USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Musayev ketdi. Marmar göşt maşmaşasi tugamadi

311 марта
Мусаев кетди. Мармар гўшт машмашаси тугамади

Jinsiy quvvatni oşiruvçi dori, Marmar göşt, butun oilaga qimmatbaho Koreya kosmetikalari, 150 ming dollarlik tyuning qilingan maşina. Bu gaplar va ortimdagi rasmdan ham bugungi mavzu kim va nima haqida ekanini anglaganingiz aniq! Migratsiya Agentligida 2024 yilning sentyabridan beri direktorlik vazifasini bajargan Behzod Musayev lavozimidan ozod etildi. Uning faoliyati Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreyadagi vakolatxonasi sobiq rahbari, bir qator jinoyatlarda ayblangan va hatto Interpolda qidiruvga berilgan Azizbek Toştemirov tomonidan keskin tanqid qilingan va juda jiddiy ayblovlar qöyilayotgandi. Bular haqida keyinroq. Hozirça işdan olingan Musayev atrofida paydo bölayotgan yangi savollarga töxtalamiz.

Musayev ketdi. Qayerga?

Keça, 3 sentyabr kuni Prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov Davlat rahbarining tegişli qaroriga köra, Behzod Anvaroviç Musayev boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori lavozimidan ozod etilgani haqida post elon qildi. Xabar soat 21:40 da rasmiy Telegram-kanalga joylangan. Prezident agentlikning yangi rahbari etib Muhsinxöja Tursunxöjayeviç Abdurahmonovni tayinladi. U 2021 yil iyul oyidan buyon Özbekistonning Yaponiyadagi elçisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Şu kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida kambağallikni qisqartiriş va aholi daromadlarini oşiriş böyiça işlarni yangi bosqiçga olib çiqiş yuzasidan videoselektor yiğilişi ötkazilgan edi. Tanqidiy va tahliliy ruhda keçgan yiğilişning natijasi va xulosalari ham rol öynagandir ehtimol. Çunki, sir emaski, aholining ehtiyojmand qatlamining işi aynan migratsiya bilan ham boğliq.

Köpçilikni bir savol qiziqtiryapti. Behzod Musayev aynan qayerga ketyapti, qaysi taşkilotga ötyapti? Çunki, unga qanday yangi lavozim berilayotgani oçiqlanmagan. Sobiq amaldorning karerasida turli sohalardagi vazirlik maqomi ham borligini hisobga olsak, u endi qaysi yönalişda işlaşini taxmin qiliş biroz qiyinroq. Har holda Musayev 2018 yil may oyida Davlat soliq qömitasi rahbari, 2020 yil 14 mayda Boş vazirning ijtimoiy rivojlaniş böyiça örinbosari, 2021 yil 11 noyabrda Soğliqni saqlaş vaziri etib tayinlangan. 2022 yil 30 dekabrdan 2024 yil sentyabrgaça Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vaziri sifatida işlagan. Rang-baranglik bor.

Qolaversa, ijtimoiy faollar va jamoatçilikda jiddiy savollar ham töplanib qolgan. Oğir ayblovlar qöyilayotgan, tizimida korruptsion sxemalar aniqlangan Musayevga nisbatan “xizmat tekşiruvi ötkaziladimi?”, “Unga yana nega lavozim berilyapti?”, “Qölimda isbotim bor deyayotgan Aziz Toştemirov bilan davlat idoralari boğlandimi?” kabi söroqlar köpaygan.

Bularga javob oliş uçun Boş prokuraturaning matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov bilan boğlandik. U hozirça sobiq amaldorga nisbatan heç qanday iş körilmayotganini malum qildi.

Biz yana Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga ham savol yölladik. Sababi, Musayevga qöyilayotgan ayblovlar aynan korruptsiyaga oid bölgani uçun. Ammo ular ham agentlik tomonidan heç qanday xizmat tekşiruvi ötkazilmayotganini malum qildi. Bir tomonda Migratsiya agentligiga aloqador rasmiy hujjatlar, muhr bosilgan qoğozlar, Musayevga tegişli ekani aytilayotgan akkaunt bilan yozişmalar skrinşoti elon qilinayotgan bir paytda rasmiy munosabat bildirilmasligi bizni ham “iya” deyişga majbur qiladi. Demak, hozirça faqat kutamiz!

Azizbek Toştemirov kim?

Endi Musayev mavzusi trendga çiqişiga sabab bölgan şaxsiyat egasi haqida gaplaşsak. 35 yoşli Azizbek Toştemirov Andijon viloyatida tuğilgan. Taşqi mehnat migratsiyasi agentligida Koreyadagi vakolatxona rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. 2025 yilning mart oyida turli qonunbuzarliklar uçun işdan böşatilgan va firibgarlikda gumon qilinib, xalqaro qidiruvga berilgan.

Unga qöyilgan ayblovlarning qisqa mazmunini aytaman. Janubiy Koreyaga işga ketiş uçun ötkaziladigan bazi EPS–Topik imtihonlari vaqtida ayrim nomzodlar örniga boşqa şaxslar kiritilgan, Taşqi mehnat migratsiyasi agentligining bazi xodimlari esa ularga testdan ötişda yordam bergan va ehtimoliy qonunbuzarlik töğrisida fuqarolardan bir qança murojaatlar bölgan.

Bu voqeadan biroz avval esa Taşqi mehnat migratsiyasi va xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion sxema aniqlangandi. Ular 600 dan ortiq odamdan $90 mln olgani foş qilingan.

Azizbek Toştemirovning özi bu ayblovlarni butkul rad etib, har qanday qonunbuzarlik va korruptsiya boşida agentlikning amaldagi rahbari Behzod Musayev turganini iddao qilgan hamda “Koreya 24 soat” deb nomlangan Telegram-kanalida bu haqda malumotlarni joylay boşlagan.

Joriy yilning 17 iyun kuni elon qilgan postiga köra, u Koreyada işlayotgan paytida undan Behzod Musayev uçun har ikki haftada 10 kilogrammdan qimmatbaho vagyu göşti yuborib turiş talab qilingan. U gapiga isbot sifatida Migratsiya agentligining rahbari Behzod Musayevga tegişli ekani aytilgan audioni ilova qilgan.

“Mana bu sumkangni olib ket, ketişingdan oldin. Içini töldirib “mramorniy göşt olib kelasan” deyilgan audioda.

U nazarda tutilgan sumkaning rasmini ham telegram kanaliga joylagan.

Qolaversa, Azizbek Toştemirov tez-tez spirtli içimliklar, kosmetika mahsulotlari va hatto “Please” (erkaklik quvvatini oşiruvçi vosita) dorisini yuboriş söralgani aks etgan skrinşotlarni ham elon qilgan.

“B. Musayev soliqçi bölgan-ku, soliq soliş qonida bor. Mening böynimga solingan soliqlar ham kundan-kunga ortib bordi. Men topgan oyligimga Musayev va uning oilasi uçun eng qimmatbaho koreys kosmetikalaridan tortib, tiş pasta-yu, hatto vlajniy salfetkagaça yuborişim kerak edi”, deb yozadi Azizbek Toştemirov.

Sobiq xodim göşt mahsulotlarini “Premium” dökonlardan sotib olingani, bazan u bunday mahsulotlarga maoşi yetmay boşqa xodimlar bilan pul yiğişga majbur bölganini ham yozgan.

Azizbek Toştemirov “4-Fakt” sifatida kanaliga joylagan postida Koreyadan maxsus tyuning qilingan Hyundai Palisade avtomobilini yuboriş talab qilinganini yozdi.

“Talablar borgan sari oşib bordi. Bir kuni Musayev maşinada ötirsa, beli oğrib qolayotganini aytib, Koreyadan maxsus yotib ketişga möljallangan divanga ega Hyundai Palisade maşinasini yuborişimni buyurdi. Maşinani izladik, topdik, ammo tölovga kelganda “özing amalla” degan javobni oldim”, deb yozadi Toştemirov.

Toştemirov bunday pul yöqligini aytganida, Musayev unga vakolatxona uçun mablağ sörab rasmiy xat yozişni buyurgani ham keltirib ötgan.

“Menda bunça pul yöqligini aytganimda, vakolatxona uçun mablağ sörab rasmiy xat yozişimni buyurdi. “Byudjetda 150,000 $ pul bor, senga yuboraman, yeçib olib, maşinani menga yuborasan”, deb aytdi. Soliq va turli vazir lavozimlarida işlaganligi uçun davlat pulini qanday obnal qilişni yaxşi biladi axir janob Musayev!”, deb yozgan sobiq agentlik xodimi.

Avvalroq, Taşqi mehnat migratsiyasi va xususiy bandlik agentliklari sobiq mansabdor şaxslari tomonidan amalga oşirilgan korruptsion sxema aniqlangani, ular 600 dan ortiq odamdan $90 mln olgani foş qilingani malum bölgandi. Azizbek Toştemirovning iddao qilişiça, bu jinoyatga ham Musayev aloqador.

“Ayni paytda Koreyaga işlaş uçun ketgan fuqarolarning kim orqali, qança pul evaziga ketganligi tekşirilmoqdami? Xöş, nima sababdan B. Musayevning şaxsan topşiriği ortidan Koreyaga ketganlar bilan heç kim qiziqmayapti? Bunday topşiriqlarning son-sanoği yöq. Qay biridan qançadan olgan nomalum, lekin hoynahoy $90 mln Musayevning uyidan çiqsa ajabmas”, deb yozgan u.

Mazkur xabarlar omma orasida turli şubhalarni uyğotgandan söng, 20 iyun kuni va nihoyat Migratsiya agentligi şov-şuvli holat böyiça rasmiy Qalampir.uz’ga munosabat bildirgandi.

Agentlikning matbuot kotibi Gulruh Tölayeva Azizbek Toştemirovning skrinşot, audio va rasmlar bilan iddao qilayotgan gaplari haqiqatga töğri kelmasligini va bir tomonlama talqin qilinganini aytgan edi.

“Behzod Musayevning bu narsalarga umuman aloqasi yöq deb bemalol ayta olaman. Bu suhbat jarayoni, kontekstlar kesilgan bölişi mumkin. Bu borada huquq-tartibot organlari tomonidan hali yakuniy ekspertiza xulosasi elon qilingani yöq. U yerda aslida qanday suhbat bölgan, kimlar gaplaşgan – bunga faqat rasmiy ekspertiza baho berişi maqsadga muvofiq” degan edi Gulruh Tölayeva.

Bu orada esa joriy yil 23 iyul kuni Interpol saytida izlaniş olib bordik va Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining sobiq xodimi – Içki işlar vazirligi sörovi bilan Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan Azizbek Toştemirovning nomi xalqaro qidiruvdagi şaxslar röyxatidan sirli ravişda ğoyib bölganini aniqladik.

Ha, sirlilik darajasi oşib boryapti. Toştemirov hozirgaça jiddiy ayblovlarning yangilarini elon qilib, qölimda faktim bor deyapti. U 3 sentyabr kuni tunda joylagan postida Musayevni javobgarlikka tortiş kerakligini yana bir bor yozdi.

“Menda hali mavzular tugamadi! Musayevni boşqa işga ötkazişdan oldin qonun oldida javobgarlikka tortiş lozim. Bunaqa rahbarlar qilgan jinoyatlari uçun javob berişdan osonlikça qoçib, qutulmasligi kerak”, deb yozdi Azizbek Toştemirov.

Toştemirov oradan bir qança vaqt ötdi hamki, biror rasmiy idora – na Boş prokuratura, na Korruptsiyaga qarşi kuraşiş agentligi va na Içki işlar Toştemirovning ayblovlari yuzasidan qanday tekşiruv olib borilayotgani, natijalar qaçon malum bölişiga oydinlik kiritmadi. Ehtimol Toştemirov tuhmat qilayotgandir, balki uning gaplari rostdir. Afsuski aniq heç narsa deya olmaymiz. Rasmiy munosabat bildirilmas ekan, şubhali savollar köpayaveradi.

Matbuot va jamoatçilik kutayotgan eng muhim narsa – bu şunçaki bir amaldorning boşqa kresloga ötib olişi yoki şov-şuvli ayblovlarning vaqt ötişi bilan unutilib ketişi emas. Gap minglab migrant maqomidagi özbekistonliklarning taqdiri, xorijdagi haq-huquqi hamda davlat idoralariga bölgan işonç ustida bormoqda. Agarda bunday jiddiy iddaolar, millionlab dollarlik korruptsion sxemalar va xalqaro miqyosdagi mojarolar javobsiz qolsa, bu nafaqat tizimdagi illatlarni yaşiradi, balki oçiqlik printsiplariga ham soya soladi. Şunday ekan, masalaga şunçaki kadrlar almaşinuvi deb emas, balki qonun ustuvorligi nuqtai nazaridan yondaşilib, barça savollarga nuqta qöyilişi şart. Çunki jamoatçilik sukutni emas, adolatli va oçiq haqiqatni kutmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: