosiyosiy döstlik riştasi uzilyapti. Armaniston hukumatining yaqin beş yilga möljallangan yangi dasturida Rossiya bilan munosabatlar şaklini keskin özgartirdi. Mamlakat boş vaziri Nikol Paşinyan 27 avgust kuni Yerevanda ötkazilgan matbuot anjumanida Moskvani endi strategik hamkor deb hisoblamaslik uçun yetarliça asoslar paydo bölganini oçiq aytdi.

“Agar hozir “strategik hamkorlik” deb yozsak, siz nega Rossiya va KXŞT 2022 yilning sentyabrida xavfsizlik sohasidagi majburiyatlarini bajarmaganini söraysiz”, deydi Nikol Paşinyan.

Gap şundaki, Armaniston va Rossiya birgalikda azo bölgan Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkiloti ustavida juda aniq va rasmiy bir qoida – 4-modda bor. Unda “Agar azo davlatlardan biriga nisbatan tajovuz (harbiy hujum) amalga oşirilsa, bu KXŞTning barça azo davlatlariga qilingan tajovuz deb baholanadi va boşqa mamlakatlar unga darhol kerakli yordamni, şu jumladan harbiy yordamni berişi şart” deyilgan. 2022 yilning sentyabrida Ozarbayjon bilan çegarada töqnaşuvlar bölganda, Yerevan bu holatni öz hududiga tajovuz deb baholadi va KXŞT ustavining 4-moddasini işga tuşirişni – yani harbiy va siyosiy yordam berişni söradi.

Moskva va taşkilot azolari şartnomada belgilanganidek harbiy yoki aniq siyosiy yordam bermadi. “Biz çegara masalasida kim haqligini bilmaymiz, çunki delimitatsiya (çegarani ajratiş) bölmagan. Şuning uçun har ikkala tomonni bosiqlikka çaqiramiz”, deyiş bilan çeklandi.

Paşinyan aynan şu haqida gapiryapti. “KXŞT va Rossiya şartnomada “sening xavfsizligingga xavf tuğilsa, seni himoya qilaman” deb söz bergan edi. Lekin boşimizga iş tuşganda “biz aralaşmaymiz” deb, öz sözida turmadi. Şuning uçun amalda işlamayotgan, bizni himoya qilmagan va bergan sözini bajarmagan ittifoqni nega endi qoğozda “strategik hamkor” deb ataşimiz kerak?” demoqçi u.

Uzoqlaşiş aslida ançadan beri kuzatilayotgan edi. Misol uçun Rossiyaga Armanistondan meva, sabzavot, kökatlar, gullar, mineral suv va söt-baliq mahsulotlari eksportiga çeklovlar ortidan yanvar–iyun oylarida ikki mamlakat örtasidagi tovar aylanmasi 20,9 foizga tuşib, 3,33 milliard dollardan 2,63 milliard dollargaça qisqardi.

Yerevan eksport yönalişlarini Yevroittifoq tomonga burdi. Birinçi yarim yillikda Armanistonning YeIga eksporti 80 foizga oşib, 516 million dollarga yetdi. Yevropa Ittifoqi esa bu burilişni qöllab-quvvatlab, eksportni qayta yönaltiriş uçun Yerevanga 52 million yevro yordam ajratdi va arman tovarlarining 80 foizi uçun bojxona tölovlarini bekor qildi.

Körinib turibdiki, Rossiya öz tasir doirasidagi sobiq ittifoqçilarini iqtisodiy va harbiy tomondan yöqotib boryapti. Yaqin kelajakda xalqaro munosabatlar xaritasi butunlay özgarib ketişi şubhasiz.

Isroilliklar isroillik ekanidan qörqyapti

Xalqaro maydonda özini “demokratiya va xavfsizlik oroli” deb tariflaşga könikkan Isroil jamiyati bugun ança murakkab va noqulay psixologik voqelikka röpara kelmoqda. Center for Jewiş Impact taşkiloti tomonidan avgust oyida ötkazilgan sörovnoma natijalari Yaqin Şarqdagi uruşning global aks sadosi isroillik fuqarolarni xavotirga sola boşlaganini körsatdi.

Sörovnoma xulosalariga köra, respondentlarning 52 foizi, yani yarmidan köproği xorijga çiqqanda öz millati va fuqaroligini oçiq aytişdan hayiqadi. Yillar davomida dunyoning istalgan nuqtasida pasportini ğurur bilan körsatişga odatlangan jamiyat uçun bu yetarliça jiddiy va oğriqli signaldir. Xalqaro maydonda antisemitik kayfiyatning avj olişi va Tel-Aviv siyosatiga nisbatan keskinlaşgan duşmanlik sabab, sörovda qatnaşganlarning 41 foizi öz xatti-harakatlarini majburan özgartirgan. Ular yoki rejalaştirilgan safarlarni bekor qilmoqda, yoki xavfsizroq deb hisoblangan yönalişlarni tanlab, malum maşğulotlardan özini olib qoçmoqda.

Uşbu ijtimoiy manzara fonida Isroilning xalqaro diplomatiyasi va Falastinga qarşi tarğibot apparati şunçaki tanqid ostida qolmay, balki oçiqçasiga şarmandalik sifatida baholanmoqda. Respondentlarning 64 foizi Vaşington bilan munosabatlarni barqaror deb hisoblasa-da, atigi 23 foiz aholi mamlakat öz pozitsiyasini dunyoga samarali yetkazib bera olyapti degan fikrda. Umuman olganda, sörovda qatnaşganlarning 70 foizi davlatning taşqi diplomatiyasini samarasiz deb topgan. Hukumatning yuz minglab dollarlik tarğibot loyihalari amalda xorijdagi oddiy fuqaro xavfsizligini taminlaş tugul, elementar tuşuntiriş işlarini ham uddalay olmayotgani oçiq körinib turibdi.

Center for Jewiş Impact rahbari Robert Singer uşbu körsatkiçlarga öz bahosini berdi.

“Aholining aksariyat qismi global sahnada Isroilik özini qanday körsatayotganidan norozi ekani va yarimdan köp fuqarolar xorijda özligini oşkor qilişdan qörqayotgani davlat uçun jiddiy qizil bayroq – yani bong urilişi kerak bölgan ogohlantirişdir”, dedi Robert Singer.

Şunga qaramay, Isroil jamoatçiligi mamlakatning boy berilgan obrösini butkul tiklab bölmaydigan holat deb hisoblamaydi. Aholining 33 foizi vaziyatdan çiqiş uçun avvalo diplomatiya va kommunikatsiya böyiça uzoq muddatli milliy strategiya işlab çiqişni taklif etayotgan bölsa, 25 foizi hukumatning qaror qabul qiliş mexanizmi va amaldagi siyosatini tubdan özgartiriş şart deb biladi. Atigi 14 foiz respondentgina xalqaro imijni tiklaşning endi iloji yöq degan pessimistik qaraşda.

Şuningdek, sörovda diaspora yahudiylari bilan aloqalar masalasi ham alohida örin olgan. Aholining 70 foizi Isroil davlati xorijdagi yahudiy jamoalariga moliyaviy va resurs yordamini kuçaytirişi kerak degan fikrni qöllab-quvvatlagan. Ularning 26 foizi uşbu sarmoyalarni xorijlik yahudiylarni Isroilga köçib ötişga rağbatlantirişga yönaltirişni afzal körsa, 23 foizi xalqaro miqyosda yahudiy jamoalarining xavfsizligini taminlaşni, 17 foizi esa fuqarolik jamiyati taşkilotlari orqali yordam körsatişni zarur deb hisoblaydi.

Isroil taşqi siyosati va xalqaro munosabatlariga nisbatan öz aholisida şunday fikrlarning paydo bölişi harbiy ustunlik yoki siyosiy bayonotlar global jamoatçilik fikrini özgartirişda har doim ham kutilgan natijani beravermasligini isbotladi deyişimiz mumkin.

Töqima qahramonlardan voz keçing

Markaziy Osiyo mintaqasida davlatçilik va milliy özlikni anglaş masalasi borgan sari dolzarb siyosiy hamda mafkuraviy kun tartibiga köçmoqda. Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayevning mamlakat talim tizimi hamda tarixiy darsliklar xususida bildirgan sönggi munosabati nafaqat içki auditoriya, balki mintaqaviy gumanitar siyosat kuzatuvçilari diqqat markazida böldi.

Mahalliy hamda OAV bergan malumotlarga köra, Qozoğiston rahbari işonçsiz tarixiy malumotlar va soxtalaştirilgan afsonalar bilan töldirilgan öquv materiallarini zudlik bilan qayta körib çiqiş böyiça qatiy topşiriq berdi. Davlat rahbari hukumat tomonidan ötkazilgan tahlillar natijasida maktab darsliklarida 700 dan ortiq qöpol xatolik va noaniqliklar aniqlanganini bildirib ötgan.

“Bolalarga qandaydir öydirma qahramonlar va ularning aslida bölmagan jasoratlari haqida afsonalar sözlab berilmoqda. Bolalarni yolğon, soxtalaştirilgan malumotlarni tarqatiş orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş xalqimizning manaviy özagiga putur yetkazişi muqarrar”, dedi Qosim-Jomart Töqayev.

Siyosiy tahlilçilarning takidlaşiça, Töqayevning bu bayonoti yillar davomida milliy ideologiyani şakllantiriş bahonasida öylab topilgan töqima mifologiya hamda arzon populizmga berilgan jiddiy zarbadir. Xöş, prezident nazarda tutgan darsliklardagi soxta qahramonlar va öydirma syujetlar ortida aynan qanday tarixiy konstruktsiyalar yaşiringan?

Mutaxassislarning takidlaşiça, talim tizimidagi bu kabi nuqsonlar asosan bir neçta yönalişda közga taşlanadi. Birinçidan, bu sovet ideologiyasidan meros bölib ötgan hamda uzoq yillar darsliklarda mutlaq haqiqat sifatida öqitib kelingan “28 panfilovçi qahramon” afsonasidir.

1941 yilda Moskva yaqinidagi janglarda general Ivan Panfilov diviziyasining asosiy qismi Olmaotalik bölgan 28 nafar jangçisi tanklar hujumini töxtatib, barçasi qahramonlarça halok bölgani aytiladi. Ammo bu hikoya keyinçalik Rossiya Davlat arxivida oçiqlangan hujjatlar va harbiy prokuratura suriştiruvlariga köra, şunçaki “Krasnaya zvezda” gazetasi muxbirlari tomonidan öylab topilgan jurnalistik töqima bölib çiqqan edi.

Ikkinçidan, mustaqillik yillarida XVIII–XIX asrlardagi junğorlar va boşqa bosqinçilarga qarşi kuraşgan botirlar hamda biylar hayotini haddan taşqari mifologizatsiya qiliş jarayoni avj oldi. Arxiv hujjatlarida yoki xolis yozma manbalarda nomi deyarli uçramaydigan, faqat oğzaki xalq dostonlarida yoki ayrim uruğ şajarasida tilga olingan mahalliy arboblar darsliklarda butun bir xalqni qutqargan “buyuk sarkarda” darajasiga kötarildi. Kiçik bir hududiy töqnaşuvlar esa suniy ravişda yuz ming kişilik taqdirni hal qiluvçi buyuk janglar sifatida talqin etildi.

Uçinçidan, Qozoğiston ilmiy jamiyatida “ruvçilik” deb ataluvçi uruğçilik illati sabab, har bir mahalliy elita özining “şaxsiy qahramoni”ni öylab topiş va uni milliy darajaga olib çiqiş amaliyotini avj oldirdi. Manbalarda tasdiqlanmagan, lekin mahalliy yozuvçi hamda tadqiqotçilar tomonidan tarğib qilingan şaxslarga haykallar örnatilib, ularning töqima jasoratlari öquv dasturlariga singdirildi. Şuningdek, ilmiy va arxeologik asoslarsiz ayrim şaharlar tarixini bir lahzada “ming yillik” deb elon qiliş holatlari ham uçrab turdi.

Haqiqiy va obektiv xalq tarixini mifologik ertaklar bilan almaştiriş yoş avlodning real voqelikka va öz ötmişiga tanqidiy baho beriş salohiyatini yöqqa çiqaradi. Töqayev vatanparvarlik tarbiyasi faqat va faqat xolis hamda tasdiqlangan tarixiy faktlarga asoslanişi lozimligini, yoşlar öz ötmişini qanday bölsa şundayligiça qabul qilib, kelajakka işonç bilan qaraşi şartligini takidladi.
 

Davlat rahbari öz nutqida nafaqat darsliklardagi qalbaki qahramonlar, balki milliy adabiyot va badiiy tafakkurdagi surunkali pessimizm hamda tuşkunlikni ham keskin tanqid qildi. U qozoqlarni “hamişa motam tutuvçi va yiğloqi millat” sifatida tasvirlaş amaliyotidan voz keçişga çaqirdi. Prezident adabiyotda juda keng tarqalgan, qayğu, alam va soğinç manolarini anglatuvçi mұng (mung) sözini misol tariqasida keltirib ötdi.

“Bazi adiblarimiz mұng sözini sevib qolişgan: jүregіmde mұng, kөzіmde mұng! Qayğu – yoşlarimiz uçun yomon hamroh. Buni sizga aniq aytaman. Biz kuçli va bunyodkor millat bölişimiz lozim. Yoşlarga befarqlik va tuşkunlik begona bölişi kerak”, deydi Toqayev.

Töqayevning uşbu çaqiriqlari zamonaviy jamiyat va millat psixologisini transformatsiya qilişga qaratilgan. Asrlar davomidagi fojialar yoki mustamlaka davri alamlarini takroriy ravişda badiiy asarlar orqali tarğib etiş yoşlarda boqimandalik hamda ojizlik kompleksini şakllantirişi mumkin. Aksinça, Qozoğiston rahbari tabiri bilan aytganda, yangi avlod “eçib bölmaydigan vazifaning özi yöq, har qanday qiyinçilikni yengiş mumkin” degan ğoya va pragmatik işonç bilan tarbiyalanişi şart.

Xulosa örnida aytiş mumkinki, Ostona taklif etayotgan uşbu yondaşuv mintaqa davlatlari uçun ham muhim namuna hisoblanadi. Tarixni afsona va soxtalaştirilgan qahramonliklar bilan emotsional bezaş emas, balki obektiv faktlar asosida zamonaviy, pragmatik va kelajakka yönaltirilgan manaviy poydevor quriş davr talabidir.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: