Suvdan qarzni yopiş bahonasida 25 kişini “uxlatgan” nazoratçi uşlandi
“Buxoro suv taminoti” AJning sobiq nazoratçisi 25 nafar fuqarodan suv istemoli uçun deb olgan mablağlarni öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgani aniqlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Boş prokuratura huzuridagi departamentning Kogon tumani bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda korxonaning sobiq nazoratçisi Ş.S. fuqarolardan 100 AQŞ dollari va 17,8 mln sömni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgani malum bölgan.
Qayd etilişiça, u uşbu mablağlar evaziga fuqarolarning suv istemoli böyiça qarzdorligini tölaşi kerak bölgan. Biroq pullarni qarzdorlikni qoplaş uçun sarflamay, öz ehtiyojlari uçun işlatib yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Nurota tumanida fuqaroni hamşiralik lavozimiga işga joylaştirib qöyişni vada qilgan tibbiyot xodimi 1,5 ming dollar olgan vaqtida uşlangani haqida xabar berilgan edi.