USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Bir tovuş – turli his yoxud “Birinçi qönğiroq” çalindi

80 марта
Бир товуш – турли ҳис ёхуд “Биринчи қўнғироқ” чалинди

Aniq bilaman, siz ham bundan 5–10, balki 20 yil avval jussangizdan biroz katta, öşa paytda siz uçun oğir lekin qadrli bölgan ilk sumkangizni kötarib, ilk bor forma kiyib, 1-sinfni hayajon bilan boşlagansiz. Öşa paytdagi hislar, umringizning eng unutilmas xotiralari boşlangan kunga Yangi yöl tumanidagi 1-sonli umumiy örta talim maktabi misolida bugun birga qaytamiz.

Bir neça yillik boğça talimini ortda qoldirgan boşlanğiç sinf öquvçilari ilk bor maktab ostonasiga qadam qöydi. Mitti qöllarning biri ota-onalarning qölidan mahkam tutgan bölsa, ikkinçisida birinçi ustozlari uçun atalgan gullar bor. Erta tongdan 2019 yilda tuğilgan farzandini maktabga olib kelayotgan ota-onalar 1-sinf öquvçilaridan köproq hayajonda. Buni ularning közlaridan, harakatlaridan va sözlaridan biliş qiyin emas.

“Keçqurun uxlay olmadim, keçadan hayajon bosdi. Farzandim bir pastda ulğayib qolgandek. Ertalabdan beri yiğlayapman. Bolam birinçi sinfga çiqdi, Xudoga şukur. Yaxşi öqib, Vatanimizga, oilamizga foydali, manfaatli inson bölib yetişsin. Vaqt juda tez ötib ketdi, bugun şuni his qildim”, deydi öğlini birinçi sinfga olib kelgan onalardan biri.

Yana bir ona esa öz hissiyotlarini quyidagiça ifodaladi:

“Juda hayajonlandim. Avval qizim ham maktabga çiqqandi, lekin bugun baribir hayajon bosdi. Endi birinçi sinfga çiqarib oldik, buyoğiga eplab ketadi degan umiddaman, yaxşi-yaxşi baholarga öqişsin. Farzandim tez katta böldi. Qanday katta bölib qolganini bilmay qoldim. Hali ham işonmayapman öğlimning birinçi sinfga çiqqaniga”.

“Birinçi qönğiroq” tadbiriga nafaqat ota-onalari bilan, balki buvisi bilan kelganlar ham bor. Nabirasini maktabga olib kelgan buvijon şunday fikr bildirdi:

“Birinçi marta nabiramni maktabga olib kelganim uçun hayajonlandim. Bu his boşqaça ekan. Yoşligimni esladim. U paytda maktablar kiçkina bölar edi, hozir bolalar köp ekan. Har bir buvijon  hayajonlanadi nabirasi maktabga çiqqanda”.

“Juda ham hayajon kuçli. Mana hozir ham, bilinayotgandir. Juda kuçli hayajondaman. Boğçadan keyin maktabga berdik. Hayotining ikkinçi bosqiçiga qadam taşladi”, deydi ilk farzandini birinçi sinfga olib kelgan ona.

“Birinçi qönğiroq” tadbiri odatdagidek davlatimiz madhiyasi bilan boşlandi. Yuqori sinf öquvçilari 1-sonli maktabga hayajon va katta iştiyoq bilan kelgan bolalar hamda yiğilganlar uçun tayyorlagan çiqişlarini namoyiş qildi. Söngra, barça kutgan “birinçi qönğiroq” ananaviy tarzda çalindi. Bu ovoz kimdir uçun birinçi marta yangrayotgan bölsa, yana kimdir “Bilimlar kunini” sönggi bor nişonlayapti.

“Ozroq hayajonlandim, ön birinçi sinf böldik. Vaqt tez ötib ketdi. Köz oçib yumgunça maktabni bitiryapmiz”, deydi öquvçilardan biri.

Bitiruvçilardan yana biri esa bugungi kun haqida şunday fikrda:

“Juda xursand bölyapman, bir tarafdan xafaman. Maktabni bitiramiz, hissiyotlarimni tasvirlab bera olmayman. Bugun birinçi sinfga çiqqanimni esladim, töğrisi”.

“Bu bizning oxirgi “Birinçi qönğiroğimiz”. 11-sinfmiz. Keyingi yil katta hayotga qadam qöyamiz, öqişga kiramiz. Bugungi kun zör böldi. Oldimda birinçi sinflar turdi. Bular ham bizdek 11 yildan keyin şu vaziyatni boşidan ötkazadi. Bugungi tadbirda özim 1-sinfga kelgan kunni esladim, közim yoşlandi”, deydi bitiruvçilardan biri.

Hammaga yoşligini eslatayotgan bolajonlar esa “Prezident sovğasini” olgan kunni şunday tariflaşdi.

“Ertalab barvaqt turib, yaxşi kayfiyatda, çiroyli kiyinib, gullarni olib, oyim bilan xursand bölib maktabga keldim. Alo bahoga öqimoqçiman. “Prezident sovğasi” juda yoqdi”, deydi 1-sinf öquvçisi.

Yana bir öquvçi esa maktabga kelgan ilk kuni haqida şunday fikrda:

“Bugun men birinçi marta maktabga çiqdim. Prezident sovğasini oldim, juda ham zör böldi. Ertalab çiroyli kiyimlarimni kiyib, oyijonim bilan kelib, ustozim bilan körişdim. maktab menga yoqdi”.

“Maktab menga yoqdi. Bu yerga kelişga juda qiziqdim. Şuning uçun ertalabdan turdim, hayajonlandim. Oyim soçlarimni çiroyli qilib turmaklab qöydi, keyin maktabga olib keldilar”, deydi qizaloq.

Har yili maktab bağriga 11 yillik sarguzaştning ilk qismini boşlagan öquvçilar qabul qilinadi, lekin öqituvçilar uçun bu kun muhimlik darajasini yöqotmaydi.

“Kasbim pedagog bölganligi uçun, har yili bolalarni qabul qiliş jarayonida bevosita iştirokçi va guvohga aylanaman. Bizning bolaligimizga keladigan bölsak, u paytlar ham yomon ötgan deya olmayman. Lekin Yangi Özbekistonning bolalari öşa bizning davrimizdan köra, boşqaçaroq hurmat, izzat, ehtirom bilan maktabga qabul qilinadi. Ular uçun maxsus “Prezident sovğalari”ning tayyorlab qöyilişi, ularni topşirayotgandagi hayajon, hattoki bolalarga sovğalarini taqdim etayotganda özimizning qalbimiz özgaça sururga töladi. Bolalar öşa sovğani olganida şodlanganini, közlari qançalar quvonçga, nurga tölganini körib, biz ustozlar ulardan-da köproq, ulardan ikki baravar, uç baravar köp xursand bölamiz”, deydi maktabning tarix va huquq fanlari öqituvçisi.

2026–2027 öquv yilida uşbu talim muassasasi 161 nafar birinçi sinf öquvçilarini qabul qildi. Ular orasida 2 nafar imkoniyati çeklangan bolalar ham mavjud bölib, bu taşabbus ota-onalar tomonidan ilgari surilgan.

Respublika böylab ön ikki turdagi öquv qurollaridan iborat “Prezident sovğasi” topşirilgan bolalar soni esa 795 mingdan oşdi.

Jasmina Murtazoyeva

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: